D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
polya / proxlada sumrachnoy dubravы / jurchane tixogo ruchya. Bundan ko‘rinadiki,
kun yangi emas, balki dalalar, salqinlik va shivirlash yangi edi. Agar ushbu jumlani tashkil etgan turli komponentlarni, xususan, ikki kun ni pauza yordamida ajratib kun ni unga bilan bog‘lasak, bunday holatda be’manolik yuzaga keladi Rus intonatsiyasining o‘ziga xos jihatlarini yoritar ekan, M.I.Matusevich melodika sub’ektiv, erkin bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashicha, melodika har bir tilning grammatik strukturasiga mos bo‘lishi lozim; so‘zlovchida (tinglovchida ham) o‘z tili melodikasining muayyan modellari mavjud bo‘ladi. Bularni bilmasdan turib so‘zlovchilar bir-birlarini, ayniqsa, bildirilayotgan jumlalarning nozik qirralarini tushunmasligi mumkin. Melodikaning sub’ektivligi haqida esa faqat uning cheklangan miqdorda variantlanishi mumkinligini e’tiborga olgan holatlardagina gapirish mumkin. Masalan, bir matnning turli xil intonatsion interpretatsiyasi mavjud. Shunda ham so‘zlovchi tilda mavjud bo‘lgan intonatsion modellardan ularning semantik-sintaktik strukturasiga mos ravishda foydalanadi. Buni sintaktik strukturasi bir xil, lekin intonatsiya yordamida farq qiluvchi darak va so‘roq gaplar misolida ko‘rish mumkin 5 . 1 Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. – Санкт-Петербург: Изд. С.-Петербургского университета, 1991. –с.118. 2 Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242. 3 Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242. 4 Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. Санкт-Петербург: Изд. С.-Петербургского университета, 1991. –с.118. 5 Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242. 76 Ye.Brizgunova ham rus tilida intonatsiyaning xususiyatlarini o‘rganar ekan, uning ma’no farqlash imkoniyatlarini gap leksik-grammatik sostavining kommunikatsiya jarayonida turli ma’nolarda qo‘llanilishi mumkinligi bilan bog‘laydi va buni quyidagi holatlarda yuzaga keladigan gaplar misolida izohlashga harakat qiladi. Siz ekskursiyaga ketyapsiz. Ekskursiya rahbari sizga chiptalarni tarqatyapti: Vash bilet…Vash bilet…(Sizning chiptangiz... Sizning chiptangiz...)( IK – 1). Siz chiptani tushirib qo‘ydingiz. Uni olgan kishi sizdan so‘raydi: Vash bilet? (IK – 3) (Sizning chiptangiz? (Chipta siznikimi?)). Tekshiruvchi har bir kishining chiptasini tekshirayotib so‘raydi: (A) Vash bilet? (IK – 4). (Bu -chi yuklamasi yordamida beriladigan savolning qisqartirilgan shakli: Sizning chiptangiz? (Sizning chiptangiz- chi?)) 1 . Uning fikricha, gaplarning ma’nolari o‘rtasidagi farq shu gaplarning leksik- grammatik tuzlishi va ohangi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga chiqadi. Masalan, Bugun havo sovuq! Bugun havo sovuq? Qanday ovoz! Qanday ovoz? kabi gaplarda o‘zaro ta’sir bir leksik-grammatik sostavga (tuzilishga) turli intonatsion konstruksiyalarning yuklanishi bilan ifodalanadi. Muallif kommunikatsiya jarayonida turli ma’nolarda birdan ortiq usulda qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lgan leksik- grammatik tuzilishlarni ko‘p ma’noli deb baholab, ularga aloqa-aralashuvda bir qo‘llanishli leksik-grammatik tuzilishlarni zidlaydi. Bunda ko‘p ma’nolilik gaplarni so‘roq, xabar, baho kabi turlarga ajratishga sabab bo‘luvchi farqlovchi belgilarning mo‘’tadillashuvi natijasida yuzaga chiqadi 2 . Masalan, baho ifodalovchi Qanday yoqimli ovoz! gapidagi farqlovchi belgi yoqimli so‘zidir. Gap leksik-grammatik sostavidan baho ifodalovchi ko‘rsatkichning (yoqimli so‘zining) tushirilishi gap mazmunining o‘zgarishiga olib keladi. Uning mazmuni kommunikatsiya jarayonida ohang yordamida konkretlashtiriladi. E.A.Brizgunova 7 xil intonatsion konstruksiyalarni (IK) va ma’nolari shu IKlar yordamida konkretlashuvchi gaplarning quyidagi turlarini ajratadi: 1. IK – 1 (darak gap) Qanday ovoz sihibi 2. IK – 2 (neytral so‘roq) Qanday ovoz sihibi? 3. IK – 3 (savolning qaytarilishi) Qanday ovoz sihibi? 4. IK – 4 (savol-eslatma) Qanday ovoz sihibi? 5. IK – 4a (baho gap: yengil hayrat) Qanday ovoz sihibi! 6. IK – 5 (baho gap: chuqur hayrat yoki g‘azab) Qanday ovoz sihibi! 7. IK – 5a (baho gap: negativ baho, bepisandlik) Qanday ovoz sihibi! Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling