Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet80/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89
qo chqor, olqor, toychoq, saman, tayloq, bo ‘taloq, kiyik, serka, bulbul
quralay, qizil g ul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlarni 
um um lashtirib e ’zozlaydilar:
Bulbul qushning bolasi,
Alla, q o ‘zim , alia,
D araxtda b o ‘lar uyasi,
Alla, bolam , alia.
0 ‘zbek allalarini kompozitsion jihatdan ikki turga bo‘lish mumkin: 
V o q e a b a n d ( s u je tli) a ll a la r . B u la rn i a lla c h ilik n in g eng 
takom illashgan nam unalari, deyish joiz. Bu xildagi allalar yagona 
su jetga ega, b a rc h a b a n d la rd a g i p o etik m u d d ao b ir silsilada 
m arkazlashgan hayotiy voqealarning biror epizodi natijasida vujudga 
kelgan kayfiyatlar tasviridan iborat b o ‘ladi. U larda kompozitsiya 
puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim singari uzvlar 
mavjud:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo alia,
Q ulluq qush ovozina, alla-yo alia.
M anim bulbul shu o ‘g‘lim, alla-yo alia,
Quloq q o ‘ysin ovozima, alla-yo alia.
Bulbul kichkina qushdir, alla-yo alia,
Sahar ovozi xushdir, alla-yo alia.
Bermang bulbula ozor, alla-yo alia,
Bulbul b eozor qushdir, alla-yo alia.
Bulbul sayrar cham anda, alla-yo alia,
Shu bag‘ri keng vatanda, alla-yo alia.
U ni aslo ch o ‘chitmang, alla-yo alia,
Sayrasin shu cham anda, alla-yo alia.


Bulbul uchar q o ‘lim dan. alla-yo alia,
H ar kim q o ‘rqar o ‘limdan, alla-yo alia,
Shu bulbulim sayrasa, alla-yo alia,
0 ‘lim qochar yo'lim dan, alla-yo alia.
A lla d a e k s p o z its iy a — b u lb u ln in g y o z d a s a y r a s h i va 
m aftunkorligining har qanday m innatdorlikka sazovorligi b o ‘lsa, 
tugun-bulbul obrazidagi okg‘ilning kelajakdagi taqdiri, kim b o ‘lishi. 
Kulminatsiya esa, shu bulbul — o ‘g‘il taqdirining o ‘limga ro ‘para 
kelmasligi niyatidan tug‘ilgan tuyg‘ular qarama-qarshiligida ko'rinadi. 
N ihoyat, shu o ‘g‘il — bulbulning xushxon sayrab q o lish i-o ‘limni 
qochirishdan iborat taskin - tugunning optimistik yechimi hisoblanadi. 
Voqeabandlik xususiyatini yumoristik ham da yig‘i-y o ‘qlov allalarda, 
shuningdek, improvizatsion allalarda ham kuzatish m um kin.
Parokanda allalar ham o‘zbek onalari repertuarida serob. Ularning 
m uhim xususiyati-yaxlit sujet asosida qurilmaganligi. Bu tipdagi 
allalarda har bir band o ‘zicha mustaqil, tugal motiv yo mazmunga 
ega. Lekin mustaqillik tashqi beigi, xolos. Chunki m azm un mantiqi, 
baribir, bolaga qaratilganligi tufayli bir necha band yagona bir ipga 
tizilgan bo‘ladi. Buni vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy 
tasviriy uzvlar kuchaytiradi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida 
uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, an iqrog'i, onaning 
sarguzashtlari, hayotiy tashvishlari, omadsizliklari, o‘kinchlari, armonlari 
girdobiga uning nechog‘lik chuqur kirib borishi, mutaassirligi asosiy 
rol o‘ynaydi. Onaning bu holatini A.Vetuxov shunday izohlaydi: «DO‘z 
mulohazalariga kuchli g‘arq bo‘lib ketish oqibatida ona chaqolog‘ining 
kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarini o ‘ylay boshlaydi. 
Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo‘shiqqa ozm i-ko‘pm i miqdorda 
onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o‘zi sezmay qoladi.»88 
Natijada onaning o ‘y-mulohazalari ikki yo‘nalishga b o ‘linadi: ham 
bolani, ham o‘zini o ‘ylay boshlaydi. Shunday vaziyatda ona o ‘y- 
mulohazalarida parishonlik va takror yuzaga kela boshlaydi. Biroq 
onaning o ‘zi haqidagi o ‘y-mulohazalari aslida bolasi haqidagi o‘y- 
mulohazalar zaminida kechadi. Bu esa alladagi sirtqi parokandalikka 
mantiqan bir butunlik bag‘ishlab turadi:
Saharlar uyg‘onarman.
Turib sanga suyanarman.


Suyanganim san o ‘zing,
R ahm qil manga, qo‘zim,
A llo-o, huy-e.
AJIo-allo, odingday-ay/9 
Alvonjiying90 bodinan-ay.
O najoning o ‘rgi!sun,
Kokulingni torinnan-ay,91
A llo-o, huy-e.
Bu xildagi allalarni istagancha cho‘zish mumkin. Chunki bu 
bolaning uyquga ketishi, uyqusi kelishi m uddatining c h o ‘zilishi va 
onaning shu jarayonga yetgulik kuylash bardoshiga va to ‘qiy bilish 
salohiyatiga bog‘liq.
0 ‘zbek allalarida radif qonuniydir: alia so‘zi har satrda yoki satr 
osha, g o ho esa uzvli shaklda (alla-yo alia, allo-o, huy-yo iarzida) 
takrorlanaveradi. G ohida uzvli shakli to ‘rtlik yo uchlikdan keyin 
n a q а г о t vazifasini o ‘tab, allaning ekspressivligini ta ’minlagan. 
Alla so 'z i birgina satrda — h am boshida, ham so‘ngida; ikkilikda — 
birinchi satm ing boshida va ikkinchi satming oxirida takror qo‘llanib, 
kom pozitsion qoliplovchi uzv vazifasini ham bajargan.
0 ‘zbek allalari xalq etnografiyasi va etnopedagogikasi asoslarini 
o ‘rganishda qim m atli m aterial hisoblanadi. Ularda bolaga daxldor 
qator rasm -rusum lar ifoda etilgan. Binobarin, o‘zbekallalarini mavzu 
m ohiyatiga ko‘ra avaylovchi, maishiy, tarixiy, hajviy va yig‘i-yo‘qlov 
singari ichki ko‘rinishlari mavjud. Qolaversa, ulam i paydo bo‘lish 
tarixi nuq tay i nazaridan a n ’anaviy va zam onaviy turlarga b o ‘lib 
o ‘rganish m um kin.
A llalar ijrochiligi va ijodkorligi o ‘tm ishda ancha faol edi, Sho‘ro 
davrida bu jarayon passivlashdi. Buning sababini onalarning ishlab 
chiqarishda erkaklar bilan teng qatnashayotganliklari va bu holat 
bolalar tarbiyasining ilk bosqichidayoq ijtimoiy xarakter kasb etib 
borayotganligi bilan izohlash mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling