Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»
Download 2.68 Mb.
|
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya» Ta’lim soxasi - 810 000- «Qishloq xo‘jaligi»
- Darsning maqsadi
- Darsning mazmuni
- Ular quyidagilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti “Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya» Ta’lim soxasi - 810 000- «Qishloq xo‘jaligi» Ta’lim yo‘nalishi: –60811500 Zooinjeneriya (baliqchilik) Andijon 2023 1-Mavzu Suv havzasiga qo’yiladigan asosiy talablar Darsning maqsadi: Baliq o’stirish uchun har-xil kategoriyadagi hovuzlar maydonini va ularga o’stirish uchun qo’yiladigan baliqlar sonini aniqlashni o’rganish. Kerakli jixozlar: video materiallar va amaliy mashg’ulot kitobi, tarqatma material, xovuz va baliq rasmlari. Darsning mazmuni Hovuz xo’jaligidagi har xil kategoriyadagi hovuzlarning maydoni xo’jalikning ishlab chiqarish quvvatiga hamda qolaversa yil mobaynida o’stirilayotgan tovar balig’ining miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buning uchun birinchi navbatda baliq lichinkalari, baliq chavaqlari, urchitish uchun ajratilgan baliqlar, remont uchun ajratilgan baliqlar har xil kategoroyadagi hovuzlar, ya’ni yayratib o’stirish, o’stirish, qishlov va urchitish hovuzlarida chiqish normativlarini bilish kerak bo’ladi. Ular quyidagilar: Bir dona ona baliqdan olinadigan, yoki bir uyadan olinadigan baliq lichinkalarining soni 100 mingga etadi. Baliq lichinkalarini o’stirish hovuzlaridan, olinadigan baliq chavaqlarining chiqimi 65,4 ga teng. Qishlov hovuzlaridan olingan baliqlarning bir yillik chiqimi 80% ni tashkil etadi. YAyratib o’stiradiga hovuzlardan olinadigan 2 yoshli baliqlarning chiqimi 90% ni tashkil etadi. Uyalardagi urg’ochi baliqlarning erkak baliqlarga bo’lgan nisbati 1:2 ga teng. Urchitish uchun ajratilgan ota ona baliqlarining rezerv miqdori 50% ga eng. Urchitish baliqlarini almashtirish (REMONT) yiliga 25% ni tashkil etdi. Ikradan chiqqan baliq lichinkalardan tortib tovar balig’igacha baliqlarni o’stirish uchun baliqchilikchilik xo’jaliklari turlari va tiplari bir xil bo’lmaydi. Zamonaviy baliqchilik xo’jaliklarida xozirgi kunda yuritish usullari 2 tipga bo’linadi. 1.Issiq suvli xo’jaliklar 2.Sovuq suvli xo’jaliklar Baliqchilik xo’jaliklari ishlash sistemasi bo’yicha to’liq sistemadagi xamda to’liq bo’lmagan sistemadagi baliqchilik xo’jaliklarga bo’linadi. Baliqchilik xo’jaliklarida baliq o’stiriladigan xovuzlar o’z navbatida bir nechta kategoriyaga bo’linadi bular yozgi va qishgi xovuzlar xisoblanib o’z navbatida yozgi xovuzlar bir necha xovuzlarga bo’linadi: ko’payish xovuzlari, lichinka xovuzlari , karantin xovuzlar, chovoqlarni o’stiradigan yayratib o’stirish xovuzlari, qishlov xovuzlari, ona baliqlarni o’stirish xovuzlari va boshqalar. 1.Urchitish xovuzlari: bu xovuzlarning maydoni 0.2ga bo’lish kerak o’rtacha chuqurligi 0.60-0.80 santimetr 2.Lichinkalarni o’stirsh xovuzlari: bu xovuzlar maydoni 0,25ga dan 1-1,5ga bo’lish kerak, chuqurligi 0,5 metr, bu xovuzlarda lichinkadan chiqqan 40 kungacha bo’lgan baliqchalar saqlanadi. Ikradan chiqqan lichinkalarning og’irligi 2-3 gr uzunligi 2-3 sm tashkil etib 1 gektar maydonga 2 mln donagacha tashlash mumkin. Bonitirovka vaqtida urchitish uchun ajratilgan ota ona baliqlari 25% miqdorida brak qilinadi. Ularning o’rni esa 2 yoshlik tovar baliqlari hisobiga to’ldiriladi. Bu ikki yoshdagi baliqlar o’z vazifasiga asosan remont baliqlari deyiladi. Remont baliqlari ishlab chiqarish hovuzlarida 5 yoshgacha parvarishlanadi shuning uchun ikki yoshlik baliqlarni brak qilish miqdori 90% ni, 3-5 yoshlik baliqlarni brak qilish har yili 8% ni tashkil etadi. Brak qilingan har bir urchitishga olingan baliq uchun 90 bosh 2 yoshlik, 8 bosh 3 yoshlik, 8 bosh 4 yoshlik, 3 bosh 5 yoshlik kerak bo’ladi. 1 gektar urchitish hovuzidagi uyaning maydoni 0,05 gektarga teng. Bundan tashqari 10% miqdorida rezerv bo’lishi ko’zda tutiladi. Baliq lichinkalarini o’stiriladigan hovuzlarning, maydoni har gektardan olinadigan baliq mahsuldorligiga bog’liq, hamda baliq chavaqlarining o’rtacha tirik vazniga asoslangan. CHavaqlarning o’rtacha tirik vazni hovuz baliqchiligida 25 grammni yoki 0,025 kg ni tashkil etadi. Qancha maydon kerakligi quyidagicha hisoblanadi: kerak bo’ladigan chavaqlarning soni har bir dona chavaqning o’rtacha tirik vazni 1 ga maydondan olinadigan tabiiy baliq mahsuldorligi. Qishlov hovuzlariga qo’yiladigan baliqlarning chavaqlarining normasi 800 ming /ga ni tashkil etadi. YAyratib o’stirish hovuzlarining maydoni quyidagicha hisoblanadi: bir dona tovar balig’ining o’rtacha tirik vazni (kg) x 2 yoshlik baliqlarining soni (dona) : tabiiy baliq mahsuldorlik (kg/ga): Urchitish uchun ajratilgan yozgi hovuzlarga baliq qo’yish normasi 300 bosh/ga ni tashkil etadi. Remont uchun ajratilgan 3-5 yoshdagi baliqlar uchun esa 350 bosh/ga. Urchitish uchun ajratilgan (5 yoshdan yuqori) baliqlar uchun odatda qishgi hovuz soni bir dona bo’lib, uning maydoni 0,1 ga teng bo’ladi. 2-5 yoshdagi remont baliqlari uchun ham alohida 1 ta hovuz bo’lib, maydoni 0,1 ga teng bo’ladi. Har xil kategoriyadagi hovuzlarning maydoni normativ bo’yicha quyidagicha; lichinkalarni o’stirish hovuzlarining maydoni -8ta, yayratib o’stirish hovuzlariniki 50-70ga, urchitish hovuzi 0,1 ga; yozgi urchitish hovuzi –0,2 ga: remont baliqlari uchun yozgi hovuzlar -0,9 ga: qishlov hovuzi chavaqlar uchun -0,6 ga: urchitish baliqlari uchun -0,1 ga: remont baliqlari uchun -0,1 ga: karantin hovuzlari -0,2 ga teng. Download 2.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling