Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati
Download 0.61 Mb.
|
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorvachilik tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari
- Chorva mollari va parrandalar bosh sonining xo’jalik toifalari bo’yicha takibi, 1-yanvar holatiga, barcha toifadagi xo’jaliklarga
2.3.Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
2019-yilda mamlakatimiz bo’yicha 104378,3 mlrd. so’mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirilgan bo’lib, 2018-yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibida chorvachilik tarmog’ining ulushi 2019-yilda 46,5 foizni tashkil etgan bo’lib, 2018-yilda bu ko’rsatkich 45,6 foiz edi (1-jadval). 1-jadval Chorvachilik tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Mustaqilllikning ilk yillaridan mamlakatimiz qishloq xo’jaligida davlat mulkini xususiylashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda 1995-yil 24-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llabquvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda 1995-yil oxirigacha chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilmagan xo’jaliklardagi chorvachilik fermalarini xususiylashtirish belgilab berilgan. Unga ko’ra chorva mollari, binolar va asbob-anjomlarni kim oshdi savdosi asosida sotish nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo’jalikning aniq tabiiyiqtisodiy hududlaini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga sug’oriladigan yerlardan Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpog’iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratish nazarda tutilgan bo’lib, qarorning 1-ilovasiga ko’ra respublikamiz bo’yicha jami 144,4 ming gektar yer ajratilishi ko’rsatilgan edi. Bundan tashqari, chorvachilik fermalarini xususiylashtirishda yangi mulkdorlarning ulush qo’shib qatnashishlari asosida mavjud kommunikatsiyalar, ozuqa sexlari, transport vositalari va qishloq xo’jaligi texnikasi negizida shirkatlar tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Yuqoridagi qaror asosida mamlakatimizda mavjud ko’plab chorvachilik fermalari xususiylashtirildi, lekin ularning faoliyati ko’zlangan natijalarni bermadi. Bunga asosiy sabablardan biri – chorvachilik fermasini xususiylashtirib olgan tadbirkorlarning o’z faoliyatini samarali davom ettirib ketishlari uchun zarur bo’lgan investitsiyalarni amalga oshira olmaganliklari hamda chorva mollarini mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlash uchun yetrali miqdorda sug’oriladigan yer maydonlari ajratib berishda kamchiliklarga yo’l qo’yilganligidir. Ushbu xususiylashtirilgan fermalar keyinchalik o’z faoliyatini to’xtatdi va ulardagi chorva mollari sotilib, aholi qo’liga, ya’ni dehqon xo’jaliklari ixtiyoriga o’tgan. Shuning natijasida dehqon xo’jaliklari chorva mollari bosh soni va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori salmoqni egallab kelmoqda. Chorva mollari va parrandalar bosh sonining xo’jalik toifalari bo’yicha tarkibi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Chorva mollari va parrandalar bosh sonining xo’jalik toifalari bo’yicha takibi, 1-yanvar holatiga, barcha toifadagi xo’jaliklarga Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling