Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»
– Mavzu: O‘txo‘r baliqlar chavogini suv xavzasi tipiga karab o‘tkazish me’yorlarini aniqlash
Download 2.68 Mb.
|
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН
9 – Mavzu: O‘txo‘r baliqlar chavogini suv xavzasi tipiga karab o‘tkazish me’yorlarini aniqlash.
Darsning maqsadi: O‘txo‘r baliqlar chavogini suv xavzasi tipiga karab o‘tkazish me’yorlarini aniqlashni o’rganish. Dars mazmuni: O‘txo‘r baliqlar chavog’ini o‘tkazish me’yorlarini aniqlash Urchish hovuzida yosh baliqlar soni juda ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularning 5–7 kunlik bo‘lguncha o‘ta faol oziqlanishi hisobiga hovuzlardagi tabbiy ozuqalar zaxirasi deyarli yoki mutlaqo tugab qoladi. Natijada malklarning o‘sishi keskin pasayadi, hatto umuman o‘sishdan to‘xtaydi, turli kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi va ko‘plab o‘lib ketadi. Malklar urchitiladigan hovuzlarda qancha ko‘p ushlab turilsa shunchalik nobud bo‘lishi ko‘payadi. Baliqchilik amaliyotida 15–18 kunlik malklarga nisbatan 5–8 kunlik, bir juft yoki bir uya naslli baliqlardan olingan malklarning soni ikki barobar ko‘pligi aniqlangan. Malklarni ularning 6–8 kunliklarida tutib o‘stiradigan hovuzdarga o‘tkazish eng qulaydir, chunki undan avvalroq boshqa hovuzga o‘tkazish chog‘ida tutish paytida juda ehtiyotkorlik bilan bo‘lsada yetkazilgan jarohatlar ularning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Malklarni urchish hovuzidan o‘stiradigan hovuzlarga o‘tkazish juda qisqa vaqt ichida, ertaroq amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Agarda bu muddat cho‘zilib ketsa o‘stiriladigan hovuzlardagi shu yilgi baliqlarning o‘sishi juda xilma xil bo‘lib, birnecha kun avval o‘tkazilganlari yirik, birnecha kun keyin o‘tkazilganlari esa mayda bo‘lib qoladi. Bunday tafovut kech kuzgacha davom etib, balki kuchayib, qishki hovuzlarga o‘tkazilayotgan baliqlar orasidagi tengsizlik juda kuchayadi, natijada ularning qishki hovuzlardagi saqlanuvchanligiga katta salbiy ta’sir etadi. Malklarni urchish hovuzlaridan turli usullardan foydalanib, tutiladi. Malklar juda qalin bo‘lgan joylarda hovuzdagi suvni chiqarishdan avval dokali baliq ovlaydigan to‘r va baldoqli to‘rli cho‘michlar yordamida tutiladi. Urchitiladigan hovuzlarda malklar soni sezilarli kamaygandan keyin hovuzning suv chiqadigan quvurlariga malklar chiqib keta olmaydigan darajadagi mayda uyachali to‘rlar o‘rnatilib, suvi chiqariladi. Shundan keyin malklar suv to‘plovchi ariqlar ichida va baliqlarni tutishda to‘planadigan chu-qurlarda to‘planadi. Keyin ehtiyotkorlik bilan yana dokali baliq ovlaydigan to‘r va baldoqli to‘rli cho‘michlar yordamida tutilib, o‘stiradigan hovuzlarga o‘tkaziladi. Ba’zan urchitiladigan hovuzlardan suv chiqariladigan ariqchalar orqali chiqayotgan suv shovillab, tovush chiqadigan holatda oqib chiqsa, o‘sha joyda lichinkalar to‘planadi. Ularning bu xususiyatidan foydalanib, hovuzning suv chiqariladigan arig‘iga T.T. Solovev kashf qilgan malklarni tutish tizimini o‘rnatish tavsiya etiladi. Unda to‘plangan malklarni dokali–baldoqli cho‘mich yordamida olinadi. Bu malklarni tutish qurilmasining afzalligi shundaki, undan foydalanib, malklarni turli hasharotlarning lichinkalaridan, itbaliq (qurbaqa bolasi) va hokazolardan tozalamasdan turib, yirik-maydaligiga ko‘ra ajratish mumkin. Buning uchun tutqich qurilmaga turli kattaliklardagi to‘rlar o‘rnatiladi. Uning chizma shakli navbatdagi rasmda berilgan. Suv oqimi yo‘nalishiga ko‘ra birinchi to‘r uyachasi yirik, undan keyingilari maydaroq uyachali to‘rlardan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, birinchi bo‘limda yirik, keyingi bo‘limlarda o‘rta va mayda malklar to‘planadi. Malklarni eng tez va qulay tutish usuli, bu urchiydigan hovuzlardan suv chiqib ketadigan ariqqa joylashtiriladigan turli kattaliklardagi va turli rusumli qutilardan foydalanishdir.Turli usullardan foydalanib, tutilgan malklar qalin brezentdan tikilgan nosilkaga o‘xshash yirik suv idishlariga joylashtirilib (bosh- qacha qilib yasalgan katta idishlar ham bo‘lishi mumkin), o‘stiradigan hovuzlarga olib kelinadi. Malklarni iloji boricha to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri tushmaydigan holatda o‘tkazish kerak. Olib kelingan malklarni bir varakayiga ularni o‘stiradigan ochiq hovuzlarga qo‘yib yuborilmaydi. Ularni avval ma’lum kattalikdagi doka bilan o‘ralgan holda hovuzga qo‘yiladi. O‘ralgan dokali devorning bir yoki birnecha joyidan kattaroq teshikchalar qo‘yiladi. Tirik malklar ushbu teshiklardan hovuzga chiqib ketadilar, o‘lganlari esa doka bilan o‘ralgan hovuz tubida qoladi. Qolganlari sanab ko‘rilib, o‘tkazish davrida lichinkalarning yashab qolganlik yoki nobud bo‘lganlik darajasi hisoblanadi. Download 2.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling