Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti
Download 0.61 Mb.
|
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha turdagi parrandalar bosh soni (yil oxiriga, ming bosh)
- Ishlab chiqarilgan go’sht (ming tonna)
- Sut ishlab chiqarish (ming tonna)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda qo’y va echkilar bosh soni ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 19697,9 ming bosh qo’y va echkilar bo’lgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 21906,9 ming boshni tashkil etgan. Jadval ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda jami qo’y va echkilar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Qashqadaryo (4614,2 ming bosh), Samarqand (2434,2 ming bosh) va Surxondaryo (2361,4 ming bosh) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Namangan (767,6 ming bosh), Xorazm (436,5 ming bosh) va Sirdaryo (347,7 ming bosh) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda qo’y va echkilar sonining asosiy qismi dehqon xo’jaliklari tasarrufidadir. 2019-yil holatiga ushbu ko’rsatkich 82,5 foizni tashkil etgan. Chorvachilik tarmoqlari ichida parrandachilik ham muhim ahamiyatga ega. Parrandachilik aholini to’yimli parhez oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta’minlaydi. Xalqimiz tomonidan parrandachilik “yetti xazinaning biri” sifatida e’tirof etiladi. Darhaqiqat, parrandachilik juda serdaromad soha hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 10-jadval Barcha turdagi parrandalar bosh soni (yil oxiriga, ming bosh)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda barcha turdagi parrandalar soni ham so’nggi yillarda ortmoqda. 2016yilda 67037,7 mingta parranda bo’lgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 87859,7 mingtani tashkil etgan. Mamlakatimizda jami parrandalar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Toshkent (17039,2 ming bosh) va Samarqand (12864,8 ming bosh) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega va ushbu viloyatlar parrandalar umumiy sonida dehqon xo’jaliklari ulushining pastligi bilan ham ajralib turadi. Ushbu viloyatlarda parrandachilik asosan parrandachilik fabrikalarida rivojlangan. 2020-yil 1-yanvar holatiga Toshkent viloyati jami aholisi soni 2941,9 ming kishini, Namangan viloyatida esa 2810,8 ming kishini tashkil etgan, shunga mutanosib ravishda ushbu viloyatlardagi dehqon xo’jaliklari soni ham bir-biriga yaqin, ammo Toshkent viloyatida parrandalar soni Namangan viloyatidagi parrandalar soniga nisbatan deyarli 3 barobar ko’p. Bundan ko’rinadiki, parrandachilikni rivojlantirishda sanoat usulidan foydalanish yuqori samara beradi. Chunki, dehqon xo’jaliklarida parrandalar sonini keskin ko’paytirish, ularni ilmiy asoslangan ratsion asosida oziqlantirish, ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, turli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyati parrandachilikka ixtisoslashgan fermalarga nisbatan past bo’ladi. Mamlakatimizda jami parrandalar soni bo’yicha 2019-yil holatiga Jizzax (3574,5 ming bosh), Navoiy (3031,9 ming bosh) va Sirdaryo (2588,5 ming bosh) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Aholining tuxum va parhez taom hisoblanuvchi parranda go’shtiga bo’lgan talabini yanada to’liqroq qondirish uchun boshqa viloyatlarda ham parrandachilik fabrikalari tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish lozim. 11-jadval Ishlab chiqarilgan go’sht (ming tonna)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda go’sht ishlab chiqrish so’nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda 2172,5 ming tonna go’sht ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 2473,6 ming tonnani tashkil etgan. Barcha viloyatlarda go’sht ishlab chiqarish hajmi oshganligini ko’rishimiz mumkin. Go’sht ishlab chiqarish bo’yicha 2019-yil holatiga Toshkent (267,0 ming tonna), Qashqadaryo (293,7 ming tonna) va Samarqand (297,3 ming tonna) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi (106,9 ming tonna) va Sirdaryo viloyati (67,3 ming tonna) eng past ko’rsatkichga ega. Go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada ko’paytirish uchun qoramolchilikni fermer xo’jaliklarida, chorvachilik klasterlarida ham rivojlantirish, yirik qoramolchilik komplekslarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki chorvachilikka ixtisoslashgan yirik ishlab chiqaruvchilarda ishlarni mexanizatsiyalashtirish va shu orqali mehnat unumdorligini oshirish, chorva mollarini ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlash, naslchilik ishlarini yo’lga qo’yish, zootexniya va veterinariya xizmatlarini tashkil etish imkoniyatlari ancha yuqori bo’ladi. 2007-yilning qish oylarida ob-havoning noqulay kelishi, ya’ni qorning uzoq muddat davomida erimasdan turishi, havo haroratining sovuq bo’lishi mamlakatimizda chorvachilik tarmog’iga kata talofot yetkazdi. Chunki, dehqon xo’jaliklarida g’amlangan chorva ozuqasining yetishmasligi, chorva mollarini saqlovchi inshootlarning talab darajasida emasligi va boshqa shu kabi omillar natijasida chorva mollarining nobud bo’lishiga olib keldi. Shuni inobatga olgan holda chorvachilikni dehqon xo’jaliklari bilan bir qatorda boshqa tadbirkorlik shakllarida ham rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda sut ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 12-jadvalda keltirilgan. 12-jadval Sut ishlab chiqarish (ming tonna)
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling