Цзбекистон республикаси


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan 
bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi 
muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. 
Psixologik lug‘atda intuitsiya - "paydo bo‘lish yo‘llari va shartlari anglanmagan 
holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko‘ra sub’ekt unga 
"bevosita yuzaga" kelgan natija sifatida ega bo‘ladi" deb ta’riflanadi. Ushbu va 
boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo‘luvchi 
asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning 
fikrimizga ko‘ra intuitsiya - bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol 
va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u 
to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi. 
Texnik ijodkorlik faoliyatning bosqichlari. Texnik ijodkorligida yangi 
еchimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni amalga 
oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog‘liq 


12 
holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi. Bu o‘rinda eng katta 
qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatkichlardan abstrakt, 
yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘nikmalarni 
reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib 
ko‘rsatadi. Shu asosda texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash 
faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog‘liq bo‘lgan 4 
ta davrini ajratib oldik (1-shakl). Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv
xususiyatga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, еchimini 
topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi. Izlanuvchining bilim va tajribasi qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, bu jarayon shu qadar kam vaqt davom etib, reproduktiv xarakterga 
ega bo‘lgan ikkinchi davr - muammo еchimini topishga o‘tiladi. Bu davrning 
davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi
qidirilayotgan еchimning izlanuvchi mutaxassisligiga bog‘liq bo‘lib, unda 
qaralayotgan muammoning еchimi bo‘lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil 
qilinadi. Uchinchi - produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va 
tanlangan еchim o‘zaro bog‘lanadi va texnik еchim konsepsiyasi taklif qilinadi. U 
ixtironi amalga oshirishning eng mas’uliyatli davri bo‘lib, uning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi taklif etilayotgan g‘oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga 
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, еchim ijobiy natija bersa, uning amaliyotga 
tatbiq qilinishiga asos yaratiladi yoki aksincha, еchim kutilgan natijani bermasa, u 
inkor qilinadi. To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan еchimni asoslash 
uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik еchimni ishlab 
chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va 
amaliy isbotlab beriladi. 
fikrlash 


13 
produktiv 
reproduktiv
I II III IV davrlar 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling