Цзбекистон республикаси халы таълими вазирлиги


Download 266 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi266 Kb.
#1480764
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atham aka chala

Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
- insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlika, yolg‘onchilik,) tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik keng qo‘llanishi lozim.
- vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy masuliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
- mustaqil davlatimiz - O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirmoq kerak;
- turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
- sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
- yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
O‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim:
- tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning betakror va o‘ziga hosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini etiborga olish;
- yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror toptirish;
- milliylikning o‘ziga xos ananalari va vositalariga tayanish;
- shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga etibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish.
Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O‘smir yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Darsdan va to‘garak ishlarida tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarining o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni o‘smirlar orasida kuchaytirish zarur. Axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-marifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida doimo o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi.
Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘onish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhidagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat - bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish.
Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustozu murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya muassasalarida umuminsoniy qadriyatlar doimo diqqat markazida bo‘lishi va uni amalga oshirish uchun shaxs erkinligi va demokratiyani himoyalash har bir kishining asosiy vazifasidir. Jamiyatda dinning ta’siri ortib borar ekan, yoshlar bilan ishlashda dinga munosabatni to‘g‘ri shakllantirish, ularga dinni umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tushuntirish lozim. Bolalarda dinni alohida dunyoqarash, bilimni esahayotni mukammallashtirish va rivojlantirish vositasi ekanligini anglatish zarur. Shu bilan bir qatorda dinni niqob qilib olgan diniy ekstremistik oqimlar, ularning yovuz niyatlarini fosh etib berish.
Fuqarolar birligi, millatlararo hamkorlik, yosh va mustaqil mamlakatimizning asosiy negizidir. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida shakllanishi jarayonida, yosh avlodni jamiyat yangilanishining mohiyatini va zarurligini tushunib yetadigan, o‘zi uchun, o‘zi yashab turgan o‘lkaning gullab yashnashi uchun, uning taqdiri uchun, o‘zga davlat va millat vakillari bilan do‘stu birodarlikni mustahkamlash uchun javobgarlikni his qiladigan darajada tarbiyalash.
Har bir o‘quvchi Vatan muvaffaqiyatida o‘zining ham shaxsiy burchi va masuliyatli vazifalari borligini to‘la idrok etsin. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o‘quvchilar Respublikada mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o‘zinikidek qabul qiladigan bo‘lsin. Ularning og‘irligini o‘z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foydakeltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘aysin. Bugungi kunda olib borilayotgan, ko‘zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi tub o‘zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini tushunsin.
O‘quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismlaridan biri harbiy vatanparvarlikdir. Ushbu tarbiya jarayoni o‘quvchilarda o‘z ona Vatanani himoya qilish tuyg‘usi va Vatan harbiy kuch-qudratiga nisbatan milliy g‘ururni shakllantiradi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmuni o‘quvchilarga vatani himoya qilish, xarbiy kuchlarning Konstitutsion majburiyatini tushuntirish, turli harbiy mexnat ananalarini targ‘ib qilishdir. Bu faoliyat Respublikamiz mustaqillika erishgach qabul qilingan «Alternativ xizmat haqida qonun», «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi Qonun kabi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shu maqsadda o‘quvchilarni amaliy - harbiy va texnik to‘garaklar mashg‘ulotlariga jalb qilish zarur. Shu bilan birga turli harbiy musobaqalar, turistik sayohatlar, harbiy o‘yinlar («Shunqorlar» o‘yini), harbiy sport bayramlarini o‘tkazish: «Vatanparvar» deb nomlangan kampleks harbiy sport musobaqalarini muntazam o‘tqazib turish; harbiy shon-shuhrat muzeylarini, «Yoshlarning harbiy xizmatga tayyorgarlik burchaklari»ni va xonalarni tashkil etish; harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yigitlar bilan uchrashuvlar uyushtirish; vatanimizning harbiy qahramonlari to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazish; xotira solnomalarini tuzish va boshqa harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga xos faoliyat bilan shug‘ullanish lozim. Zobitlik (ofitser) kasbini targ‘ib, etish o‘quvchilarni harbiy xizmatchilar, harbiy o‘quv muassasalari bilan tanishtirish, harbiy xizmatgacha tayyorgarlik jarayonida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib borishni doimiy yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, jamiyatini qayta qurish va xalqning ma’naviy rivojlanishiga keng sharoit yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti turli millat vakillarning o‘zaro yaqinlashuvini uyg‘unlashtirmoqda. Bu esa umumiy iqtisodiy munosabatlarni davlatlararo miqyosda olib chiqarmoqda. Bozor munosabatlari barcha millat vakillarning, elatlarning, aholining ijtimoiy guruhlarini o‘zaro birlashishga, shu tariqa o‘zaro kelishuv va hurmat ehtiromning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. O‘z kasbini sevish va mohir ustasi bo‘lish, ijodiy mehnat har bir millat vakili uchun inson holatining asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.
O‘zining milliy madaniyatiga beqiyos hurmatda bo‘lish barobarida o‘quvchilarga boshqa elat ananalariga nisbatan kalondimog‘lik va bepisand nazar bilan qarash noto‘g‘ri ekanligini ularga muntazam tushuntirib borish lozim. Hech qanday milliy ananalar kimningdir oriyatiga tegmasligi va dushmanlik munosabatlarini uyg‘otmasligi kerak. U samimiy va beg‘araz bo‘lmog‘i lozim. Milliy o‘zlikni anglash bu millatlararo munosabatda o‘zaro hurmat-ehtiromini saqlashda seziladi.
O‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivojlantirishda uning milliy o‘ziga xosligi, etnopsixologik va enik ma’naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi ananalariga suyangan holda ish ko‘riladi.
Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi ijodkor shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan holda uning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirishdan iborat.
Jahon talabiga mos keluvchi ijodkor shaxsni tarbiyalashdek ijtimoiy topshiriqni bajarishda davlat manfaatini ko‘zlagan holda, O‘zbekiston davlati mafkurasi, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib XXI asr zamonaviy ta’lim-tarbiyasini yaratish.
Shunga muvofiq shaxsning kamol topishi faoliyati vositasida aniq iqtisodga bog‘liq nazariy bilimlar tizimini, shuningdek iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisi, o‘rganuvchining iqtisodiy ongiga bevosita ta’sir etishga imkon beruvchi bosqichlarni amalga oshirishdir. Maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bolalarning eng oddiy, shuningdek ancha asosli iqtisodiy bilimlar, iqtisodiy hayot me’yorlari va qoidalarini bilib olishlari, tushunchalarni kengaytirishlari hamda mustahkamlashlari uchun ularga keng sharoit yaratib berishlari lozim.
Bunda uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘nalishlarini ishlab chiqarishda mamlakatimizdagi barcha davlat boshqaruv organlari qatnashishi ko‘zda tutiladi.
Hozirgi kun talablariga javob berish barobarida uzluksiz ta’limning yagona tizimi, umumta’lim tayyorgarligining uzluksiz ta’limdagi ahamiyati, shaxs barkamolligi, mustaqil ijodiy faoliyat ko‘rsata olishda uzluksiz ta’lim, turli faoliyatlardan vosita sifatida foydalanish, iqtisodiy munosabatlarga jalb etish kabi ilmiy qarashlar tizimi shakllanadi.
Ilg‘or maktablarning ish tajribalari tadbirkor mehnat ta’limi o‘qituvchilari doimo o‘z predmeti bo‘yicha to‘garak ishlarni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Tajribali mehnat ta’limi o‘qituvilarining fikricha, o‘quchining qiziqishlari yo‘nalishida, uning o‘qishdan tashqari faoliyati mazmunida bolalar va o‘smirlar ijtimoiy tarbiyasining natijalari g‘oyat yaqqol ko‘rinadi. Shuning uchun bu faoliyatni tashkil etish imkoniyati qanchalik keng bo‘lsa, o‘quvchidagi qiziqish va qobiliyatni shunchalik barvaqt aniqlash, ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish, o‘quvchiga o‘z ishini, o‘zining kelajakdagi kasbini topishda yordam berish mumkin.
Yana malumki, xususan shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar muqobillashuvi bilan bolalar va o‘smirlar shaxsining shakllanishida eng muhim hodisa ro‘y beradi.
Umumiy kasbiy ta’lim vazifalari o‘quvchilarni faqat texnika va ishlab chiqarish dunyosi bilan emas, balki sanoat qishloq xo‘jaligining mazkur rayonda, shaharda rivojlanayotgan u yoki bu tarmog‘i uchun zarur va istiqbolli kasblar bilan ham ertaroq tanishtirishni taqozo etadi.
To‘garakdagi ishlar kichik maktab yoshidayoq o‘quvchilarga u yoki bu kasbdagi mehnatning mazmunini, ommaviy ishchi kasblarining eng qiziqarli jihatlarini to‘liqroq bilib olishlarida yordam berishi zarur. Shuning uchun maktabdagi to‘garaklarni belgilashda mahalliy ishlab chiqarishning profilini hisobga olish kerak.
To‘garakni tashkil etish, uning kolletivini uyushtirish o‘qituvchining, to‘garak rahbarining katta va masuliyatli ishidir. To‘garak mashg‘ulotlarini tayyorlash hamda o‘tkazish ham juda ko‘p va puxta o‘ylangan tayyorgarlik ishlarini talab qiladi.
Rahbar to‘garak kollektivini uyushtirish bilan birga to‘garakda ijodiy ishlab chiqiladigan va tayyorlanadigan obektlarni belgilaydi, to‘garak ishini moddiy jihatdan ta’minlash imkoniyatlarini, shuningdek, bo‘lajak texnik qurilmaning murakkab detallarini tayyorlashda hamda konsultantlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun baza korxonaning imkoniyatlaridan foydalanish miqyosini aniqlaydi.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi boshqaradigan to‘garakdagi o‘quvchilar mehnatining obektlarini belshilashda aosiy diqqat-etibor maktab ustaxonalarini ayrim texnik qurilmalar, texnologik uskunalar o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadasi yoki boshqa mehnat birlashmalaridagi mehnatning kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashga, maktab ustaxonalaridagi mavjud uskunalarni remont qilish va takomillashtirishda, o‘quvchilar o‘quv materialini o‘zlashtirishida yordam beradigan har xil ko‘rsatmali qo‘llanmalarni, elektrlashtirilgan stendlarni, bilishga doir o‘yinlarni ishlab chiqishga qaratiladi.
Maktab koridorlari va rekrao‘iya uchun turli burchaklar, stendlar, ko‘rgazma vitrinalari, vitrajlar maktab ustaxonalari bazasida faoliyat ko‘rsatadigan duradgorlik - konstruktorlik to‘garagidagi ijodiy ishlarning predmeti bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar yosh metallchilar yoki texnolog-ratsionalizatorlar to‘garagida maktab ustaxonalarida ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish uchun zarur texnologik uskunalarni yarata oladilar, maktab tajriba uchastkasida, maktab o‘rmonchiligida, ko‘k patrullar ishida foydalanish uchun kichik gabaritli transport vositalarini, mikrotraktorlarni, priborlar va mexanizmlarni tayyorlay oladilar.
Ko‘pincha maktab ustaxonalari bazasidagi texnika to‘garagining ishi baza korxonadagi ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati sovetining, mahalliy sovxoz, kolxoz, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasasining topshirig‘i bo‘yicha tashkil qilinadi, yani aynan ijtimoiy foydali xarakterda bo‘ladi.
O‘quvchilarning to‘garakdagi ishi uchun obektlar tanlashdan oldin o‘quvchilarning o‘zlarini tayyorlash ularda kishilar uchun kerakli buyumlarni ishlab chiqish hamda yasashga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish kerak.
Ishning muvaffaqiyatli o‘qituvchi - to‘garak rahbari to‘garak qatnashchilari orasida vazifalarning taqsimlanishini qanchalik aniq tashkil etgani, ularning individual va yosh xususiyatlarini, maktab ustaxonalari sharoitida tavsiya qilingan ishni bajarishga amaliy tayyorlik darajasini hisobga olgani bilan ham belgilanadi.
To‘garak faoliyati doimo to‘garak rahbari tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan ish plani bo‘yicha amalga oshadi.
To‘garak ishiningplani to‘garakning tipovoy dastursi yoki to‘garak rahbari o‘qituvchining o‘zi tuzgan va maktab direktori tasdiqlagan dastur asosida tuzilishi mumkin.
Ko‘pincha to‘garakning ish plani mashg‘ulotlar boshlanishidan ancha oldin, rahbar hali to‘garak qatnashchilari sostavini aniq bilmaydigan paytda tuziladi va tasdiqlanadi. Aslida esa to‘garakning yillik ish plani loyihasinigina oldindan tayyorlash, keyin to‘garak qatnashchilarini ana shu loyiha bilan tanishtirish, uni uzil-kesil maqullashni esa navbatdagi mashg‘ulotlarda, yani o‘quvchilar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va o‘zlarini nimalar ko‘proq qiziqtirishini bilib olganlaridan so‘ng amalga oshirish to‘g‘riroqdir.
O‘quvchilarning aktiv ishtirokida tuzilgan plan eng to‘g‘ri bo‘ladi, chunki bunday plan har bir o‘quvchining ishiga aylanadi.
To‘garak rahbari yillik plandan tashqari har bir mashg‘ulotdan so‘ng yakunlagan holda keyingi mashg‘ulotning planini tuzadi.
Texnika to‘garaklarining bazi rahbarlari o‘quvchilarga o‘z ishlarining planini tuzishni tavsiya etadilar, bunda ularga yordamlashadilar: u yoki bu texnik vazifani bajarishning taxminiy muddatini belgilaydilar, individual va kollektiv ishning ko‘zlagan natijalariga erishishni rejalashtiradilar.

`1.3 xulosa


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garak ishlarini tashkil qilishning hozirgi ahvoli hozirgi kunda juda rivojlanish bosqichida v a buni shakilantirish jaroyonlari sifatida yuqorida ko’rib o’tgan humumatimiz qaror va chora tadbirlarimizni ko’rsatishmiz mumkin.
Darsdan va to‘garak ishlarida tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga kelib chiqan holda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarining o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni o‘smirlar orasida kuchaytirish zarur. Axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Har bir o‘quvchi Vatan muvaffaqiyatida o‘zining ham shaxsiy burchi va masuliyatli vazifalari borligini to‘la idrok etsin. Kundalik tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish zarurki, natijada o‘quvchilar Respublikada mustaqilligi sharoitida uning muammolarini o‘zinikidek qabul qiladigan bo‘lsin. Ularning og‘irligini o‘z yelkasiga oladigan, mumkin qadar Vatanga foydakeltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘aysin. Bugungi kunda olib borilayotgan, ko‘zda tutilgan barcha yangilanish jarayonlari, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalardagi tub o‘zgarishlar hammaning fidokorona xizmati tufayligina yuzaga kelishini tushunsin.
O‘quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismlaridan biri harbiy vatanparvarlikdir. Ushbu tarbiya jarayoni o‘quvchilarda o‘z ona Vatanani himoya qilish tuyg‘usi va Vatan harbiy kuch-qudratiga nisbatan milliy g‘ururni shakllantiradi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmuni o‘quvchilarga vatani himoya qilish, xarbiy kuchlarning Konstitutsion majburiyatini tushuntirish, turli harbiy mexnat ananalarini targ‘ib qilishdir. Bu faoliyat Respublikamiz mustaqillika erishgach qabul qilingan «Alternativ xizmat haqida qonun», «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» gi Qonun kabi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shu maqsadda o‘quvchilarni amaliy - harbiy va texnik to‘garaklar mashg‘ulotlariga jalb qilish zarur. Shu bilan birga turli harbiy musobaqalar, turistik sayohatlar, harbiy o‘yinlar («Shunqorlar» o‘yini), harbiy sport bayramlarini o‘tkazish: «Vatanparvar» deb nomlangan kampleks harbiy sport musobaqalarini muntazam o‘tqazib turish; harbiy shon-shuhrat muzeylarini, «Yoshlarning harbiy xizmatga tayyorgarlik burchaklari»ni va xonalarni tashkil etish; harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yigitlar bilan uchrashuvlar uyushtirish; vatanimizning harbiy qahramonlari to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazish; xotira solnomalarini tuzish va boshqa harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga xos faoliyat bilan shug‘ullanish lozim. Zobitlik (ofitser) kasbini targ‘ib, etish o‘quvchilarni harbiy xizmatchilar, harbiy o‘quv muassasalari bilan tanishtirish, harbiy xizmatgacha tayyorgarlik jarayonida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib borishni doimiy yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, jamiyatini qayta qurish va xalqning ma’naviy rivojlanishiga keng sharoit yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti turli millat vakillarning o‘zaro yaqinlashuvini uyg‘unlashtirmoqda. Bu esa umumiy iqtisodiy munosabatlarni davlatlararo miqyosda olib chiqarmoqda. Bozor munosabatlari barcha millat vakillarning, elatlarning, aholining ijtimoiy guruhlarini o‘zaro birlashishga, shu tariqa o‘zaro kelishuv va hurmat ehtiromning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. O‘z kasbini sevish va mohir ustasi bo‘lish, ijodiy mehnat har bir millat vakili uchun inson holatining asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.



Download 266 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling