Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet22/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Yorg'ichoq qo'shiqlari. Yorg‘ichoq q o ‘l tegirm oni bo‘lib, u suv 
va sham ol tegirm onlari kashf etilm asdan oldin paydo bo‘lgan. U ni 
qo‘l yordamida aylantirganlar. Yorg‘ichoq aylantirish-og‘ir va unumsiz 
ish. Bu ishni, asosan, ayollar bajarishgan. Shu sababli yorg‘ichoq 
q o ‘shiqlarining ijodkorlari ham ayollar hisoblanadilar.
Yorg‘ichoq q o ‘shiqlarida kun bo‘yi yorg‘ichoq tortishning jismoniy 
va m a’naviy m ashaqqati, og‘ir toshni aylantirish ayol kishi uchun 
naqadar qiyin ekanligi, binobarin, tegirm onning undan afzalligi
ayollarning tu rm ush tashvishlari mungli nidolar bilan kuylanadi.
Y org‘ic h o q q o ‘sh iq lari b arm o q vaznida, to ‘rtliklar shaklida 
yaratiladi. K o‘p in ch a 7,11,12 hijoli tizim da uchraydi. M avzu doirasi 
keng, qofiyalanishida ham rang-baranglik ko‘zga tashlanadi.
Yorg‘ichoq q o ‘shiqlarining ayrim nam unalari satirik xarakterda 
yaratilganligi bilan diqqatni tortadi:
Y org‘ichog‘im guldur-guldur,


Bo‘g‘zing to ‘la oppoq undir.
Boy boboning xonadoni 
Jkkimizni yedur-yedur.
Q o‘shiqda boy-zodagonlaming xasisligi, tekinxo‘r va och k o‘zligi 
keskin fosh etilmoqda.
Hozirgi paytda yorg‘ichoqdan foydalanilm ayotgani bois unga 
aloqador q o ‘shiqlar ham kuylanmay qoldi.
Hunarmandchilikka aloqador qo'shiqlar. H unarm andchilik kasbi 
ibtidoiy jam oa tuzum ining yem irilish davrida, ov ham da boshqa 
mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug ‘ilishi tufayli 
paydo bo‘lgan. hunarmandchilikning paydo bo‘lishi shahar hayotining 
taraqqiy etishi bilan ham bog‘liq. H unarm andchilik m ahsulotlarini 
sotish esa yana bir mehnat turi — savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan.
H u n arm an d ch ilik ishlarini bajarish ja ra y o n id a kuylanilg an
qo'shiqlar hunarm andchilik qo‘shiqlari deb yuritiladi. 0 ‘zbek xalq 
hunarm andchilik qo‘shiqlari orasida charx yigirish, urchuq yigirish, 
o ‘rmak o ‘rish, kashta, to ‘n tikish, gilam, b o ‘z to ‘qish bilan bog‘liq 
qo‘shiqlar asosiy o ‘rin tutadi. Shular orasida ip yigirish, kashta, do‘ppi, 
to ‘n tikish, gilam to ‘qish kabi m ehnat turlarini, asosan, ayollar 
bajargan. Shu bois bu jarayonda aytiluvchi q o ‘shiqIarni ham xotin- 
qizlar yaratib, ijro etishgan.
Hunarmandchilik qo‘shiqIarida hunarmandlaming og‘ir turmush 
tarzi, mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami o ‘z aksini topgan. 
Ularni to ‘quvchilik va tikuvchilik qo‘shiqIari tarzida ikki katta guruhga 
bo‘lish mumkin.
To quvchilik qo ‘shiqlarida, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu 
jarayonni amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta ’rifi yetakchi motivga 
aylangan. Ip yigirish va bunda charxning, ju n d an ip tayyorlash va 
bunda urchuqning vazifasi, shuningdek, bevosita b o ‘z, to ‘r, gilam 
va sholcha singarilarni to ‘qish jaray o n larig a alo q a d o r m eh n at 
mashaqqatlari ifodalangan.
Charx qo ‘shiqlari to ‘quvchilik q o ‘shiqlari silsilasida keng tarqalgan 
b o ‘lib, ularda ip yigirish quroli b o ‘lgan charxning tavsifi, charx 
yigirishning mashaqqati, charx yigirmasa, tirikchilikning o ‘tm ay 
qolishi, charx yigiruvchi ay o ln in g
o ‘z m e h n a ti sa m a ra sid a n
bahram and b o ‘lish orzusi, zolim er va q ay n o n ad an , k o ‘p in ch a 
kundoshlikdan nolish motivlari kuylanadi:
Bir charxim bor shaqqildoq,


Q aynonam o'lsin-qaqqildoq.
Oftob chiqsa — bit qoqar,
0 ‘g‘li kelsa — gap chaqar.
Q o ‘shiqda charxning bir xildagi yoqimsiz, zeriktiruvchi, boshni 
og‘ritadigan ovozi zolim qaynonaning ta’na-dashnom lari bilan bejiz 
tenglashtirilm agan. C hunki ularning har ikkalasi ham kelinchakni 
juda toliqtiradi. Q aynonaning g‘iybatdan iborat mayda gaplari bitga 
o ‘xshatilmoqda. Chunki u ham bit kabi kishi badanida dard uyg‘otadi.
X ullas, charx q o 's h iq la rid a ko‘pincha o ‘tm ish ayollarining 
turm ush tarzi, dard-alam lari ifoda etiladi. U lar m ehnat ritmiga 
m os c h o 'z iq va mungli shaklda ijro qilinadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling