29
bog‘liqliklarni
aniqlash, ixtiro esa oldin ma’lum bo‘lmagan texnik vazifalarni
еchishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dialektik o‘zaro bog‘liqlik bor.
Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlarni rivojlantiradi.
Masalan: N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tounsonlarning kvant jarayonining
qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha
qilgan
kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni
yaratishga sabab bo‘ladi.
Ilmiy-texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda
ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan.
Jumladan, I.I.Kichkin
ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik еchimlarga ijodiy tatbiqi, ilmiy texnika
taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich,
yangi texnika va
texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik
darajasini ta’minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiro qilish"ni
"qo‘yilgan masalani еchish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi,
odatdagi
mantiqiy fikrlash yo‘li bilan еtishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik еchimni
taklif qilish" deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha ixtirochilikni tegishli idoralar
tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik
еchimni ishlab chiqishga
yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning
shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari
bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri. Ixtironi tan
olish uchun u oldingilaridan
texnik еchimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi
yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtiro ob’ektiv bo‘lishi mumkin:
yangi qurilma,
yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo‘llash
va boshqalar.
Ixtiro – umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lib, talabnoma bergunga qadar uning
mohiyati oldin respublikamizda va еr yuzida ham ochilmagan bo‘lishi shart.
Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi.