Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti


Download 0.61 Mb.
bet10/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1603750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Chorvachilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi

2016

2017

2018

2019

O’zbekiston Respublikasi

26355,6

12480,3

17912,3

21374,1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

852,6

346,8

607,0

684,6

Andijon

3303,4

2110,1

2450,6

3059,8

Buxoro

3099,7

1855,2

1659,7

2043,4

Jizzax

641,5

400,0

596,4

641,7

Qashqadaryo

3082,1

1068,5

1812,7

2184,7

Navoiy

1007,9

653,8

801,3

969,8

Namangan

2827,2

601,8

1498,5

1636,0

Samarqand

2829,8

1984,2

2241,1

2942,8

Surxondaryo

1552,7

1131,3

1515,9

1627,0

Sirdaryo

616,0

132,9

400,9

483,1

Toshkent

1641,4

532,9

1166,8

1170,1

Farg’ona

2722,9

858,7

1655,1

2055,8

Xorazm

2178,4

804,1

1506,3

1875,3

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda 2016yilda 26355,6 tonna pilla ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 21374,1 tonnani tashkil etgan. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda pilla ishlab chiqarish hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan kamaygan. Ayniqsa 2017-yilda pilla ishlab chiqarish hajmi keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin. So’nggi vaqtda mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Pillani ishlab chiqarishni zamonaviy usullarda tashkil etish bilan bir qatorda, pillani qayta ishlovchi korxonalar faoliyatini tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi
“O’zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2856-sonli qaroriga ko’ra, 2023-yil 1-yanvargacha uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug’ullanuvchi (kasanachi)lar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lashdan hamda pilla yetishtiruvchi tashkilotlar – pilla yetishtirish bilan shug’ullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to’lashga yo’naltirilgan mablag’lar bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan ozod etilgan.
Chorvachilikning yana bir yo’nalishi – quyonchilikdir. Mutaxassislar quyon go’shtini, avvalo, parhezbop, inson salomatligi uchun foydali, deya ta’kidlashadi. Shu bois ham u xaridorgir va jahon bozorida bu turdagi go’shtga talab o’sib borayotgani mazkur omil bilan bog’liq. Xalqaro standartga ko’ra, bir kishi yil davomida 90 kilogramm go’sht iste’mol qilsa, shuning 5 foizini quyon go’shti tashkil etishi lozim. O’z navbatida mazkur tarmoq yaxshigina daromad manbai ham hisoblanadi. Chunki bitta ona quyon tabiiy uy sharoitida yiliga besh marta, har safar kamida besh-oltitadan bolalaydi. Yana bir jihati, yil boshida tug’ilgan quyonlar yil oxiriga kelib, o’zlari ham bolalaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17dekabrdagi “Qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish to’g’risida”gi majlis bayoniga muvofiq, mamlakatimizda quyonchilikni rivojlantirishga “Mikrokreditbank” ATB mas’ul etib biriktirilgan. Bank tomonidan o’tgan vaqt mobaynida mazkur yo’nalishda ko’plab loyihalar amalga oshirildi, tashabbuskor tadbirkorlar g’oyalari qo’llab-quvvatlandi va jarayon hozir ham izchil davom ettirilmoqda. “Mikrokreditbank” ATB o’tgan davrda jami 1751 ta jismoniy va yuridik shaxsga quyonchilik bilan shug’ullanishlari uchun 106 milliard so’m miqdorida kredit ajratdi. Shundan 80,4 milliard so’mi moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltirilgan bo’lsa, 25,7 milliard so’mi aholiga o’z xonadonida quyon boqish uchun taqdim etildi. Respublika bo’yicha 190 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirma faoliyati yo’lga qo’yildi. Qolaversa, aholini quyonchilik sohasidagi loyihalarga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e’tibor berilmoqda. Baliqchilikning rivojlanishi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashi barobarida, aholini baliq tarkibidagi yuqori sifatli oqsillar bilan ta’minlash imkonini beradi. Ayniqsa, baliq tarkibidagi kalsiy moddasi bolalarning sog’lom bo’lib o’sishida muhim ahamiyatga ega. Tahlillarga ko’ra, O’zbekiston uchun baliqni iste’mol qilishning minimal me’yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich dunyo miqyosida 1 kishi uchun 16,6 kilogrammdir.
Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha maxsus dastur va me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari tashkil etilmoqda. 2018-yil 6-aprelda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog’ini jadal
rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3657sonli qarori qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra Toshkent viloyati Quyi
Chirchiq tumani hududida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Ushbu erkin iqtisodiy zonasining asosiy vazifalaridan vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:

  • baliqchilik xo’jaliklarini ta’minlash uchun baliqning yangi va sinalgan turlarini iqlimlashtirish orqali naslli baliq chavoqlarini yaratish;

  • nasldor baliq lichinkalari yetishtiruvchi zamonaviy inkubatsion sexlar faoliyatini tashkil etish;

  • baliq chavoqlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish;

  • o’z ehtiyoji va baliqchilik xo’jaliklari uchun to’la qiymatli va yuqori oqsilli ozuqalarni ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash;

  • innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish;

  • birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash hamda baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi
“Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi PQ-4005-sonli qarori ham soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qarorda baliqchilikni intensiv rivojlantirish, sun’iy havzalarda baliqchilikni innovatsion usullarda ko’paytirish choratadbirlari belgilab berilgan.
Ushbu qarorga ko’ra:

    • baliqchilik xo’jaliklarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirish;

    • “Ipoteka-bank” ATIB baliqchilik sohasini rivojlanatirishni uchun taqdim etilgan loyihalarni kreditlashni amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Qarorda baliqchilik loyihalari hajmi va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan valyuta turidanqat’i nazar, tijorat banklari tomonidan 2019-2020-yillarda ajratilayotgan kredit foizi uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llabquvvatlash davlat jamg’armasi hisobidan kompensatsiya berishning quyidagi tartibi o’rnatilgan:

    • aylanma mablag’larni to’ldirish ga (baliq chavoqlari, omixta yem, mineral o’g’it va boshqalar) tijorat banki tomonidan o’rnatilgan kredit stavkasining 25 foizi miqdorida;

    • naslli ona baliq va baliq uvildirig’i, yopiq suv aylanma tizimi, qafas qurilmalarida va boshqa intensiv usullarda baliq yetishtirishni tashkil etish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, inkubatsiya sexlari va reproduktorlarni tashkil etish, hovuzlar qurish va qayta ta’mirlash, maxsus texnika va boshqa asosiy vositalarni xarid qilish hamda barpo etish uchun tijorat banki tomonidan o’rnatilgan kredit stavkasining 50 foizi miqdorida.

Bundan tashqari, ushbu qarorga ko’ra barcha dehqon bozorlarida baliq sotishni tashkil etish uchun akvariumlar tashkil etildi.
Mamlakatimizda ovlangan baliq to’g’risidagi ma’lumotlar 18jadvalda keltirilgan.
18-jadval Mamlakatimizda ovlangan baliq to’g’risida ma’lumot, tonna



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling