Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»


-Mavzu: Baliqchilikda akvaponika, rekreasion baliq ovi Darsning maqsadi


Download 2.68 Mb.
bet25/25
Sana11.10.2023
Hajmi2.68 Mb.
#1698495
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН

18-Mavzu: Baliqchilikda akvaponika, rekreasion baliq ovi
Darsning maqsadi: Baliqchilikda akvaponika, baliq va o’rdak boqish
Darsning mazmuni
Hozirgi kunda axolini sifatli oqsil maxulotlari bilan taminlash butun dunyoda dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Albbata baliq go’shti va yog’i juda ham foydali xisoblanadi. Ular tarkibida inson salomatilgi uchun juda zarur bo’lgan ko’plab vitaminlar va to’yinmagan yog’ kislotalari borligini bilamiz. Undan tashqari baliq go’shti hayvon mahsulotlari ichida eng yengil hazm bo’luvchi va o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi. Baliq tabiiy muxitda boqilganda bu xususuyatlar yana ham oshadi. Bizga ma’lumki yurtimizda katta maydonlarga sholi ekiladi. Xuddi shu sholi maydonlardan yana ham ko’proq foyada olish maqsadida sholi maydonlarida baliq boqishni sizlarga tafsiya etmoqchimiz. Bu albatta sholikorlarimiz va ularning oilasi uchun foydali deb xisoblaymiz. Bizga ma’lumki sholipoyada suv nisbatan iliq bo’lada, bu esa suv tarkbidagi kislorodni kamaytirib yuboradi. Shuning uchun sholipoyalarda kislorod tanqisligiga chidamli bo’lgan baliqlarni boqish maqsadga muofiq bo’ladi. Bunday baliqlarga zog’ora baliqni misol qilib keltirish mumkin. Zog’ora baliqni xozirgi kunda yurtimizning hamma hamma joyidan topsa bo’ladi va yetishtiriladigan baliqlarning salmoqli qismini tashkil etadi. Tarixga to’xtaladigan bo’lsak birinchi bo’lib bu amalyot janubiy sharqiy osiyo davlatlarida qo’llanilgan. Bizning mamlakatda sholipoyalarda baliq o‘stirish ishlariga oid tajribalar 1932-yillardan boshlangan. 1940—1960-yillarda akademik A.M. Muhammadiyev tomonidan Farg‘ona vodiysida keng o‘rganilgan va turmushda tatbiq etilgan. (1)
Baliq boqishning sholi uchun yaxshi taraflarini ko’rib chiqamiz. Sholi poyaga 1 yoshli baliqlar qo’yib yuboriladi. Bu baliqlar sholipoyadagi hasharotlarning lichinkasi va suv o’tlari bilan oziqlanadi. Bundan tashqari suv o’tlari ko’payib suvni ustini parda hosil qilib to’sib qo’yishdan saqlab turadi. Baliqlar ozuq qidirib yerni kovlaydi va yerni yumshatishga yordam beradi. Agar sholipoyalarda baliq boqilsa har gektaridan 50 kgdan 100 kggacha qo’shimcha baliq olsa bo’ldi. Ba’zi sabablarga ko’ra bu ko’rsatgich yana oshishi mumkin. Ayniqsa, sholi-baliq o'stirish bo‘yicha Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Vetnam hamda ba’zi bir janubiy va markaziy Amerika davlatlarida yuqori hosil olishga erishmoqdalar. Chunki bu mamlakatlarda sholi, baliq asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida sholipoyada baliq o'stirishning ikkita usuli mavjud. Baliqlarni sholi bilan birgalikda o'stirish va sholipoya sug'orilib, o'sgandan keyin baliq qo'yib yuborish. Baliq o’stiriladigan sholipoyalarda suv va kislorod almashinishiga jiddiy etibor berish zarur. Bundan tashqari sholipoyalarda o’suvchi ba’zi o’tlar suvdagi kislorod almashinuvini buzadi va suvda ba’zi zaharli gazlar paydo bo’lishiga olib keladi. Bu esa baliqlarning xalok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Organik moddalarning oksidlanishi ayniqsa suv tubidagi va suvdagi organik moddalarning chirishi katta miqdorda suvdagi erkin kislorodni o’zlashtiradi, natijada suvda kislorod miqdori kamayadi. Kunduzgi paytlarda fotosintez jarayoni natijasida suvning kislorodga to'yinishi kuzatiladi (6,5—8,5 mg/l yoki 92,8—121,4 % normal to‘yinishi), kunduzgi suv harorati ham keskin o'zgaradi: suv maksimal isiydi, kechasi esa soviydi.
O‘zbekistonda sholipoyalarda asosan karp o’stiriladi, ya’ni sholi va baliq birgalikda boqiladi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatda asosiy belgilovchi faktor sholi yetishtirish texnologiyasi hisoblanadi. Chunki asosiy mahsulot sholi hisoblanadi, baliq esa qo'shimcha mahsulot bo'lib, uni yetishtirishdan maqsad sholidan yuqori hosil olishdir. Chunki sholipoya vaqt-vaqti bilan quritiladi, yoki sholipoya o‘rishdan oldin quritiladi. Shuning uchun ham sholipoyada baliq o’stirish ma’lum muddatlarga belgilangan bo’ladi. Shu sababli sholipoyalarda qo’yiladigan chavoqlar zichligi unchalik katta bo'lmaydi. Bunday hisob-kitob xar bir gektar sholipoyadan 1 s baliq mahsuloti olishga mo’jallanadi.
Agarda suv havzasidagi baliqlarning ozuqasi fiziologik talab darajasida bo‘lmasa, ya’ni yetarli miqdorda bo‘lmasa, unda baliqlarning o‘sish sur’ati, semizligi va serpushtligi pasayadi va baliq mahsuldorligi keskin kamayadi. (3)
Hozirgi texnologiyalarda sholi va baliq sistemasi bo’yicha ish ko'rish ancha qiyinchiliklar tug'diradi. Shu munosabat bilan keyingi yillarda yangi usul qo'llanilmoqda. Bu usulga asosan uch-to‘rt yil sholi ekilgandan so'ng yerga dam berishga to‘g‘ri keladi. Dam berilgan yili hovuzga sholi ekilmaydi. U suv bilan to’ldirib qo‘yiladi. Bu usul «Suvli shudgor» deyiladi. Shu suvli shudgor uchun ajratilgan hovuzda baliq boqish mumkin. Bu usul sholipoyaning meliorativ holatini yaxshilaydi va qo'shimcha ravishda baliq mahsuloti olish imkoniyatini beradi. (2)
Sholipoyalardagi «Suvli shudgor» uchun ajratilgan hovuz yoki cheklarda karp polikultura sharoitida, asosan oq va chipor do‘ngpeshana, oq amur bilan birgalikda boqiladi. Ko'pchilik xo‘jaliklarda, hattoki sholipoyada ham intensiv baliq yetishtirishga intiladilar. Ba’zi bir xo'jaliklar bu usulni qo‘llab, baliq mahsulotlarini bar bir gektaridan 10—15 s gacha yetkazganlari amaliyotda ma’lum. Shu jumladan, har bir gektar sholipoyadan 3—5 s gacha karp, 3—5 s gacha oq amur, 3—5 s gacha oq do'ngpeshana mahsuloti olishga erishganlar. Sholi ekiladigan hovuzlarda oq amur tovar baliq sifatida boqilmaydi. U sholipoyani ozuqa sifatida o'zlashtirish xususiyatiga ega. (2)
V.A. Meyen Cherkas viloyatidagi sholichilik xo'jaliklarida karp o'stirish bo'yicha tajribalar o'tkazib (1933) bir yashar segoletkalarni boqib, sholpoyaning bir gektaridan qo'shimcha ravishda 46—90 kg baliq mahsuloti yetishtirishga erishgan. Ba’zi bir xo‘jaliklarda baliq mahsuldorligi har bir gektariga 176—207 kg yetgan. Ammo ikki yashar karplarning o‘rtacha og'irligi ancha past bo'lgan 190—320 g (Meyen, 1940).
O'zbekistonda akademik A.M. Muhamadiyev rahbarligida sholipoyada karp o'stirish bo'yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Farg'ona viloyati sholipoyalarida segoletkalardan har bir gektariga 43—81,5 kg gacha baliq mahsuloti olingan. Boqilgan baliqlarning o'rtacha og'irligi 203—500 g ni tashkil qilgan. Tojikiston sholipoyalarida karp o'stirish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar asosan segoletkalar boqish bo'yicha (Ojegova, Jarov, 1955) bajarilgan va bunda ham xuddi Farg'ona sholipoyalarida kuzatilgan natijalar qayd qilingan. Sholipoyalarda baliq boqilayotganda bir qator salbiy faktorlarni ham e’tiborga olish zarur. Bular suv ilonlari, bir qator qushlar. Masalan suv iloni kuniga 8-15 gr dan baliq ise’mol qilishi mumkin. Bu esa chavoqlarni daslabki rivojlanish davrida juda havfli xisoblanadi. Biz bu maqola orqali sholipoyalarda baliq boqish haqida o’zimiz to’plagan ma‘lumotlar bilan sizlarni tanishtirmoqchi bo’ladik. Iloji boricha ma’lumotlarni oddiy va sodda tilda yozib ilmiy ommabop maqola tayyorlashga harakat qildik.

19-Mavzu: Naslchilik ishi yuritish. Baliqlarni bonitirovka qilish


Darsning maqsadi: Naslchilik ishi yuritish. Baliqlarni bonitirovka qilish
Darsning mazmuni
Chorvachilikning boshqa sohalari kabi hovuz baliqchiligida ham naslchilik ishi, hovuzda urchitiladigan baliqlarning xo‘jalik foydali xususiyatlarini yaxshilash, ularning o‘sishini jadallashtirish, oziqaning mahsulot bilan to‘lovi va shu asosda yangi qimmatli baliq zotlarini yaratishga qaratilgan. Naslchilik ishining muhim vazifasi — xo‘jaliklarni yetarli miqdorda yuqori sifatli naslchilik materiallari — nasldor baliqlarni chavoq va tovar mahsuloti olish
uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatda ta’minlashdan iborat. Bizning mamlakatimizning hovuz baliqchiligida, asosan, zog‘orabaliq urchitiladi. Shu sababli bu qo‘llanmada, asosan, zog‘orabaliq ustida naslchilik ishlarini olib borish uslublari ko‘rib chiqilgan. Hovuz baliqchiligida zog‘orabaliqning tangachalarining tasnifiga qarab tangachali, oynali, tana bo‘ylab tangachalarning sochilgan va oynali tananing o‘rtasidan to‘g‘ri liniya bo‘yicha joylashgan tangachali hamda yalang‘och yoki terili (tangachasiz)larga ajratiladi. Zog‘orabaliqning bu turlari tashqi ko‘rinishi irsiy belgilari va xo‘jalik sifatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Havza baliqchiligi tajribasida xo‘jalik sifatlarining yuqori bo‘lganligi sababli tangachalari tana bo‘ylab sochilgan oynali zog‘orabaliqlar urchitiladi. Yalang‘och zog‘orabaliqni kam mahsuldor va hayot chanligi past bo‘lganligi uchun janubiy hududlarda urchitish mumkin, chiziqli (liniyali) zog‘orabaliqlarni urchitish umuman maqsadga muvofiq emas. Keyingi yillarda zog‘orabaliqlar naslchilik ishida ma’lum yutuqlarga erishildi. Murakkab takror chatishtirish natijasida zog‘orabaliqning ramkali va tangachali ukrain zotlari yaratildi. Zog‘orabaliqni amur sazani bilan duragaylash natijasida shimoliy zog‘orabalig‘i (ropshin) olindi. Zog‘orabaliqning o‘rta rus zotini yaratish bo‘yicha naslchilik ishlari olib borilmoqda. Naslchilik ishining shakli bo‘yicha: oliy tipdagi, seleksion-
naslchilik baliqchilik xo‘jaliklari, nasl rassadnik yetishtiriladigan reproduktorlar va sanoat xo‘jaliklariga ajratiladi. Ixtisoslashtirilgan oliy tipdagi naslchilik baliqchilik xo‘jaliklari ilmiy muassasalarining uslubiy rahbarligi ostida hovuz baliqchiligining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda naslchilik ishlari uslublarini ishlab chiqadi hamda yangi yaxshilangan zot va zot guruhlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Nasl rassadnik — reproduktor xo‘jaliklari o‘zlarining nasl suruvini oliy tipdagi xo‘jalik fondi hisobiga shakllantiradi, nasl rassadniklarning asosiy vazifasi sanoat baliqchilik xo‘jaliklarini mahalliylashtirilgan baliq zotlarini kengaytirilgan takror qayta ishlab chiqarish sharoitida mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishdan iborat. Nasl rassadniklarda bir-biriga qarindoshligi bo‘lmagan ikkita naslli guruh (zot, zot guruhi) vakillari urchitiladi. Bunda kelib chiqishi bir xil bo‘lgan baliqlarni urug‘lantirish uchun erkak va urg‘ochi baliqlarga uyalar tanlanadi. Chorvachilik amaliyoti har bir ona suruvda tizimli ravishda naslchilik ishini olib borishdan guvohlik beradi. Shu sababli sanoat baliqchilik xo‘jaliklarida ta’mirlovchi baliqlarni tizimli tanlash va naslli suruv tarkibini tartibga solish imkoniyatlarini izlab
topish zarur. Sanoat havza baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarning sifati va mahsuldorligini oshirish uchun bu yerda qulay sharoit yaratiladi, tizimli tanlash va yaroqsiz (brak) baliqlar ajratiladi, inbridingga yo‘l qo‘yilmaydi, shu sababli naslli erkak baliqlarni boshqa xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida almashtirilib turiladi. Sanoat xo‘jaliklarida ona suruvidagi baliqlarni yaxshilash oliy tipdagi naslchilik xo‘jaliklari ramkadagi naslchilik ishiga
nisbatan juda ko‘plab baliqlarda seleksiya ishlarini olib boorish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, havza baliqchiligi naslchilik ishining hamma shakllarida asosiy maqsad naslchilik bo‘lmagan xo‘jaliklarning suruvini takomillashtirish va shu bilan tovar baliq ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirishga uzviy bog‘liqdir.
Savollar:
1. Naslchilik ishi qanday amalga oshiriladi.
2. Naslchilik ishidan maqsad nima.

20-Mavzu: Baliq kasaliklarini aniqlash


Darsning maqsadi: Baliq kasaliklarini aniqlash. Virusli kasalliklar, bacterial kasalliklar, zamburug’ kasaliklari va mikroorganizmlar keltirib chiqaruvchi kasaliklarni o’rganish
Darsning mazmuni
ROSSIKOTREMOZ, DIFILLOBOTRIOZ, ANIZAKIDOZ)
OPISTORXOZ
Bu antropozoonoz kasalligi bo‘lib, odamda yirtqich hayvonlar va baliqlarda,
Trematoda sinfi Opistorhorchis felineus turiga mansub turli bosqichdagi gelmintlar shartli parazitlik qiladi. Baliqlarda kasallik subklinik formada o‘tadi, lekin ular odam va yirtqich hayvonlar uchun opistorxozning zararlanish manbai hisoblanadi. Opistorxoz metaserkariysi karpsimon baliqlarning skilet muskullarida, asosan muskullarning yuqorigi qavatlarida joylashib oladi. Etiologiya. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi quyidagi sistematikaga mansub:
Tip: Plathelminthes Sinf: Trematoda Oila: Opisthorchidae Turkum: Opisthorchis Tur: Opisthorchis felineus Trematoda metaserkariysi Opisthorchis felineus uzunligi 0,23 – 0,63 mm, eni 0,12 – 0,28 mm kulrang. Yangi tayyorlangan preparatlarda metaserkariylarning
og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari yaxshi ko‘rinadi, orqa qismida – yumaloq formaga ega ekskretorli pufakcha bo‘lib ichi qora rangli donachalar bilan to‘lgan bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi biologiyasi. Opistorxozlar asosiy xo‘jayin organizmiga tuxumlar ajratib chiqaradi, tuxumlar o‘t suyuqligi bilan birga jigardan, ichakka undan esa axlati orqali tashqi muhitga tushadi. Bunday tuxum Bithynia leachi – Chuchuk suv mollyuskasi tomonidan yutib yuboriladi. Mollyuska ichagida tuxumdan miratsidiy chiqadi, tana bo‘shlig‘iga o‘tadi va 3 – 4 haftadan so‘ng sporotsistaga aylanadi. Ulardan rediyalar shakllanadi. Oxirgilari sporotsistadan chiqadi, ular mollyuska jigariga kirib oladi va serkariyalarga aylanadi. Mollyuska tanasiga tuxum tushgandan boshlab to serkariylarning rivojlanishigacha bo‘lgan davrga 2 – 2,5 oyga yaqin vaqt ketadi. Keyinchalik serkariylar xo‘jayin organizmini tark etadi,
suvga tushadi va qo‘shimcha xo‘jayin bo‘lgan asosan karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar tanasiga kirib oladi (ko‘kbo‘yin, lin, leshch, qizilko‘z, qizilqanot, gustera, podust, sazan, karp va boshqalar). Baliqga o‘tgan serkariy teri osti muskul qavatida joylashib oladi. Muskul to‘qimasiga singib kirgach, serkariy 2 – 3 haftadan so‘ng tullaydi, 6 haftadan so‘ng esa invazion metaserkariylarga aylanadi, ular definitiv xo‘jayinni zararlashga qodir bo‘ladi. Invazivlangan baliq keyinchalik inson yoki yirtqich hayvonlar tomonida iste’mol qilinadi, oshqozon va ingichka ichakning boshlang‘ich qismida hazm bo‘ladi. Metaserkariy sistalardan ozod bo‘lib, o‘t yo‘llari orqali o‘t pufagiga, jigarning o‘t yo‘liga o‘tib, 10 – 12 kundan so‘ng jinsiy yetiladi va tezda tuxumlarini qoldirishni boshlaydi. Opistorxozning
tuxumdan to jinsiy yetilish davrigacha bo‘lgan rivojlanishi 4 – 5 oy davom etadi, ya’ni bu suv havzasining haroratiga bog‘liq.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik bilan ko‘proq karpsimonlar –
ko‘kbo‘yin, lin, qizilko‘z, qizilqanot, gustera, podust, sazan va boshqalarzararlanadi. Invaziya manbai – yirtqich hayvonlar va odam bo‘lib, asosan ozuqani
xomlay iste’mol qilishi tufayli zararlanadi, bundan tashqari kam tuzlangan va
yaxshi quritilmagan invazivlangan opistorxoz metaserkariylarni o‘zida saqlagan
baliqlar orqali kasallik tarqaladi. Opistorxoz bilan zararlangan tumanlarda invaziya
ekstensivligi odamlarda 80% gacha yetishi mumkin. Odamlar hom baliq iste’mol
qilmaydigan tumanlarda esa bu yirtqich hayvonlar hisobiga to‘g‘ri keladi va
opistorxoz o‘chog‘i u yerda 30% va undan yuqori ko‘rsatgichga yetadi.
Patogenezi. Normada baliqlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmaydi, lekin yuqori invazion intensivlikda metaserkariylar sistasi atrofida ko‘plab biriktiruvchi to‘qimadan o‘sib chiqqan inkapsulirlangan maydonlar hosil bo‘ladi. Natijada muskul tolalarining qayishqoqligi (elastiklik) buziladi bu esa o‘z navbatida muskullar funksiyasining buzilishiga olib keladi.
Klinik belgilari. Amaliy jihatdan olib qaralganda baliqlarda kasallik belgilari namoyon bo‘lmaydi. Patologoanotomik o‘zgarishlar. Baliqlar jasadi yorib ko‘rilganda teri osti klechatkasi va muskullarining giperplaziyasi kuzatiladi. Yirtqich hayvonlarda esa xolangit, xoletsestit, pankreatit, jigar distrofiyasi va serrozi, shilliq qavatlarda sariqlik qayd qilinadi.
Tashxis. Karpsimonlar oilasiga mansub baliqlarda gelmintologik tadqiqotlar o‘tkaziladi. Muskullar bo‘lakchasi mikroskopda kompression usulda ko‘riladi, metaserkariylar aniqlanadi. Metaserkariylarning turga oid qarashlarini o‘rnatish uchun biologik proba qo‘yiladi. Bunda steril mushukchalar zararlangan baliq go‘shtining bo‘lakchalari bilan boqiladi. 25 – 30 kundan so‘ng mushukchalar axlatidan parazit tuxumlari topiladi, diagnostik jihatdan qaralsa jigardagi o‘t yo‘llarida yetuk opistorxozlar aniqlanadi. Odamda va yirtqich hayvonlarda diagnoz qo‘yish - gelmintokoprologik tekshiruvlar va klinik belgilarga asoslanib qo‘yiladi. Ixtisoslashgan tashxis. Opistorxozni klonorxoz, metorxoz, psevdamfistomoz, metagonimoz va exinoxozmoz kabilardan ajrata bilish zarur. Klonorxozda - olabug‘a va karpsimonlarda sistalardagi metaserkariylar harakatchan, ovalsimon uzaygan, 0,30 – 0,38 x 0,12 – 0,17 mm o‘lchamda, so‘rg‘ichlari yumaloq, qorinchasi og‘zidan katta, muskullar va teri osti klechatkasida joylashib oladi. Jinsiy yetilgan klonorxoz opistorxozga o‘xshaydi
lekin o‘lchamlari katta bo‘ladi 13 – 20 x 3 – 4 mm. Metorxozda – metaserkariy karpsimon baliqlarning mushaklarida, ko‘z pardasi, jabra yoyi, suzgichlarida joylashib oladi, ular kamharakat 0,17 – 0,24 x 0,11 – 0,17 mm o‘lchamda, tanasining orqa uchi kengaygan, so‘rg‘ichlari yumaloq, bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Jinsiy yetilgan metorxozlar mayda, 2 – 5 x 1 – 2 mm o‘lchamli. Psevdamfistomozda – metaserkariy kamharakat, 0,30 – 0,44 x 0,24 – 0,38
mm o‘lchamda, tanasi kipriklar bilan o‘ralgan, so‘rg‘ichlari yumaloq bir xil o‘lchamli bo‘ladi. Karpsimon baliqlarning mushak to‘qimalarida joylashib oladi. Jinsiy yetilgan psevdamfistomlar o‘lchami – 0,8 – 1,0 mm. Metagonimozda – metaserkariy kamharakat, o‘lchami 0,3 – 0,4 x 0,1 mm, og‘iz so‘rg‘ichi qorinchasiga qaraganda 2 marta katta, karpsimon baliqlarning so‘zg‘ichlari va tangachalarida joylashib oladi. Jinsiy yetilgan metagonimus uzunchoq oval shaklli, o‘lchami 1,5 x 0,4 – 0,8 mm, kipriklar bilan qalin
qoplangan. Odam va yirtqichlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Exinohazmozda – metaserkariylar yirtqich va karpsimon baliqlarning jabra
yaproqlariga kirib oladi, 0,12 x 0,04 mm, og‘iz so‘rg‘ichi 24 ta ilmoqchali, qorin
so‘rg‘ichi tanasining orqa qismida joylashgan. Jinsiy yetilgan exinohazmuslar
o‘lchami 1,6 – 4,8 x 0,7 – 1,2 mm, tanasi kipriklar bilan qoplangan, 2 ta yumaloq
urug‘donlar bachadon ilgagining orti va tanasining o‘rta chizig‘i bo‘ylab yotadi.
Oldini olish chora-tadbirlari. Hayvonlar va insonlarga hom baliq iste’moli
taqiqlanadi. Sharoiti talabga javob bermaydigan suv havzalaridagi barcha baliqlar
tuzlanadi va ular 14 – 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda ushlab turiladi.
Download 2.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling