D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

bordingiz; tong, ming, teng kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash 
uchun yoziladi. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, 
uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni 
ifodalash uchun yoziladi. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik, ish, pishiq; 


68 
bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun 
yoziladi. 
Orfografik belgilar hech qanday tovushni bildirmaydi, bular ma’lum orfografik 
vazifalarnigina bajaradi. Kirill yozuvida orfografik belgilarni ‘, belgilari tashkil qilsa, 
lotin yoviga asoslangan o‘zbek yozuvida orfografik belgiga tutuq (‘) belgisi kiradi. 
Tutuq belgisi ikki vazifani bajaradi. Birinchisi, a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, 
ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la kabi 
o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning choziqroq aytilishini ifodalash 
uchun qo‘yiladi; mo‘’jiza, mo‘’tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ unlisi choziqroq 
aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Ikkinchisi, in’om, sa’nat, qat’iy, mas’ul kabi 
o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib 
aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi. 
Tutuq belgisi bu asosiy ikki vazifadan tashqari yana c va h harflari ikki 
tovushni ifodalaganda ularni farqlash uchun ular orasiga qo‘yiladi: Is'hoq, as'hob 
kabi. 
Shunday qilib, nutq tovushlarining hosil qilinishi akustik va fiziologik 
jarayonning ishtiroki natijasida yuzaga keluvchi murakkab hodisadir. Nutq 
protsessida nutq tovushlarining sotsial qimmati (ma’no farqlovchi qimmati) hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Savollar
1.Qanday organlarga nutq organlari deyiladi? 
2.Faol nutq organlarini aytib bering. 
3.Nofaol nutq organlari qaysilar? 
4. Nutq apparati qanday ishlaydi? 
5. Artikulyatsion baza nima? 
6. Grafema va harfiy birikmalarni izohlang. 
7. Qanday orfografik belgilarni bilasiz? 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling