49
b) [h] va [x] tovushlari o‘rtasidagi indifferent [x’] ga ega bo‘lgan shevalar:
Toshkent va unga yondosh y-lovchi shevalar kiradi. Qozoq tilidagi kabi, ayrim
j-lovchi o‘zbek shevalarida ham [h] fonema sifatida uchramaydi.
Masalan: yl. Hevuz // jl. Hovuz // Tosh. x’evuz
Tosh. x’uker, x’er’sh, jl. hisep, reyhen.
Ayrim so‘zlarda [h] tovushi tushib qolishi mumkin.
Bu hodisa ikkilamchi
cho‘ziq unlilarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
mehnatkash > me:netkesh
shaharga > she:erge
maslahat > mesle:et
[h] assimilyatsiyaga uchrashi mumkin:
mahsi > messi, mahkam > mekkem
Ba’zi so‘zlarning oxirida [h] tushiriladi
goh...goh > ge...ge
gunoh > gune
guvoh > guve
[h>y] almashinuvi barcha shevalar uchun xosdir:
enasi ham > enesiyem
mehribon > miyriben
sizlarga ham > s’legeyem (nam.)
buni ham > mun’yem.
Savollar
1. Korrelyativ belgilarni tushuntiring.
2. Undoshlarning asosiy va qo‘shimcha belgilarini izohlang.
3. Paydo bo‘lish o‘rni va paydo bo‘lish usuli belgisi?
4. Jarangli-jarangsizlik belgisini tushuntiring.
5. Qattiqlik-yumshoqlik belgisini tushuntiring.
6. Cho‘ziqlik-qisqalik belgisi haqida ma’lumot bering.
8. Nazal va nazal emaslik belgisini tushuntiring.
9. Cho‘ziq - qisqalik belgisini izohlang.
Tayanch termin va iboralar
Asosiy belgilar, qo‘shimcha belgilar, lingvistik zidlvnish, lab, lab-tish, til oldi,
til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar, portlovchilik va sirg‘aluvchilik,
ekvipolent zidlanish, markerlangan, cho‘ziqlik - qisqalik belgisi, geminatalar, palatal
va velyar.
Do'stlaringiz bilan baham: