D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch termin va iboralar.
- AKUSTIKA VA ARTIKULYATSIYA
Savollar
1. Fonologik muhim zidlanishlarni izohlang. 2. Privativ zidlanishni aytib bering. 3. Ajratilgan zidlanish deganda qanday zidlanishni tushunasiz? 4. Korrelyativ belgi qaysi zidlanishga asos bo‘ladi? 5. Ekvipolent zidlanishni tushuntiring. 6. Gradual zidlanishga misollar keltiring. 7. Fonologik zidlanishlarning a’zo miqdoriga ko‘ra turlariga misollar keltirib izohlab bering. Tayanch termin va iboralar. Fonologik muhim belgilar, korrelyatia belgi,differensial belgi, farqlash va zidlash tushunchasi, distinktiv funksiya, ma’no farqlovchi va ma’no farqlqmaydigan oppozitsiyalar, gradual oppozitsiya, privativ oppozitsiya, ekvipolent oppozitsiya, ajratilgan oppozitsiya, binar oppozitsiya, tenar oppozitsiya, ko‘p a’zoli oppozitsiya, umumiylik va xususiylik. AKUSTIKA VA ARTIKULYATSIYA Reja: 1. Akustika va fonetika. 2. Akustik hodisalar va tushunchalar. 3. Tovushlar artikulyatsiyasi. Fizikaning akustika bo`limi tilshunoslikning fonetika bo`limi bilan chambarchas aloqadadir. Tovushning eshitilishi haqida biror tushuncha hosil qilish uchun , bir oz bo‘lsa-da, akustikadan xabardor bo‘lish kerak. 54 Akustika fani fizikaning tarkibiy qismi bo`lib, tovushning eshitish xususiyatlarini o`rganadi. Ultra va infrabinafsha tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish organi quloq deb hisoblangan, shuning uchun fizikaning tovushlarni o`rganluvchi sohasi akustika (yunoncha eshitish so`zidan olingan) deb yuritilgan. Tovush to`lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog`liq hodisalarni akustik hodisalar deb yuritiladi. Tovushlarning tarqalish tezligi eksperimental (tajribaviy) metod asosida o`rganlish yo`lga qo`yilishi bilan akustika sohasi taraqqiyotida katta o`zgarish sodir bo`ldi. XVII asrga kelib fizik olimlar havoda tovush to`lqinlarining tezligini o`lchash bilan aloqador dastlabki tajribalarni o`tkazdilar (masalan: to`pdan o`q otilganda yorug`lik chaqnagan payt bilan o`sha tovush yetib kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlashga harakat qilingan). Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 331 m/sekundga tengligi asboblar yordamida aniqlangan. Shuningdek, olimlar suvda tovush tezligi 1500 m/s, po`latda esa 6000 m/s ekanligini o`lchov asboblari yordamida ma'lum bo`lgan. Asosiy akustik tushunchalar qatoriga tovushning balandligi, tovush bosimi, tovush kuchi, tovush tembri, akustik rezonans kabilar kiradi. Inson o`zining eshitishiga qarab har qanday tovushning balandlik darajasini aniqlaydi. Odam quloqidagi pardaga tovush toʻlqinining ta'sir kuchi tovush bosimi deb yuritiladi. Gaz yoki suyuklikdan tovush toʻlqini o`tganda vujudga keladigan qo`shimcha bosim tovush bosimi sanaladi. Odam qulogʻining tovushni sezish bilan bog`liq eng past chegara 10-6 PA tovush bosimiga mos keladi, ya'ni normal atmosfera bosimining 10- 10 qismini tashkil etadi. Agar tovush bosimi yuqori chegaraga yetsa (quloqda og`riq paydo bo`ladi), taxminan 100 PAga teng keladi. Tovush tebranishlari garmonik tovush bo`yilcha yuz beradi, buni odam qulogʻi musiqaviy ton sifatida qabul qiladi. Shuni inobatga olish lozimki, yuqori chastotali tebranishlar yuksak tondagi tebranishlar sifatida, past chastotali tebranishlar esa past tondagi tovushlar sifatida quloqqa yetib boradi. Yuqori va past tebranishdagi tovush tebranishlari oralig`idagi masofa oktava deb yuritiladi. Masalan, birinchi oktavaning "lya" toni 440 gers chastotaga ega bo`lsa, ikkinchi oktavaning "lya" toni 880 gersli chastotaga mos keladi. Garmonik qonunga bo`ysunmaydigan tovush tebranishlari ham bor. Ularni inson tembrga ega bo`lgan murakkab tovush sifatida qabul qiladi. Shuning uchun ham tonning balandligi bir xil bo`lsa ham, g`ijjak va pianino asboblaridan chiqadigan tovushlar tembriga ko`ra farq qiladi. Odam quloqi eshitishi mumkin bo`lgan tovush tebranishlarning chastotasi 20 dan 20000 gersgacha bo`lgan oraliqda ekanligi aniqlangan. 20 gersdan kam chastotali tebranishlar infraqizil tovushlarni, 20 mingdan ko`p chastotali tebranishlar esa ultrabinafsha tovushlarni hosil qiladi. Agar jismning xususiy erkin tebranishlari chastotasi tovush to`lqinining chastotasi bilan kelsa akustik rezonans hodisasi yuzaga keladi. Masalan, puflab chalinadigan cholgʻu asboblarining, jumladan, organning trubalari akustik rezonator vazifasini bajaradi. Fizikaning akustika sohasiga tegishli ma'lumotlar fonetikada, ayniqsa nutq tovushlar tizimini o`qitishda muhim ahamiyat kasb etadi. 55 Nutq tovushlariga fizik yoki akustik aspektda qaralsa, ularda, avvalo, ikki xil belgi ko‘zga tashlanadi: bulardan biri – nutq tovushlarining sifat belgisi, ikkinchisi esa miqdor belgisidir. Nutq tovushlarning sifat belgilari quyidagilardir: 1. Tovushning kuchi yoki intensivligi. 2. Tovushning balandligi. 3. Tovush tembri yoki bo‘yoqdorligi. Tovush to‘lqinining balandligi va kengligi tovush kuchi deyiladi. Boshqacha aytganda, to‘lqinning paydo bo‘lgan o‘rni bilan uning pastga tushgan o‘rni o‘rtasidagi kenglik tovush kuchini ko‘rsatuvchi faktordir. Akustikada tovush to‘lqinining balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (grekcha acustikos, eshitilish demakdir) deyiladi. Odatda amplitudaning ko‘lami qancha katta, keng va baland bo‘lsa, tovush kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tovush kuchi nutqda nutq protsessining holati va urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, so‘zda urg‘u tushgan tovushlar kuchli, urg‘usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo‘lgan tovushlarda ham shovqin har xil bo‘lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog‘liq. Tovushning balandligi qancha yuqori bo‘lsa, uning shovqini shunchalik baland bo‘ladi. Lekin tovushning asosiy xususiyatini (intensivligini) uning kuchi belgilaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko‘ra i tovushi eng kuchli tovush hisoblanadi. A tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovushdir. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling