Diftonglashgan unlilar. So‘z boshida diftonglashgan e, o, ɵ, unlilari
quyidagicha transkripsiya qilinadi:
1) diftonglashishning maksimal darajasi - ye yoki ie; YƟ, uo kabi ifodalanadi,
masalan, qipchoq yeshki, Yɵlsa, YɵttY, Yɵsha // adabiy orfografik. echki, o‘lsa,
o‘tdi, o‘sha;
2) diftonglashishning susayishi (kuchsizlanishi) - (y)e yoki (y)e; (Y)ɵ, (u)o
kabi ifodalanadi, masalan, qipchoq (Y)ɵz, (Y)ɵttүz, (u)ɵt, (i)et // adabiy orfografik.
o‘z, o‘ttiz, o‘t, et.
iy, qy, Yv, uv tipidagi diftongsimon tovush birikmalari ba’zi o‘zbek
shevalarida i, ы, u tovushlarining cho‘ziq varianti (i:, ы:, u:) kabi eshitilsa ham,
ko‘pchilik o‘zbek shevalarida fonetik jihatdan diftong xarakteridagi ayrim tovush
bo‘lmay, balki ikki mustaqil tovushdan iborat bo‘lgan tovushlar birikmasidir.
Masalan, qipchoq, kiydi∞ki:di, oquv∞oqu:, bilYv∞ bilY:.
Undoshlar. Transkripsiyada b, d, z, m, n, p, r, s, t, sh undoshlari o‘z holicha
ishlatiladi. Qolgan belgilar quyidagi maonoda qo‘llanadi:
v - lab-lab v. Lab-tish v undoshi uchrab qolsa, alohida izohlash zarur.
y - ruscha y ga nisbatan siqiqroq talaffuz qilinadigan tovush. Nemis tilidagi j
undoshiga to‘g‘ri keladi.
g‘ - chuqur til orqa, frikativ (sirg‘aluvchi) tovush.
g‘
,
- chuqur til orqa, portlovchi tovush, g‘ fonemasining kombinator varianti.
g - sayoz til orqa, portlovchi tovush.
gґ- g dan ko‘ra sayozroq tovush, yumshoq g.
g
‘
- til orqa sirg‘aluvchi tovush.
j - ruscha j ga mos keladigan tovush.
dj - affrikat (qorishiq) tovush.
q - chuqur til orqa, portlovchi tovush.
Do'stlaringiz bilan baham: |