Цзбекистон республикаси


O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi. O‘zbekiston 
Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi patent egasining davlat mulkiga 
kiradigan yoki shartnoma asosida olinadigan intelektual mulk ob’ektlariga 
nisbatan huquq hamda majburiyatlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. 
Intelektual mulk davlat fondi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai 
sanoat mulki va intelektual mulkning boshqa turlari ob’ektlaridan foydalanish 
huquqiga oid litsenziya sotilishidan tushadigan mablag‘larning bir qismidan, 
davlat byudjeti mablag‘lari hamda boshqa tushumlardan iborat bo‘ladi. 
Intellektual mulk davlat fondi o‘z faoliyatini «Ixtirolar, foydali modellar va 
sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan 
ustavga binoan amalga oshiradi. 
Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo‘limlaridan 
foydalanish. Bilimlar banki – ma’lum vazifani bajaruvchi ob’ekt sinfiga oid 
bo‘lgan va ishlash mezonlari, amalga oshish, yuzaga kelish ketma-ketligiga ko‘ra 
tizimlangan, uzluksiz ravishda boyitib boriladigan axborot va ma’lumotlar majmui 
sifatida ishlab chiqildi. Bunda beriladigan ma’lumotlar imkon darajasida qisqa va 
lo‘nda ifodalanib, tegishli bo‘limlarga joylashtirilganligi sababli axborot 
jamlamalarining juda ixcham bo‘lishiga erishiladi. Bilimlar bankining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri uning uzluksiz ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyib 
borishidir. Bu vazifani amalga oshirishda ikki usuldan foydalaniladi: birinchi 
holatda o‘qituvchi o‘z ustida qo‘shimcha ishlashi natijasida olgan yangi 
bilimlarini doimiy ravishda bilimlar bankiga kiritib boradi. Ikkinchi holatda talaba 
tomonidan taklif qilingan axborot o‘qituvchi tomonidan tahrir qilinadi va bilimlar 
bankiga kiritiladi.
Ilmiy texnika ijodkorligi samaradorligi tobora ko‘proq darajada axborotlar 
bilan ishlash tezligi va unumdorligiga bog‘liq bo‘lib borayotganligini hisobga olib 
bilimlar bankini ishlab chiqishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi: 


23 
1. Axborotlarni jamlash. Katta hajmdagi axborotlar ichidan samarali texnika 
va texnologiyalarni ishlab chiqishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida xulosa 
chiqarish uchun eng yangi axborotlardan to‘laroq foydalanish. 
2. Axborotlarni saralash va eng ahamiyatlilarini ajratib olish. Saralangan 
axborotlar bilan ishlash texnik еchimni ishlab chiqish uchun sarflanadigan vaqtni 
tejaydi va uning yuqori texnik-texnologik saviyada bo‘lishiga xizmat qiladi. 
3. Ahamiyatli axborotlarni tasniflash - har bir ma’lum holat uchun tahlil 
qilinishi lozim bo‘lgan axborotlar hajmini kamaytirish va qiyosiy tahlilni amalga 
oshirishda zarur axborotlarni topish tezligini oshirish uchun xizmat qiladi. 
4. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling