Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet67/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Tarixiy dostonlar. Tarixda b o ‘lib o ‘tgan voqea va hodisalar, ayrim 
tarixiy shaxslar faoliyati asosida yaratilgan tarixiy dostonlar baxshilar 
repertuarida boshqa dostonlarga nisbatan juda kam o ‘rin egallaydi, 
tarqalish doiralari ham nihoyatda chegaralangan. U larda tarixiy 
haqiqat bilan afsona, fakt bilan badiiy to 'q im a chatishib ketgan, 
ya’ni bunday asarlarda aniq tarixiy voqelikka folklorga xos ravishda 
yangi m a 'n o beriladi va baholanadi. Shu bilan birga, ularning 
mavzusi, obrazlari, tashigan g'oyalari aniq tarixiy sharoitdagi kurashlar


bilan bog‘liqdir.
Tarixiy dostonlar tarixdagi aniq voqealar va faktlarni tasvirlash 
xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq 
qiladilar. U lam i shu xususiyatiga qarab: a) tarixiy-qahramonlik; b) 
tarixiy-fantastik; c) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar; d) avtobiografik 
dostonlar kabi ichki turlarga b o ‘lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik 
dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir.
T arix iy -fan tastik d o sto n la rg a «Tulum biy», «Shayboniyxon» 
kabilarni kiritish m um kin. «Shayboniyxon» dostonida epik voqelik 
yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega b o ‘lsa, «Tulumbiy»da 
ayrim tarixiy shaxslar nom idan b o ‘lak hech narsa qolmagan, ya’ni 
unda sujet tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht 
yo‘nalishida rivojlanadi. Bunday dostonlarda qachonlardir b o ‘lib 
o ‘tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy 
fon vazifasini o ‘taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida 
ju d a keng tarqalgan «Xurshidoy» qissasining ikkinchi qism sifatida 
«Shayboniyxon» dostoniga kiritilishi va Shayboniyxonning hukmdorlik 
davri bilan bog‘lanishi ham shu bilan izohlanadi.
Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning 11 yarmi va 
XX asr boshlari, xususan, sh o ‘ro davrida baxshilar to m o n id an
yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o ‘zlarining m ustahkam
tarixiy asoslariga, qahram onlarining prototiplariga ega. «To‘lg‘anoy», 
«M am atkarim polvon», «Jizzax qolzg‘oloni», «Mardikor», «Amir 
qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi dostonlarning 
eng yaxshi n am u n alari hisoblanadi. A niq faktlar va hujjatlarga 
asoslanish bunday dostonlarning bosh xususiyatidir.
Yetakchi baxshilar repertuarida avtobiografik asarlar ham m uhim
o ‘rin tutadi. B unday dostonlar liro-epik xarakterga ega b o ‘lib, ularda 
baxshilar o ‘zIarining hayot va ijod yo‘li asosida davm ing m uhim
voqea-hodisalarini tasvirlaydilar. Ergash Jum anbulbul o ‘g ‘lining 
«Taijimai hoi», Fozil Yo‘Idosh o ‘g‘lining «Kunlarim», Abdulla Nurali 
o ‘g ‘lining «Kunlarim» kabi dostonlari buning yorqin nam unalaridir.
Xalq dostonlari, uning ja n r xususiyatlari va turlari haqidagi bu 
um um iy fikrlar o ‘zbek eposi juda ham boy va rang-barang ekanligini 
ko‘rsatib turibdi.
«Alpomish» dostoni
Bu doston qadim iy qahram onlik eposining yorqin nam unasidir.


Epik m azm unning qahram onlik xarakteriga ega b o ‘lishi uning bosh 
xususiyati hisoblanadi. Chunki dostonning butun m ohiyati va asosiy 
y o ‘n a lish in i ana shu xususiyat belgilaydi. V .G .B e lin sk iy n in g
t a ’kidlashicha, «xalqning go‘daklikzam onlarida uning hayoti ko‘proq 
botirlikda, qahramonlikda ifodalanadi». Shuniig uchun ham qadimiy 
qahram onlik eposi «xalqning faqat go‘daklik davrlarida... uning kuch- 
qudrati va toza faoliyati faqat qahram onlik g‘alabalarida ko'ringan 
zam onlardagina paydo bo‘lishi m um kin».67
K o‘chm anchilik hayoti va patriarxal-urug‘chilik munosabatlari 
bir daraja saqlanib kelayotgan zam onlarda yaratilgan, jam iyat va 
inson hayoti masalalarini o ‘ziga xos reallikda — qahram onlik va 
go‘zallik haqidagi xalq ideallari doirasida kuylagan «Alpomish» dostoni 
ham turkiy xalqlar palriarxal hayotidagi «Epik bosqich»ning poetik 
ko‘zgusidir. Doston bir qancha turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim 
turkiy b o ‘lmagan xalqlar orasida juda keng tarqalgan. U ning o ‘zbek, 
qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston holida; tojik, tatar, 
boshqird, O lrta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida 
m ashhurdir. O lrta asr o ‘g‘iz eposining m uhim yodgorligi «ICitobi 
dadam Q o'rqut» tarkibidagi «Bamsi Bayrak» asari o 'zin in g sujeti va 
kom pozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham 
yaqin turadi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, «Alpomish» dostoni o ‘zbck xalqi 
orasida ikki versiya va ko‘plab variantlarda jud a keng tarqalgan. 
0 ‘tgan asrda uning variantlari yigirma sakkiz xalq baxshisidan o ‘ttiz 
uch m arta (to ‘la matni, parcha, m azm uni) yozib olindi. «Alpomish» 
dostonining to ‘la variantlari yozib olingan baxshilar orasida Fozil 
Yo‘ldosh o ‘g‘li, M uham m adqul Jo nm urod o ‘g‘li P o ‘lkan, Berdi 
baxshi, Bo‘ri Sodiq o‘g‘li, Bekmurod J o ‘raboy o ‘g‘li, M ardonaqul 
Avliyoqul o ‘g‘li, Abdulla N urali o ‘g‘li, Saidm urod Panoh o ‘g‘li. 
U m ir Safar o ‘g‘li kabi yetakchi dostonchilar bor. D ostonning yozib 
olingan qo'lyozm alarining asl nusxalari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
F a n la r akadem iyasi A lisher N avoiy nom idagi Til va adabiyot 
institutining folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng 
m ukam m ali, badiiy jihatdan eng yuksagi atoqli xalq shoiri Fozil 
Yo‘ldosh o ‘g‘lidan yozib olingan nusxa hisoblanadi. U nda shoirning 
yuksak dostonchilik mahorati to ‘la nam oyon bo‘lgan. Fozil Yo‘ldosh 
o ‘g‘li «Alpomish» dostonini bu tun um r bo‘yi kuylab kelgan. Atoqli 
shoir H am id Olimjonning obrazli iborasi bilan aytganda, bu doston


uning shoirlik beshigi b o ‘lgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling