D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Savollar 
1. Urg‘ular tizimi haqida nimani bilasiz? 
2. Urg‘uli bo‘g‘inning boshqa bo‘g‘inlardan farqi nimada? 
3. O‘zbek tilida urg‘uning dinamik xususiyatini izohlang.
4. Umumiy qoidaga mos kelmaydigan holatlar qaysilar? 
5. Urg‘u ma’no farqlashga xizmat qiladimi? 
6. Bosh urg‘u va ikkinchi darajali urg‘uni farqlab bering. 
8. Takroriy so‘zlarda, ko‘makchili birikmalarda urg‘uning o‘rni haqida 
so‘zlang. 
9. Ton, melodika, temp, intensivlik, pauza tushunchalarini izohlang. 
10. Qanday intonatsiya turlarini bilasiz? 
Tayanch termin va iboralar 
 
Aksentuatsiya, intonatsiya, prosodik elementlar, melodika, nutq tempi, nutq 
balandligi, pauza, tembr, urg‘u, konstitutiv, distinktiv, delimitativ, rekognitiv, 
ekspirator urg‘u, kvantitativ urg‘u, muzikal urg‘u, dinamik urg‘u, sifat, kuch, miqdor, 
ajratuvchi urg’u, pauza, supersegment birlik, akustik sath, organizatsiya, fonatsiya, 
tembr, temp, intensivlik. 
 
1
Аҳмедов А. Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлари. –Тошкент: Фан, 1979. 32-бет.
2
Жинкин Н.И. Взаимоотношение компонентов интонации в речи и в музыке. – Сб. Проблемы структурной лингвистики. –
М.: Наука, 1984. –с. 137-148.


82 
FONETIK O‘ZGARISHLAR 
 
Reja: 
1. 
So‘z va morfemalar ichida fonemalarning sintagmatik munosabati.
2. 
Unlilar reduksiyas 
3. 
O‘zbek tilida assimilyativ o‘zgarishlar; 
4. 
Metateza. 
5. 
Fonetik moslashtirish. 
6. 
Eliziya, sinerezis va aferezis. 
7. 
Asimiliyatsiya va dissimilyatsiya. 
8. 
Fuziya. 
9. 
Akkomodatsiya va apokopa. 
Fonema so‘z va morfemalar ichida yashaydi. Demak, fonemalar so‘z va 
morfemalarning ichida diskret element sifatida o‘zaro sintagmatik munosabatda 
bo‘ladi. Har bir tilda so‘z va morfemalarning ma’lum fonetik struktura tiplari mavjud. 
Ammo bu masala shu vaqtga qadar tilshunoslikda yetarli o‘rganilmadi. Shu bilan 
birga, ma’lum so‘z bir necha morfemalardan tashkil topishi va ma’lum morfema turli 
morfemik qurshovda turlicha allomorflar sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, 
qizil+ar-qizar (il-Sh), sarig‘+ay-sarg‘ay (i- Sh), bilak+i-bilagi (k-g) kabi so‘zlarda 
qizil-qiz, sarig‘-sarg‘, bilak-bilag morflari bir morfemaning ma’lum pozitsiyaga 
xoslangan turli variantlaridir. Bu o‘rinda fonema almashinuvlari hech qanday 
fonologik funksiya bajarmaydi. 
Tovush almashinuvi uzoq vaqtlardan buyon lingvistlar tomonidan o‘rganilib 
kelinadi. Qiyosiy tilshunoslik o‘zining dastlabki taraqqiyot bosqichidayoq tovush 
almashinuviga katta e’tibor berdi. Ayniqsa, german tillari tadqiqotchilari bu masalani 
alohida o‘rganadilar, chunki tovush almashinuvi german tillari morfologiyasida 
asosiy o‘rin egallar edi. 
Yaqin yillargacha hind-evropa tillarida unlilar almashinuvi (ablaut) fonetik 
hodisa hisoblanib kelindi. Bunday qarash, ayniqsa, yosh grammatikachilar maktabiga 
xosdir. Ablautga fonetik hodisa sifatida qarash hozir ham ayrim tilshunoslar 
asarlarida ucrab turadi. 
Tilshunoslik tarixida tovush almashinuvi nazariyasining ishlanishida 
I.A.Boduen de Kurtene va N.V.Krushevskiylar alohida o‘rin egallaydi. Ular 
tilshunoslik tarixida birinchi bo‘lib tovush o‘zgarishlari va almashinuvlarini bir-
biridan farqlab o‘rganadilar. I.A.Boduen de Kurtene tildagi barcha tovush 
almashinuvlarini ikki kategoriyaga bo‘ladi: 
1) 
kombinator xoslangan alternatsiyalar; 
2) 
traditsiyaga asoslangan alternatsiyalar. 
U birinchi tipdagi alternatsiyalarni fonetikaga, ikkinchi tipdagilarni esa 
morfologiyaga kiritish lozimligini tavsiya qiladi. 
Tovush o‘zgarishlarini, avvalo, unlilar o‘zgarishi va undoshlar o‘zgarishiga 
ajratish maqsadga muvofiqdir. Unlilar o‘zgarishiga unlilar reduksiyasi, unlilarning 
cho‘zilishi, unlilar labializatsiyasi, unlilar delabializatsiyasi singari hodisalar 
mansubdir. 


83 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling