Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»
– Mavzu: Hovuzlarning tabiiy mahsuldorligini oshirish usullari
Download 2.68 Mb.
|
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН
12 – Mavzu: Hovuzlarning tabiiy mahsuldorligini oshirish usullari
Darsning maqsadi: Balik ustirish uchun mo’ljallangan hovuz baliqchiligining ekologik va biologik asoslari xaqida o’rganish. Kerakli jixozlar: Mavzu bo’yicha tarqatma materiallar video lavxalar. Dars mazmuni Balik ustirish uchun mo’ljallangan xovuzning chukurligi, maydoni, suv almashinib turishi, o’stiriladigan balik turining biologik xususiyatiga bog’lik. Issik suvli xovuzlarda bokiladigan balik turlari issiqsevar bulib, ozik moddalarga boy bulgan xovuzlar talab kilinadi. Issik xovuzlarda ozik moddalar tez etiladi va kup mikdorda bulishi kerak (10 - 12 g/m3). Karp kabi turlarga muljallangan xovuzlar chukurligi 1,0 — 1,5 metr, tuprog’i organik moddaga boy bulib, umumiy maydoning 10- 15% yuksak suv usimliklar tashkil kilinishi kerak: (suv tubi usimliklari - xara, urut, shoxbarg). Dag’al suv usimliklari (lux, kamish) ning bo’lishi shart emas. Baliq xayotining turli davrlarda, ularning biologik xususiyati va muxit sharoitiga nisbatan uzgaruvchandir. SHu xususiyatlarni xisobga olib, turli xil yoshdagi baliqlar uchun xovuzlar kuriladi. Tulik sistemali issik suv xovuz xujaliklari suv bilan ta’minlanishiga karab belgilanadi. 1. Bosh xovuz; 2. egishtiruvchi - yozgi va kishki xovuzlar; 3. sanitar - profnlaktik - karantin — izolyasiyalangan xovuzlar va xovuz sadok yordamchi xujaliklar bo’ladi. Bu sxema zovur yoki sug’orish kanallari orkali suv bilan ta’minlashishiga asoslangan. Nerest xovuzlari - mayda baliqcha (malkoviye) bokiladigan xovuzlar, ustiruvchi xovuzlar, tovar balik bokiladigan xovuzlar va ota- ona zotlarni bokiladigan xovuzlardan iborat. Kishki xovuzlar-baliklarni kishda saklash uchun: Ota-ona baliklarni, segoletkalarni saklash uchun muljallangan . Xujalikdagi xovuzlar asosan balik ko’paytirish va urchitish, ularda kupaytiriladigan balik turlari, o’stirish muddatlari, xamda xovuz uchun tanlangan joyning topografiyasi - maydon sharoiti, suv sifati kabi xususiyatlar xisobga olinadi. Kishki xovuzlarning chukurligi 2,5-3,0 metr bulib unumdorligi past bulgan, organik koldiklar bulmggan xovuz tanlanadi. U yoz buyi kuruk saklanadi, chunki balchiklashgan suv xavzalarida baliklarni kishlash mumkin emas. Tabiiy nerest uchun mo’ljallangan xovuzlar asosan karp va zog’orani tabiiy o’rchitish orqali chavok etishtirish uchun foydalaniladi. Nerest uchun ajratilgan xovuzlarning maydoni 1000 dan to 2000 m2 gacha buladi. Nerest xovuzlarn magistral yullar, shovkin bulmagan xovuzlar tanlanadi. O’rtacha chukurlik 0,5-0,8 m. Xovuzning tubi kiya bulishi, suv kiradigan kismda uning chukurligi 20-30 sm, kuyi qismi suv chikadigan joy 0.8-1 m bulishi kerak. Neresg xovuzlari yumshok suvutlari bilan koplangan (rdest, urut, shoxbarg, xara) bulishi kerak. Bu usimliklarga karp, zog’ora uvildiriq kuyadi. Agarda bunday usimliklar bo’lmasa unda sun’iy nerestlar kuriladi. Bunday xovuzlarda chavokdar 10-15 kun saklanadi. Suv bilan ta’minlanishi, suv almashinib turishi uz vaktida amalga oshirishi kerak. Suv kiradigan va suv chikadigan joylar kapron mato bilan ximoyalangan bulishi kerak va tez - tez tozalanib turishi talab kilinadi, begona baliklar va ortikcha narsalar kirmasligi uchun. CHavoklar chikishi bilan ota-ona baliklar ovlanib boshka maxsus xovuzga ko’chiriladi. CHavoklar oradan bir oy o’tgandan keyin ustiruvchi xovuzdarga utkaziladi. Mayda baliqcha (malkoviy) ustirish xovuzlari. CHavoklarni uyetirish uchun, nerest xovuzlaridan yoki inkubatsion sexdan keltiriladi. Ustiruvchi xovuzlarning maydoni 0,25 gektardan dan to1,5 gektargacha buladi. Urtacha chukurligi 0,5 - 0,6 m buladi, Mayda balikchalar bu xovuzda 15-18 kungacha yoki 30-45 kungacha bokiladi. Baliqcha (malki) o’stiruvchi xovuzning bo’lishi, tovar balik boqish xovuzlarini yaxshilab baliklashtirish uchun imkoniyat yaratiladi va tabiiy balik maxsuldorligi oshadi. Balikcha (lichinka) ustiruvchi xovuzlarning suv kiradigan, suv chikadigan joylarda xam kapron to’rlar urnatiladi va tez-tez tozalanib turadi. Ustiruvchi xovuzlar. Balikchalar (molod)ni ma’lum kattalikda va og’irlikga etgunga qadar shu xovuzlarda boqiladi. Bu xovuzda yosh baliqchalar etishtirish texiologiyasiga asoslangan xolda amal kilinadi. Usish va rivojlanish kursatkichlari amal kilinayotgan normativlarga bog’lik. Agarda tabiiy kulni baliklashtirish maksadida balik etishtirmoqchi bulsangiz xar 100 gekgarga tabiiy suvlik yuzasiga, 1 gektar ustiruvchi xovuz tug’ri keladi. Ustiruvchi xovuzlarni kushlardan asrash uchun xovuzlar kanchalik kichik bulsa shunchalik samaradorligi yaxshi buladi (0.5; 1,0; 1,5 ga gacha). Bunday maydondagi xovuzlarda balikxur kushlarni xaydash engil utadi. Ustiruvchi xovuzning optimap chukurligi 70-100 sm gacha (sayoz kismi 25-35 sm va chukur joyi 120-150 sm gacha bulishi kerak). ustiruvchi xovuzlar tezda 3-5 sutkada tuldiriщi kerak, suv chikarilishi xam 4-5 sutkada amalga oshirilishi zarur. Iloji boricha ustiruvchi xovuzlar kishlash xovuzlariga yaqin bulsin yoki tabiiy kullarga yakin joyida bulishi maqul. Xar bir tabiiy suvlikning kulay joylarida ustiruvchi xovuzlar tayorlash maksadga muvofik. YAylov xovuzlar-tovar balik etishtirishga muljallangan xovuz xisoblanadi. Tulik sistemali xovuz balikchilik xujaliklarda kayta maydonlarni egallaydi. Aloxida xovuzlarning maydoni ancha katta buladi, to 100 gektargacha bulishi xam mumkin, Urtacha 25-50 gektargacha buladi. Bu xovuzlarning chukurligi 0,8m dan to 1,5 m gacha, maksimal chukurlik 1.8 metrdan to 2 m gacha buladi. YAylov xovuzlarning ozika bazasini yaxshilash maksadida uni chukurligi 2.2-2.5 metr bulsa yanada yaxshi buladi. CHunki bunday chukurdikdagi xovuzlarda fitoplankton, zooplankton kupayishn uchun imkoniyat katta buladi. Bunday xovuzlarning suv kiradigan kismining ikki tomonida tabiiy ozika xovuzlari xam (0,5 ga dan) qo’shimcha quriladi. Iloji boricha tabiiy ozika bilan boqish texnologiyasiga amal kilish iktisodiy samara beradi. Agarda polikultura (karp, ok amur, dungpeshona)da boqilsa, maxsus xovuzlarda dafnya boqish xovuzlari xam zarur. Ota-ona baliqlarni saklash, ta’minlash ya’ni urnini tuldirish uchun (remont) (matochniy prud) xovuzlar kuriladi. Bunday zotlarni aloxida xovuzlarda bokish katta profilaktik axamiyatga eta, chunki turli xil kasalliklar oldi ovlanadi. Ota-onalari saqlanadigan va remont uchun saqlanadigan xovuzlarning maydoni boqiladigan baliqlar soniga bog’liq. Xujalik rejasiga bu sonlar kursatilgan buladi. Ota-ona baliqlar va remont uchun ajratilgan baliqlarning yozgi usishi 1,5-1,0 g xisobga olinib xovuzga ma’lum son utkaziladi. qancha baliq saklash tabiiy va omuxta em middoriga bog’liq. YOzgi ota-ona balik saklaydigan xovuzlar xuddi yaylov xovuzlarga uxshash barcha talabdarga javob berishi kerak. Kishki xovuzlar xam talab darajasida buladi. Qishlash xovuzlari, Asosak bir yozgi baliqchalar (segaletkalarni) saklash va yoshi katta bulgan yoki 3-oborotga saqlangan baliqlar saklanadi. Kishlash xovuzi suv bilan ta’minlanadigan manbaga yaqin joyda bulishi kerak. Xujalikning umumiy maydoniga qarab kishlash xovuziniig maydoni belgilanadi. SHunga kura uning maydoni 0,2 gektar dan 1,5 gektar gacha bulishi mumkin. Kishlash xovuzlarning chuqurligi katga axamiyatga ega. Uning muzlamaydigan suv qalinligi 2.5-3 m dan kam bulmasligi kerak. Qishlash xovuziniig yozgi xovuzlardan farki shundaki kishlash xovuziniig tubi qattiq, yuksak suv usimliklari bulmasligi kerak. Kishlash xovuziniig suvi tez - tez almashinib turishi zarur. Kishlashdan chiqadigan baliqlarning soni suv sifatiga, suv almashinib turishiga bog’liq. Suv almashinishi uning tarkibidagi kislorod miqdoriga, suv tubidagi karbonat angidridning middoriga bog’liq. Kishlashga quyilgan segaletkalariing semizlik kozffitsiyentiga (2,6-2,8) xam bog’liq. Agarda semizlik koyeffitsiyenti (1,8 - 2,2) talab darajasida bulmasa bunday segoletkalar qishdan eson omon chiqmaydi. Lekin barcha xovuzlarning suv kiradigan joyida albatta suv tinitgichi bulishi zarur. Suv loykasi, muallak jismlar chukmaga tushadi va suv ancha tiniklashadi. Agarda loyka suv tugridan - tugri xovuzga kirsa, u tezda balchiklanadn. Amaliyotda shu narsa aniklanganki suv tozalagichda 70 % muallak jismlardan tozalanadi, chukmaga tushadi. Karantin xovuzlari. Bunday xovuzlar tulik sistemali xujaliklar uchun zarur bulib nasldor ota-ona zotlarni saklash xamda tuldiruvchi remont uchun bokiladigan zotlar saklanadi. Karantin xovuzlarida boshka xujaliklardan yoki tabiiy suvliklardan selleksiya maksadida keltirilgan zotlar saklanadi. Xovuzning maydoni 0.3-0.5 gektar bulib chudurligi 1.5-2.0m buladi. Suv bilan taminlanishi aloxida bulib, suv almashinuvi talab darajada bulishi kerak. Karantin xovuzlar xujalikning chetgi kismlarida joylashtiriladi va ota- ona saklaydigan xovuzlardan 20-30m masofada bulishi kerak. Sadoklar. Turli xil kattalikdagi (mm) kapron matolardan tayyorlanadi. Sadoklarning yuzasi 100-200m/kv va uzunligi suvning muzlanmaydigan kismigacha etishi kerak. Sadoklarda chavok, mayda balikchalar (molod) bokiladi. Katta suvliklarda sadok urnatib, tovar balik etishtiriladi. Keyingi yillarda jaxon (YAponiya, XXR, Germaniya, Rossiya, AKSH) balikchilik amaliyotida sadoklarda balik etishtirish keng kullanilmokda. CHukurligi 15-20 metr bulgan tabiiy suvliklarda sadok kurib, karp etishtirish yaxshi natija beradi. Download 2.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling