Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet20/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
«Xo‘s h -x o ‘sh»!ar ravon va tekis ohangda ch o ‘zib aytiladi. Ularda 
sigir. uning elini, xatti-harakati, yemishi ta'rif-tavsif qilinadi.
«Xo‘sh-xoksh»larni kuylashdan oldin sogluvchi sigirning bolasi — 
buzoqni emizishga qo‘yadi. Buzog‘ini ko‘rib, sigir iyiydi. Shunda 
sog‘uvchi darhol buzoqni tortib, sigirni q o ‘shiq yordam ida iyitishda 
davom etadi va sutini sog‘ib oladi.
«Xo‘sh-xo‘sh»lar sigirni iyitishiga ishonilgan. Bu ishonch sog‘im 
qo‘shiqlarida alohida ta ’kidlanadi:
«Xo*sh-xo‘sh»lasam iyasan, xo‘shey-xo‘shey, 
Kovshabgina turasan, x o ‘shey-xo‘shey,
Angraymagin jonivor, x o ‘shey-xo‘shey,
Sen bolangga to ‘yasan, xo‘shey-xo‘shey.
Ko‘z magiyasi, kinna kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar 
zotdor, ko‘p sut beradigan sigirlarni yom on ruhlardan asrash uchun 
turli tadbirlarni q o ‘llaganlar. U larning shoxlariga maxsus duolar 
yozilgan tum orlar. qalampirm unchoq yoki ko‘zm unchoqlar shodasini 
ilib qo‘yishgan. Aks holda ko‘z tekkan sigir yo o ‘ladi, yo kasallanib,


kam sut bera boshlaydi, deb irirn qilingan. Tabiiyki, bunday e ’tiqod 
va qarashlar «xo‘sh-xo‘sh»larda ham «ko‘z tumor» detali orqali badiiy 
ifoda etiladi:
Seni haydab boqayin,
Ko‘z tu m orlar taqayin, xo‘sh-xo‘sh
Ayrim «xo‘sh-xo‘sh»larda a n ’anaviy motivlardan tashqari oshiq 
yorning tong mahali sigir sog‘ayotgan ma'shuqasi mehnatini ko‘rib 
zavqlanishi motivlari ham uchraydi. Bunday motivlar «xo‘sh-xo‘sh»larga 
lirik q o ‘shiqlar ta ’sirida kirib kelganini alohida ta ’kidlash lozim.
Q o‘ylarni sog'ish va q o ‘zilarni emizish jarayonida kuylanadigan 
«turey-turey» qo'shiqlarida ona sovliqni m adh etish, uni iydirishga 
qaratilgan erkalash m otivlari yetakchilik qiladi.
«Turey-ture»lar k o ‘pincha qorako‘lchilikda terisini olish uchun
3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so‘yib yuborilgan q o ‘zichoqlaming 
onalarini sog‘ish uchun kuylanadi. Shu sababli ularda ona qo‘yning 
o ‘z bolasini qidirishi, uni izlab m a’rashiga ham dardlik bildirish, 
achinish motivlari katta o ‘rin tutadi.
Sovdi b o ‘lib sovdirgin, turey-turey,
Sovsa kadi to'ldirgin, turey-turey.
Buncha kuym a jonivor, turey-turey,
Taqdirga endi ko‘ngin, turey-turey.
Q o ‘shiqda o ‘z bolasini izlayotgan ona qo‘yni tinchitish, taqdirga 
ta n berishga ko‘ndirish m otivlari ifoda etilgan.
« Churiyala» y o k i «churey-churey»lar ech k ilarn i sog‘ish yoki 
uloqlam i emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini 
em dirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. Churiyalarda 
k o ‘p in ch a echkining, sersut y7elini, soqoli, shoxi yoki qashqasi 
m aqtaladi:
Og‘ziginangda o ‘ting bor, churey-churey, 
Y elinginangda suting bor, churey-churey, 
Sersoqolim jonivor, churey-churey,
Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
A yrim churiya q o ‘shiqlarida sof ishqiy motivlar ham ifodalangan. 
Faqat ulardagi «churiya» so‘zining takrori uning sog‘im q o ‘shig‘i 
ekanligini bildirib turadi.
C huriyalar turey-tureylarga nisbatan bir oz ch o ‘ziqroq ohangda 
aytiladi.
Sog‘im q o ‘shiqlari sog‘ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat


qilish, unga so‘z yordamida ta ’sir ko‘rsatish tasaw uri bilan yaratilgani 
bois ularda tashxis (jonlantirish) san’ati markaziy o ‘rin egallaydi. U 
kuylovchiga o ‘z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam -iztiroblarini 
bayon qilish uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Sog‘im q o ‘shiqlari barm oq vaznida, mustaqil to ‘rtliklar shaklida 
yaratiladi. Ular. asosan, a -a-b -a  tarzida qofiyalanganligi kuzatiladi.
D ehqonchilikka aloqador q o ‘shiqIar. X alqim iz aza l-aza ld an
dehqonchilik bilan shug‘ ullanib, shuning orqasidan tirikchilik o‘tkazib 
kelgan. D ehqon m ehnati erta bahorda yer haydashdan boshlanadi. 
Biroq erta bahorda, ilik uzildi vaqtida k am q u w at b o ‘lib qolgan 
inson uchun yer haydashdek og‘ir jism oniy m ehnatni bajarish oson 
kechmaydi. Shu paytda dehqonlar qo‘shiq kuylab, o ‘zlarini ovutganlar 
va shu orqali biroz b o ‘lsa-d a, og‘ir m e h n atn in g qiyinchiligini 
unutganlar. Q o‘sh haydash paytida ijro etiladigan q o ‘shiqlar q o ‘sh 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling