28
5-mavzu: IXTIROChILIK, RATSIONALIZATORLIK FAOLIYaTI
REJA
1. Ixtiro.
2. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.
3. Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri.
Ixtiro - xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida
masalani
ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal
etish.
Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik
takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
munosabatlarni
tartibga soluvchi me’yorlar majmui.
Ixtirochilik - ilmiy g‘oyalarining texnik еchimlarga ijodiy tadbiqi,
ilmiy
texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va
texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini
ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik еchim ishlab chiqish uchun talab
etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati
mahsuli sifatida inson
ongidagi tizimlangan in’ikosi.
Ixtirochilik ko‘nikmalari - insonning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy
faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy
jarayon bosqichlarini tez
va to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi.
Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman
avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat
dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: