Chumolilar ularning hayoti va tabiatdagi ahamiyati


Download 0.61 Mb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1367706
1   2   3   4
Bog'liq
ABDUG\'ANIYEVA SURAYYO SLAYD

Qorin bo’limida odatda oyoqlari bo’lmaydi.Qorin bo’limi ko’krak bilan harakatsiz birikkan.Hasharotlarning sezgi organlari xilma-xil va ancha murakkab tuzilgan.Ularda mexanik,tovush,kimyoviy,namlik,harorat,yorug’lik va boshqa xilma-xil ta’sirotlarni qabul qiluvchi mexanoretseptorlar,xemoretseptorlar,termoretseptorlar va fotoretseptorlar bor.Hasharotlarning retseptorlari juda sezgirligi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi.Hasharotlarning ko’rish organlari asosan ikkita murakkab fasetkali ko’zlardan iborat.

1-rasm:Hasharotlar sinfiga kiruvchi turlar.

Kurs ishining maqsadi:Bo’g’imoyoqlilar tipi haqida ma’lumotga ega bo’lish,tipga kiruvchi sinflar va ularning turkumlarining uchrash joylari va tarqalishini o’rganish,hasharotlar sinfi va sinfga kiruvchi turkum,oila va turlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va ularning yashash sharoiti,oziqlanishi,ko’payishi,tashqi va ichki tuzilishini o’rganishdan iborat.

Kurs ishining vazifalari:Pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi oilalar haqida ma’lumotga ega bo’lish,chumolilar oilasi unga kiruvchi individlar bilan tanishib chiqish,chumolilarning yurtimizda va boshqa hududlarda tarqalish sharoiti,yashash muhiti,harakatlanishini o’rganish,chumolilarning turlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va rasmlar orqali ularning ichki va tashqi tuzilishini o’rganish.

Kurs ishining dolzarbligi:Pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi oilalar juda ham ko’plab uchraydi va inson hayotida ahamiyati katta,chumolilar oilasi aholining yashash muhitiga ham moslashgan yoki insonlarga ham zarar yetkazadi,ular ta’sirida tabiatda gulli o’simliklarni changlanishi va urug’larning tarqalishida ishtirok etadi,chumolilar tez ko’payib butun yer yuzini qoplab olgan,chumolilar oilasi va unga kiruvchi turlar soni ko’pligi jihatidan asalarilar oilasidan keyingi pog’onada turadi.

II.Asosiy qism.

2.1.Pardaqanotlilar turkumi-Hymenoptera

Pardaqanotlilarning qanotlari shaffof,to’rsimon tomirlangan,ya’ni qanotlardagi bo’ylama va ko’ndalang tomirlar o’zaro kesishib katakchalarni hosil qiladi.Oldingi juft qanotlari orqa qanotlariga nisbatan ancha katta bo’ladi.Og’iz organlari kemiruvchi va so’ruvchi tipda tuzilgan.Urg’ochilarida tuxum qo’yish organi rivojlangan,yuksak pardaqanotlilarda bu organ sanchuvchi nayzaga aylangan.Ko’pchilik turlarining qurtlarida oyoqlar bo’lmaydi.Lekin arrakashlarning soxta qurtlar deb ataluvchi qurtlarida uch juft ko’krak oyoqlari bilan birga 6-8 juft qorin oyoqlari ham bo’ladi.G’umbaklari erkin tipda tuzilgan.Pardaqanotlilarning nerv sistemasi murakkab tuzilgan.Ular o’zining juda murakkab psixik faoliyati bilan boshqa hasharotlardan ajralib turadi.Pardaqanotlilarning hatti-harakatlari in qurish,nasl uchun oziq g’amlash,naslni himoya qilish kabi murakkab instinktlarni o’z ichiga oladi.Pardaqanotlilar tabiatda va inson hayotida juda katta ahamiyatga ega


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling