D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi? Kecha akam
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intonatsiya, uning prosodik elementlari
Kecha akam Toshkentdan keldi – qachon keldi?
Kecha akam Toshkentdan keldi – kim keldi? Kecha akam Toshkentdan keldi – qaerdan keldi? Ko‘rinadiki, aktual bo‘linishda, ya’ni kommunikativ maqsadning yuzaga chiqishida jumla tarkibiy qismlarining shu jumla tarkibidagi o‘rnining o‘zgarishigina emas, balki ohangning o‘zgarishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Intonatsiya, uning prosodik elementlari Intonatsiya lisoniy faktor sifatida alohida lingvistik ahamiyatga ega. Chunki aynan u tufayli nutqda o‘z ifodasini topayotgan sintaktik birliklar turli ma’nolarda jilolanadi. Intonatsiya til sistemasida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib, o‘z tarkibiga nutqning barcha supersegment birliklarini qamrab oladi. Bular quyidagilar: 1. Akustik sathda asosiy ovoz chastotasining o‘zgarishiga olib keluvchi tovush paychalari tebranish chastotasining o‘zgarishi. Bu komponent frazada tonning harakatini anglatib, balandlikning o‘zgarishi sifatida qabul qilinadi va melodika deb yuritiladi. 2. Tovushlarning cho‘zilishiga olib keluvchi artikulyatsiya tezligining o‘zgarishi. Bu nutq tempidir. Shu bilan birga, bu komponentni ko‘p holatlarda nutqning davriy birlashmasi (organizatsiyasi) deb ham yuritiladi. 3. Tovush intensivligining o‘zgarishiga olib keluvchi artikulyatsion harakatlar kuchining o‘zgarishi. Bu balandlik. 4. Nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi. Bu pauza sifatida qabul qilinadi. 5. Urg‘uning barcha turlari. 6. Ovoz tembri. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, tilshunoslarning intonatsiyani tashkil etuvchi komponentlar haqidagi qarashlari bir xil emas. Xususan, L.V.Bondarko intonatsiyani tashkil etuvchi komponentlar sifatida melodika, temp, intensivlik va pauzani 1 Гак В.Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис. –М.: Высшая школа, 1981. –с.102. 75 ajratadi 1 . M.I.Matusevich esa melodikani, urg‘uning barcha turlarini, pauzani va ovoz tembrini intonatsiyaning tarkibiy qismlari deb baholaydi 2 . Shu bilan birgalikda, intonatsion komponentlarning nutq jarayonidagi mavqei masalasi ham tortishuvlidir. M.I.Matusevichning fikricha, intonatsiyani tashkil etuvchi komponentlar ichida melodika eng asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. Melodika mazmun (semantika) va sintaksis bilan zich aloqada bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos tarzda uning melodik strukturasini tashkil etadi 3 . L.V.Bondarko ham intonatsiya tarkibida melodika alohida o‘ringa ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jumlaning intonatsion shakllanishida uni tashkil etuvchi turli komponentlarning roli turlichadir. Asosiy og‘irlik melodika zimmasiga, ya’ni asosiy ton chastotasining o‘zgarishiga tushadi. Shu jihatdan jumlaning fonetik xarakteristikasini ifodalovchi intonatsiya teriminining ton tushunchasi bilan bog‘liqligi ham bejiz emas 4 . N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, intonatsiya faqat eshitish orqali ta’riflanadigan bo‘lsa, unda ikki hodisani – ovozning ko‘tarilishi va pasayishini kuzatish mumkin. Bu ko‘zlanayotgan natijaning qashshoqligidan darak beradi. Aslida intonatsiyaning ma’no qirralari boy va rang-barangdir. Intonatsiyani uning asosiy dinamik komponenti (urg‘u) va cho‘ziqligi (pauza) asosida aniqlashning xarakterli tomoni shundaki, bu tayanch nuqtalarning o‘zgarishi jumla mazmunini o‘zgartirishi yoki umuman bema’nolikka olib kelishi mumkin. Masalan, agar Dva dnya yemu kazalis novы (Ikki kun unga yangi tuyuldi) jumlasidagi Ikki kun ni unga yangi tuyuldi komponenti bilan bog‘laydigan bo‘lsak, u holda yangi kunga tegishli bo‘ladi. Aslida esa she’rda boshqa mazmun kuzatiladi: Dva dnya // yemu kazalis novы uedinyonnыe Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling