Цзбекистон республикаси


Sanoat mulki sub’ektining muallifi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Sanoat mulki sub’ektining muallifi. Sanoat mulki ob’ektini shaxsiy ijodiy 
mehnati bilan yaratgan jismoniy shaxs bu ob’ektning muallifi deb e’tirof etiladi. 
Basharti, sanoat mulkining ob’ekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikda 
ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada 
o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning barchasi bu ob’ektning teng 
huquqli muallifi deb e’tirof etiladi. 
Mualliflik huquqiy begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq bo‘lib, qonun 
bilan muhofaza qilinadi. 


21 
Patent egasi. Sanoat mulkining ob’ektiga patent va dastlabki patent yoki 
guvohnoma quyidagilarga beriladi: 

sanoat mulki ob’ektining muallifiga yoki uning merosxo‘riga: 

muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki patent yoki 
guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki ob’ekti Patent idorasida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar topshirilgan arizada ko‘rsatilgan jismoniy 
va yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan): 

mazkur modda nazarda tutulgan hollarda ish beruvchiga. 
Xizmatchi o‘z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir topshiriqni 
bajarish bilan bog‘liq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga doir texnik bilimlar 
yordamida yaratgan sanoat mulki huquqiga ish beruvchiga ega bo‘ladi. Sanoat 
mulki ob’ektiga bo‘lgan huquqni o‘zgacha o‘tkazash muallif va ish beruvchi 
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi. 
Basharti ish beruvchi sanoat mulki ob’ekti yaratilganligi haqida muallif 
ma’lum qilgan sanadan e’tiboran to‘rt oy mobaynida Patent idorasiga talabnoma 
topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o‘zga shaxsga o‘tkazmasa, muallif 
talabnoma topshirish va patent, dastlabki patent yoki guvohnomani o‘z nomiga 
olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli 
ob’ektidan o‘z korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon 
pulini to‘lagan holda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. 
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob’ekti maxfiy saqlanadigan bo‘lsa, u 
muallifga mutanosib miqdorda haq to‘lash shart, haq miqdori shartnoma asosida 
belgilanib, mutlaq litsenziyaning bozor narxidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan muhofaza 
qilinadigan sanoat mulki ob’ektidan foydalanib huquqini har qanday jismoniy yoki 
yuridik shaxsga berishi mumkin. 
Sanoat mulki ob’ektiga oid patent, dastlabki patent yoki guvohnoma, 
shuningdek uni olish huquqi meros bo‘yicha o‘tadi.


22 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling