D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 316.39 Kb.
bet38/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

11.mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari.


Reja:



    1. Til – milliy madaniyat ko‘zgusidir.



  1. Tilning og‘zaki va yozma shakl xususiyatlari.



  1. Rasmiy uslub va uning ahamiyatli jihatlari.


1.Til – milliy madaniyat ko‘zgusidir.
“Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin, so‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlik alomatidir. Agar gapirganda so‘zning qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan...”

Kaykovus.

1.Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy

rivojida ona tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va

madaniyatning ko‘zgusidir. Hadisi shariflarda "Kishining zebu ziynati, go‘zalligi uning

tilidadir" deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o‘z tiliga

buyuk hurmat bilan qaraydi. Zotan, til millat degan birlikning asosi.Ubo‘lmasa, millat

ham bo‘lmaydi. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning quyidagi so‘zlarida ulkan ma’no

bor: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror

jozibasi bilan singadi... Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday

millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Demakki, millatning borligi va birligining bosh

belgisi tildir.

Bosh maqsadi Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi bo‘lmish milliyg‘oyamizning kurashchanligini ta’minlashda ma’naviyat va ma’rifat hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Ona tiliga muhabbat, davlat tiliga ehtirom ana shu omillarni shakllantiradi, ularga kuch beradi. SHuning uchun ham milliy g‘oya targ‘ibida ona tiliga muhabbat"2 tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.

2. Tilning(nutqning) og‘zaki va yozma shakl xususiyatlari.
Ma’lumki, til (nutq) og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Og‘zaki nutq so‘zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg‘ongan hayolan berilgan axborotni ma’lum vaqtga

tinglovchi ongida saqlanishi, uning xulqiga ta’sir etish mumkin.Og‘zaki nutq hususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi: Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan uning libosi bo‘lgan so‘z birgalikda yashin tezlikdatilga kela boshlaydi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi.

Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga havola etiladi. Og‘zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalaragina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan,

2Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Тошкент: Ўзбекистон, 2000, 49-бет.

65
ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog‘liq. SHunga ko‘ra, unda uzundan-uzoq kirish keng izohlar kam uchraydi. Ayniqsa, hodisalarning, narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchilarga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina, avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.
YOzma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutqining qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. SHuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir.

Muammoni aniqlash, tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirishning yo‘llarini “Nima uchun?” sxemasi orqali tushuntirish mumkin. Muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri rivojlanadi Quyidagi mavzularni “Nima uchun?” sxemasi orqali tushuntirish yaxshi samara beradi.

1.Nutqiy(og‘zaki va yozma) jarayonda nutq aniqliligiga erishishning


muammolari



















Download 316.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling