Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Download 0.61 Mb.
|
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuxum ishlab chiqarish (mln. dona)
- Jun ishlab chiqarish (tonna)
- Qorako’l teri ishlab chiqarish (dona)
- 2021-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasida qorako’lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda sut ishlab chiqrish ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 9703,4ming tonna sut ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 10714,3 ming tonnani tashkil etgan. 13-jadval Tuxum ishlab chiqarish (mln. dona)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda tuxum ishlab chiqrish ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 6152,5 mln. dona tuxum ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 7771,2 mln. donani tashkil etgan. Faqat Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tuxum ishlab chiqarish 2019-yilda 2018yilga nisbatan kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Tuxum ishlab chiqarish bo’yicha 2019-yil holatiga Toshkent (1502,1 mln. dona) va Samarqand (1355,8 mln. dona) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi (322,4 mln. dona), Jizzax (313,4 mln. dona) va Sirdaryo (171,7 mln. dona) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan go’sht va sutning asosiy qismi dehqon xo’jaliklarida ishlab chiqrilmoqda. Mazkur holatni inobatga olgan holda hukumatimiz tomonidan chorvachilikka ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda sanoat asosida faoliyat yurituvchi yirik ishlab chiqaruvchilarning ustunlik tomonlari mavjud. Fermer xo’jaliklarida ham chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun ushbu xo’jaliklarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun sug’oriladigan maydonlardan yer ajratib berishni yo’lga qo’yish lozim. 14-jadval Jun ishlab chiqarish (tonna)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda 2016yilda 37103 tonna jun ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 35115 tonnani tashkil etgan. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda jun ishlab chiqarish hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan kamaygan. Bu jun ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi pastligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarilgan junni sotish bozorlarining rivojlanmaganligi uni ishlab chiqarish samaradorligi va ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda mamlakatimizda yetishtirilayotgan junni qayta ishlash bo’yicha holat qoniqarli emas. Buning natijasida mamlakatimizda yetishtirilayotgan jun xomashyosidan foydalanish holati qoniqarsiz holatda qolmoqda. Junni qayta ishlash korxonalari sonini ko’paytirish, jundan tayyor mahsulotlar olishni yo’lga qo’yish lozim. 15-jadval Qorako’l teri ishlab chiqarish (dona)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda qorako’l teri ishlab chiqrish ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 1055428 dona qorako’l teri ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 1150742 donani tashkil etgan. Qorako’l teri ishlab chiqarish bo’yicha Buxoro va Navoiy viloyatlari yetakchi hisoblanadi. Qorako’lchilik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarning modernizatsiya qilinmaganligi, ushbu sohada yangi zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning barpo etilmaganligi mazkur soha rivojiga salbiy ta’sir etmoqda. Bundan tashqari, qorako’lchilik bilan shug’ullanayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan yetishtirilgan qo’y terisi, qorako’l terisi va junning bozori yaxshi rivojlanmagan. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2019-yil 16-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako’lchilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4420-sonli qarori qabul qilindi. 2018yil holatiga mamlakatimizda qorako’l zotli qo’ylar bosh soni 5870 ming boshni tashkil etgan bo’lib, ushbu qarorga ko’ra 2021-yilga borib qorako’l zotli qo’ylar bosh sonini 7346 ming boshga yetkazish, ya’ni 25,1 foizga oshirish nazarda tutilgan. Ushbu ko’rsatkich 2018-yil holatiga 5870 ming boshni tashkil etgan. 2020-yil 2-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako’lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6059-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shoxli nasldor mollarni ko’paytirish, shuningdek mol so’yish, teri va junni qayta ishlash, go’sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo’yicha qorako’lchilik klasterlari tashkil qilinishi belgilangan. Klasterlarga qorako’l zotli qo’ylarni boqishga mo’ljallangan, shu jumladan o’rmon bilan qoplanmagan o’rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga berilishi nazarda tutilgan. Ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, respublikada qorako’lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari keltirilgan (16-jadval). 16-jadval 2021-2025-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasida qorako’lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling