Course syllabus


RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASINING VUJUDGA KELISHI


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana20.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1713731
1   2   3   4   5   6   7   8
RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASINING VUJUDGA KELISHI 
VA EVOLYUTSIYASI
Har qanday savolni o’rganish atama bo’yicha kelishuv bilan boshlanadi. Bu yerda hisoblash 
mashinasi (HM) va hisoblash tizimi (HT) tushunchalarni aniqlash kerak. Qaralayotgan predmetlarda 
raqamli mashina va tizimlardan tashqari diskred kattaliklarda ishlaydigan qurilmalar ham mavjud. 
Adabiyotlarda “
hisoblash mashinalari
” va “
hisoblash tizimlari
” atamasini aniqlaydigan juda ko’p 
turli ta’riflar keltirilgan. Bunday atamalarning noaniqliklarning sababi har kimni qoniqtiradigan va 
standart roliga munosib aniq ta’rif berishning iloji yo’qligidadir.
Hisoblash mashinasi
 (
HM
) – bu ma’lumotlarga (berilganlarga) ishlov berish va kerakli 
shaklda natijani olish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalar to’plamidir. Texnik 
vositalar tushunchasida ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo’ljallangan 
barcha jihozlar tushuniladi. Qoida bo’yicha, HM tarkibiga tizimli dasturiy ta’minot ham 
kiradi.
Asosiy funksional qurilmalari elektron konponentlarda bajariladigan HM si, elektron hisoblash 
mashinasi (EHM) deb ataladi.


O’z navbatida, 
hisoblash tizimini 
(
HT
) ISO/IEC 2382/1-93 standarti, 
ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta 
kompyuterlar, periferik qurilmalar va dasturiy ta’minot sifatida aniqlaydi.
HM va HT o’rtasidagi farq hisoblash vositalari sonida ifodalanadi. Ushbu 
vositalarning to’plami HT da parallel qayta ishlashni amalga oshirishga imkon 
beradi. Boshqa tomondan, zamonaviy hisoblash mashinalari ham hisoblash 
jarayonlarini parallelashtirish uchun ma’lum imkoniyatlarga ega. Boshqacha 
qilib aytganda, HM va HT o’rtasidagi chegara juda noaniq bo’lib, bu HM va 
HTlarining tatbiq etilishidan biri sifatida ko’rib chiqishga asosdir. HT tizimlari 
odatda an’anaviy HMlardan va ularning qismlaridan qurilgan, shuning uchun 
HMlarga tegishli ko’plab qoidalar HTlariga ham o’rinli bo’lishi mumkin.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling