D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
o‘ - lablangan, indifferent tovush. Tilda ‘
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovushlarning miqdori.
o‘ - lablangan, indifferent tovush. Tilda ‘ kabi [ɵxo]ning konvergensiyasi
(birlashishi) natijasida hosil bo‘lgan ɵ va o o‘rtasidagi bu tovush singarmonizmni yo‘qotgan shahar va shahar tipidagi shevalarda me’yoriy fonema hisoblanadi. Izoh. Berilgan transkripsion belgilar orqali shevalarda uchraydigan barcha tovushlarni ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, Samarqand, Qarshi kabi shevalarda keng tarqalgan a unlisi ayrim pozitsion holatlarda ǝ unlisiga yaqinlashsa, ayrim holatlarda esa a unlisiga moyil talaffuz qilinadi. Samarqand, Qarshi, Xujand shevalaridagi ᴐ unlisi sal lablangan bo‘lib, Toshkent shevasida uchraydigan ᴐ dan o‘zining ochiqligi bilan farqlanadi. Ba’zi bir shevalarda ye va u juda qisqa bo‘lib, ma’lum bir holatlarda ye tovushi eshitilishi jihatidan ‘ ga yaqinlashadi. (Masalan: Samarqand: yeydu, yekk’ //Toshkent, y’:yd’, ‘kk’). Nihoyat, talaffuzda Y va Ɵ fonemalari orqa qator u, o ga yaqinlashishi mumkin, shuningdek, u, o, a fonemalari oldingi qator Y, Ɵ, a ga yaqinlashishi mumkin. Bunday tovushlar ‘, kabi indifferent (oraliq) tovushlar hisoblanadi. Sheva materiallarini yozib olish jarayonida bunday xususiyatlarni maxsus belgilar olib ifodalash, ularni alohida-alohida uqtirib borish zarur. 63 Tovushlarning miqdori. Tovushlarning miqdor (uzunlik, qisqalik) jihatidan o‘zgarishlarini ifodalash uchun quyidagi belgilar olingan: 1. [i],[‘],[],[ы],[Y],[u] - yuqori ko‘tarilish unlilarining sifat jihatidan o‘zgarishi /reduksiyaga uchrashi/. Masalan, Toshkent., Marg‘ilon b[‘]r, b[‘]rᴐv - fizik nuqtai nazaridan br, brovga teng. 2. i,’,,ы,Y,u (kursiv bilan) - kuchsiz va shu bilan birga juda qisqa unli tovushlar. 3. i,’,,ы,Y,u - miqdor jihatdan farqlanmaydigan, tabiatiga ko‘ra qisqa unli tovushlar. 4. i;’;;ы;Y;u . (belgidan keyin bir nuqta) - ayrim pozitsion holatlarda hosil bo‘ladigan sal cho‘ziq unlilar. 5. i:,’:,:,ы:,Y:,u:,o:,ǝ: (belgidan keyin ikki nuqta) - ba’zi bir shevalarda uchraydigan (masalan, Qorabuloq: a:t, o:t, q’:z kabi) birinchi darajali (birlamchi) cho‘ziqlikni ifodalovchi yoki ko‘pchilik o‘zbek shevalarida uchraydigan (masalan, shǝ:r//shǝ:ǝr//adbiy orfograf. shahar kabi) biror tovush hisobiga bo‘ladigan ikkinchi darajali (ikkilamchi) cho‘ziqlikni ifodalovchi odatdagi uzun unli tovushlar. 6. i::,’::,::,ы::,Y::,u::, (belgidan keyin bir necha ikki nuqta) - fonetik o‘ta cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik). Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling