Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri
Chorvoq suv ombori atrofidagi ekologik muammolar
Download 370.35 Kb.
|
1-bob ekologiya uchun mahsus
2.3 Chorvoq suv ombori atrofidagi ekologik muammolar
Chorvoq suv ombori Chirchiq-Ohangaron vodiysida, G'arbiy Tyanshan tog'ining tarmoqlari hisoblangan Ugom va Piskom tog'larining oralig'ida Chorvoq tog' oraliq botig'ida joylashgan. Chorvoq suv omborining g'arbiy, sharqiy va shimoli-g'arbiy hududlari Paleozoy erasining Toshko'mir davri, Janubiy janubi-g'arbiy qismlari esa perm davri yotqiziqlaridan, shimoliy qismi Kaynazoy erasining Neogen davri yotqiziqlaridan, Janubi-g'arbiy hududlari esa Kaynazoy erasining to'rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan bo'lib hududning geologik jihatdan hilma-hil ekanligini ifodalaydi. Rel`ef va haroratning o'zgarib borishi hududda tog'-vodiy shamollarini vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda Chorvoq suv omborida atrofida Chorvoq suv ombori atrofida 8 ta mahalla fuqorolar yig'ini mavjud. Suv ombor hududidan yil davomida 960 tonna maishiy chiqindi yig'ib olinadi. Bugungi kunda Chorvoq suv ombori atrofida asosiy lokal ekologik mummolarni keltirib chiqaruvchi omillarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin Iqlim, Turistlarning tartibsiz oqimi, xizmat ko'rsatish sohasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilmaganligi, Mahalliy aholining kundalik ehtiyojlari. Bugungi kunda Chorvoq suv ombori atrofida asosiy lokal ekologik mummolarni keltirib chiqaruvchi omillarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin Iqlim, Turistlarning tartibsiz oqimi, Xizmat ko'rsatish sohasida tizimli ishlar yo'lga qo'yilmaganligi, Mahalliy aholining kundalik ehtiyojlariIqlim Chorvoq suv omborining 2021-yil davomida suv rejimi o'zgarishini kuzatadigan bo'lsak suv sathining ko'tarilishi may oyidan boshlanadi. Mazkur oyda qor va muz suvlaridan to'yunuvchi Chotqol, Piskom, Ko'suv daryolari va Qulob, Mozor, Afg'on, Qulchengen, Yangiqo'rg'on, Nouvali, Qaynar, Eshakko'prik, Boybaq, Chimgan kabi 3 ta daryo va 11 ta soyning eng sur suv davri bo'lib mazkur oylarda Chorvoq suv omborining meyoriy gorizontal sathi 886 metrgacha yetadi. Avgust oyidan qishloq xo'jaligi uchun ko'p miqdorda suv sarflanishi va qor va muz suvidan to'yinuvchi daryolarning suvi kamayishi hisobiga Chorvoq suv ombori suv sathi pasaya boshlaydi. Natijada daryo va soylar keltirilgan loyqa jinslar suvdan bo'shab quruqlikka aylanib qoladi mazkur holatda shamolga ro'paro bo'lgan hududlarda. Burchmulla va Yakkatut (Navobod) MFY (Mahalla fuqarolar yig'ini) hududlari atrofidagi sohilda suv omborga suvni zahira uchun olinishi natijasida suv bosgan hududlarda loyqa jinslar o'rtacha hisobda yiliga 25 cm atrofida loyqa jinslar to'planishi eng qalin hududlarda esa 1 m atrofida bo'lishi aniqlandi. Chorvoq suv omborining Burchmulla, Yakkatut kabi aholi punktlarida sohilidagi 200-300 ga yer maydonda loyqa yotishi va ushbu hududlardagi suv qishloq xo'jaligi maqsadida ishlatilgan vaqtda Chorvoq botig'ida esuvchi tog-vodiy shamoli natijasida chang-to'zon ko'tarilib aholi honadonlari va o'simlik barglarini chang to'zon bilan qoplanish holatlarini kuzatishimiz mumkin.Mazkur hududda ko'tarilgan chang-to'zon noyabr, dekabr, yanvar, fevral, mart oylarida esib ayrim hududlarda ko'rish masofasi 20-25 m masofani tashkil qiladi. Bu esa aholi salomatligi uchun infektsion kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan 8 ta MFYning deyarli barchasida mazkur ekologik muammo kuzatilib kelinmoqda. Ushbu chang to'zon ko'tarilishi natijasida aholi orasida yuqori nafas olish organlari, ovqat ham qilish tizimi va immun tizimiga salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda Changning asosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Sijjak, Nanay, Bog'iston, Boladala, Burchmulla, Yakkatut, Yangiqo'rg'on, Navobod mahallalarida 2021-yil davomida nafas organlari bilan bog'liq kasalliklar o'sish dinamikasiga etibor beradigan bo'lsak aynan Chorvoq suv omborining suv sathi pasayishi kuzatiladigan davrga mos keladi. Kasallanish asosan Sijjak va Yusufhona (Navobod) mfy hududlarida kuzatilmoqda. Mazkur aholi punktlari suv omborning shimoliy va janubiy qismlarida joylashgan. Bahor va kuz oylarida sharq tomondan esuvchi tog' vodiy shamollariga ro'para ekanligi hamda tabiiy ixotazorlarning yo'qligi, hududning tuproq qatlamida erroziya jarayoni mavjudligi kabi bir nechta omillar sabab bo'lmoqda.Chorvoq suv ombori atrofida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida suv omborning Burchmulla va Yakkatut (Navobod) MFY (Mahalla fuqarolar yig‘ini) hududlari atrofidagi sohilda suv omborga suvni zahira uchun olinishi natijasida suv bosgan hududlarda loyqa jinslar yotishi aniqlandi o‘rtacha hisobda yiliga 25 cm atrofida loyqa jinslar to‘planishi eng qalin hududlarda esa 1 m atrofida bo‘lishi aniqlandi. Chorvoq suv omborining Burchmulla, Yakkatut kabi aholi punktlarida sohilidagi 200-300 ga yer maydonda loyqa yotishi va ushbu hududlardagi suv qishloq xo‘jaligi maqsadida ishlatilgan vaqtda Chorvoq botig‘ida esuvchi tog-vodiy shamoli natijasida chang-to‘zon ko‘tarilib aholi va atrof-muhit holatini ifloslamoqda. Download 370.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling