Цзбекистон республикаси


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Ixtiro tushunchasini ta’riflab bering. Uning kashfiyotlar bilan dialektik aloqasi 
nimalarda ifodalanadi ? 
2. Ratsionalizatorlik takliflarini rasmiylashtirish tartibi. 
3. Patent fondlari qanday vazifalarni bajaradi ? 
4. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik jamiyatining maqsadi va vazifalari. 


31 
6-mavzu: RATSIONALIZATORLIK TAKLIFI 
REJA 
1. Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi. 
2. Patent hujjatlari. Patent axboroti. 
 
Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi. Ratsionalizatorlik takliflari – bu xalq 
xo‘jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarni еchishga, ya’ni 
mahsulotning loyihasini ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan 
texnikani yoki materiallarning xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Ratsionalizatorlik ko‘p qirrali muammo bo‘lib, ko‘proq iqtisodiy masalalarni xal 
etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi 
kerak: birinchidan, texnik еchimga ega bo‘lishi, ikkinchidan, yangilik bo‘lishi 
uchinchidan foydali bo‘lishi kerak. 
Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. 
Ratsionalizatorlik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa shu korxonaning 
Ixtirochi va ratsionalizatorlar jamiyatiga ariza beriladi. Agarda fikrlar boshqa 
korxonalarga tegishli bo‘lsa vazirlikka beriladi va ro‘yxatga olinadi. 
Patent hujjatlari. Patent axboroti. Ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘sishi ko‘p 
va murakkab bilimlar va axborotlarga bog‘liq. Xalq xo‘jaligining barcha sohalari 
bo‘yicha har yil yangiliklar soni birqancha ko‘payadi. Zarur bo‘lgan axborotlarni 
yig‘ish juda murakkab ish. Shuning uchun hozirgi kunda tabiatni bilishga oid 
bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o‘zi foydalanishi katta ahamiyatga 
ega. Hozirgi davrda kashf etilgan yangiliklar bo‘yicha axborotlar saqlash, ishlov 
berish va xodimlarga еtkazish yo‘llari qidirilmoqda, har bir davlatda ilmiy-texnik 
axborotlar bo‘yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan, texnika va 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo‘lib hisoblanadi. 
Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda: ilmiy-texnik 
tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, 


32 
foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar 
bo‘lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona mahsulotini ro‘yxatga 
olinganligi haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo‘lishi kerak. Patent 
axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. 
Patent hujjatlar ilmiy-texnik yutuqlarning oxirgi 100-200 yilligi patent fondlarida 
saqlanadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling