Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Download 0.61 Mb.
|
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chorva mollari va parrandalar bosh soni, 1-yanvar holatiga, ming bosh
- Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ming tonna
- Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning xo’jalik toifalari bo’yicha tarkibi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda
nisbatan foizda
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda chorva mollari asosan dehqon xo’jaliklar ixtiyorida bo’lib, 2019-yil holatiga qoramollarning 93,2 foizi, sigirlarning 93,6 foizi, qo’y va echkilarning 82,5 foizi dehqon xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keladi. Parrandalar soni bo’yicha qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ham ulushi sezilarli darajadadir. 2019-yil holatiga qoramollarning atigi 5,5 foizi fermer xo’jaliklari tasarrufida bo’lgan, lekin so’nggi yillarda chorva mollari bosh soni tarkibida fermer xo’jaliklarining ulushi ortmoqda. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, chorvachilik mahsulotlari narxlarini pasaytirishga erishish uchun chorvachilik mahsulotlari yetishirishning xo’jalik yuritish shakllari bo’yicha tarkibini takomillashtirish lozim. Chorva mollari bosh sonida fermer xo’jaliklarining ham ulushini oshirish va chorvachilik klasterlari faoliyatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Fermer xo’jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini ko’paytirish orqali ularda ham chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish lozim. Bunda hal etilishi lozim bo’lgan asosiy masala – fermer xo’jaliklariga ulardagi chorva mollari bosh sonidan kelib chiqqan holda ozuqa ekinlari ekish uchun yer maydonlarining ajratilishidir. Xo’jalik yuritish shakllari bo’yicha chorva mollari va parrandalar bosh soni to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval Chorva mollari va parrandalar bosh soni, 1-yanvar holatiga, ming bosh
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda barcha turdagi chorva mollari bosh soni ko’paygan. Fermer xo’jaliklarida barcha turdagi chorva mollari bosh soni ko’paygan bo’lsa, dehqon xo’jaliklarida otlar soni 2019-yilda 2018-yilga nisbatan 2600 boshga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Dehqon xo’jaliklarida boshqa barcha turdagi chorva mollari bosh soni ko’payan. Mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadval Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ming tonna
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda go’sht, sut, tuxum va qorako’l teri ishlab chiqarish hajmi o’sib kelmoqda. Jun va pilla ishlab chiqarishda esa biroz pasayish kuzatilganligini ko’rishimiz mumkin. Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning xo’jalik toifalari bo’yicha tarkibi 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning xo’jalik toifalari bo’yicha tarkibi, barcha toifadagi xo’jaliklarga nisbatan foizda Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling