13-Mavzu: Baliq chavoqlarini suv havzasiga o’tkazish me’yorlari va ularni tashish usullari
Darsning maqsadi: Baliq chavoqlarini suv havzasiga o’tkazish me’yorlari va ularni tashish usullari
Kerakli jixozlar: tarqatma material, video materiallar va amaliy mashg’ulot kitobi.
Darsning mazmuni.
Baliq etishtirishda asosan faqat tabiiy ozuqalar bilan oziqlantirib bunda o’stirish xovuzlaridan 1-3 s/ga baliq maxsuldorligiga erishish mumkin. Bunda xovuzlarni baliqlantirish ya’ni (zarubleniya) gektariga 500 donadan 1200 donagacha baliq tashlangan xolda yuqoridagi maxsuldorlikga erishiladi. Xovuzga tashlanadigan chavoq baliqlarning soni:
Do’ngpeshona 2250 dona
Karp 1000 dona
CHipor do’ngpeshona 150 dona
Oq amur 100 dona tashlanadi.
SHunda karp baliqlari chavoqlarining vazni 25 g dan 50 g gacha qolgan o’txo’r baliq chavoqlari vazni 100 g gacha bo’lishi kerak. SHunda 1ga maydondan 3t tovar baliq etkazish mumkin.
Suv xavzasida chavoqlar zichligi qanchalik katta, tabiiy oziqa shunchalik intensiv ravishda baliq chavoqlarilari tomonidan iste’mol kilinadi. Suv xavzasinnng tabiiy oziqasining dinamikasini urganishdan maksad - nerest xovuzida oziqaning etishmay kolgan momentini bnlishdan iborat. Bunin g uchun dar 100 yoki 50 l suvni Djeddi turi orqali filtrlanadi. Suvdagi tabiiy oziqa miqdori konsentratsiyasi aniklanadi va baliq chavoqlari nchagidagi zooplankton bilan solishtiriladi. Agarda chavoq ichagidagi zooplankton miqdori 15 - 20% i ichakda uchramasa unda chavoqlar dardol boshka xovuzga o’tkazilishi kerak. Karp va oq amur dungpeshona chavoqlarining uzunligi 5,5 - 6,0 mm ogirligi 1,4 - 2,0 mg bo’lganda aktiv ekzogen oziklanishga o’tadi. Ko’pchilik xo’jaliklarda bu davrda chavoqlarni un bilan oziklantiradilar-
Fitoplankton va zooplankton organizmlarning soni va biomassasini 1 m3 suv xajmida aniqlanadi - xujayralar va biomassa g/m3 fitoplankton uchun, zooplankton uchun esa (dona/m3) va biomassa uchun (g/m3) bilan xisoblanadi.
Oziqabop organizmlarni xisoblash kuyidagi formula bilan aniklaniladi:
L-1MO00
JV-ya
A - 1 ml suvdagi organizmlar soni;
V - Tekshnrilayotgan namuna xajmi;
N - ml dagn xisoblangan son; p - filtrlangan suv miqdori;
1000 - xisoblash koyeffitsiyenti;
Xovuzlardan xar bir xaftada bir marotaba yoki xar 10 kunda bir marotaba namuna yig’iladi. O’stiruvchi va yaylov xovuzlarda xar bir oyda 2 marotaba o’tkaziladi va 1 m3 suv xajmda qancha organizm borligi aniklanadi. Fitoplanktonning xar 100 million xujayrasi 1 g deb qabul qilinadi, shartli ravishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |