D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Elektron darsliklarning asosiy xususiyatlari


Download 3.31 Mb.
bet32/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Elektron darsliklarning asosiy xususiyatlari:

  • predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga ega bo’lishi;

  • o’quv predmetning tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio va videoizohlarga asosiy mavzularni mos kelishi;

  • matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikni asosiy bo’limlari bo’yicha o’qituvchilarning o’quv materialini video yoki audioyozuvli bayonlarini bo’lishi;

  • rasm, model va chizmalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo’lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilganligi;

  • ko’p oynalik interfeysni qo’llanilishi;

  • matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan gipermatn tizimini mavjudligi;

  • matn bilan tushuntirish qiyin bo’lgan predmetning boblari qo’shimcha videoaxborot va animatsiyalik kliplar bilan ta’minlanishi;

  • audioaxborotlar musiqa bilan olib borilishi;

  • o’quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo’lgan masala va mashqlar hamda ularning javoblarini berilishi;

  • asosiy tushuncha va modullarning izohli lug’atini mavjudligi va har bir bo’limdan so’ng o’quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi bilan an’anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.

Elektron darslik o’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning omillari qo’yidagilardir:

  • bir maqsadga yo’naltirilganligini ko’tarish;

  • o’quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish;

  • o’quvchilarning o’quv-bilish harakatini faollashtirish;

  • o’quvchilarning o’quv amaliy darajasini tezlashtirishlardan iborat.

Shuni ta’kidlash kerakki, elektron darslik ishlab chiqish uchun etarlicha katta mablag’ ishlatiladi. Lekin sekin-asta uning narxi kamayib boradi. Masalan, 1 soatli elektron kurs uchun mutaxassisning 50-500 soatgacha vaqti sarflanadi. Masalan, Dj.Moris 1984 yili 1 soatlik kursga 10.000 $ ishlatgan bo’lsa, A.Bork 1985 yili 3-5 mln. dollar (6 semestrli oliy matematika kursi) 3-5 marta kam mablag’ sarflagan.
Ayni paytda yangi axborot texnologiyalari sohasida gipermatn tizimlarini qo’llash keng quloch yoymoqda. Bunday texnologiyalar asosida an’anaviy o’quv matnini yanada takomillashtirilgan o’quv materiali asosida kengaytirish va chuqurlashtirish, hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan almashtirish g’oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib berilgan matn lavhalari orasida o’zaro bog’lanish tugunlari barpo etiladi.
Mutaxassislarning ta’rifiga ko’ra, gipermatn inson intellektining katta hajmdagi axborotni esda saqlash qobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo’li bilan qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) qiladi. Boshqacha aytganda, gipermatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv materiallari tizimi bÿlib, ko’plab statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan tarmoq strukturasiga ega bo’ladi. Bunda axborot lavhalari rolini matn, grafik, chizma, videolavha, ijrochi dastur va animatsiya (xarakatli jarayon)lar o’ynaydi.
Matnlar esa o’z navbatida yanada kichik matnlardan tashkil topib, ular «matryoshka» («qo’g’irchoq ichida qo’g’irchoq») qo’g’irchog’i kabi ko’p marta ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o’tish (chiqarish), R ning tarkibiga kiruvchi ma’lum munosabat orqali amalga oshiriladi. Matnlar orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va videolavhalar, matn va ijrochi dastur hamda matn va animatsion samaralar orasida ham bog’lanishlar mavjud bo’lishi shart hisoblanadi.
Bu bog’lanishlar ham R nisbatlar to’plamida keltirilgan nisbatlar ko’rinishida berilgan bo’ladi. Biz gipermatnlarni graflar-daraxti ko’rinishida tasvirlashimiz mumkin, bunda matnlarning lavhalari, grafik tasvirlar, videolavhalar, ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (grafa tugunlari) ko’rinishida, ular asosidagi munosabatlar esa mos doirachalarni tutashtiruvchi yoylar shaklida ifodalanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, gipermatnlardan foydalanishning samaradorligi ko’p jihatdan bog’lanishi mumkin bo’lgan axborotlarning metodik nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganda, R nisbatlar to’plami har bir elementga xos bÿlgan aniq vazifalarning muayyanlashtirilishi, ularning optimallik darajalari bilan xarakterlanadi.
Matnlar lavhalarida izoh talab etuvchi so’zlar («kalit» so’zlar), tushunchalar, matnning boshqa parchalar, jumladan videolavhalar bilan bog’langanligini ko’rsatish maqsadida, alohida rang bilan ajratilgan (yoxud, tagiga chizilgan) holda berilishi mumkin.
Matnlardan foydalanuvchi tomonidan u yoki bu bog’lanishning tanlanishi, uni «kalit» so’zlarga bog’langan axborot lavhaiga chiqishi uchun imkon beradi. Shunday qilib, gipermatn tizimidan foydalanuvchilar grafa tugunlari bo’ylab «sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos axborot bo’lagini, yoylaridan esa foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin. Foydalanuvchining axborot lavhalari bo’ylab bunday «sayohati» navigatsiya deyiladi. Gipermatn tizimi, kitobni varaqlagan kabi yoxud, kitobning mundarijasi bo’yicha (boblar, paragraflar va betlarni) ierarxik kuzatish kabi, matnlarni ketma-ket qarab chiqish, shuningdek, oldindan ma’lum bog’lanish «yo’llari» bo’yicha ixtiyoriy yo’nalishda navigatsiya qilish imkonlarini beradi.
Xulosa qilib aytganda, navigatsiya, ma’lumotlar bazasi mazmunini tadqiq qilish yoki zaruriy axborotni qidirish maqsadida foydalanuvchining, oldindan berilgan munosabatlar to’plami – R bilan aniqlangan tugunlarning biridan ikkinchisiga o’tish harakati jarayonini xarakterlaydi.
Bunday murakkab shaxobchali tuzilma, navigatsiya bilan bog’liq ayrim muammolarni vujudga keltirishi tabiiy: Xususan gipermatnli hujjatni o’qish uchun har bir tugundagi matn yoxud boshqa axborot lavhalarining mazmunini bilishning o’zi etarli bo’lmay, yo’ldan adashmagan va chalkashmagan holda, mazkur hujjat bo’ylab to’g’ri navigatsiya qilish lozim bo’ladi.
O’quv qo’llanma yoki darslik uchun mo’ljallangan elektron kitoblarni yaratish uchun gipermatn tizimlarini qo’llashning alohida xususiyatlari mavjud. Bular ichida eng muhimi foydalanuvchi (elektron kitob o’quvchisi) elektron qo’llanmada keltirilgan asosiy o’quv materialning mazmunidan uzoqlashmasligi lozim, ya’ni, u faqat gipermatn tizimi bo’ylab navigatsiya qilmog’i kerak. Bu esa o’z navbatida, navigatsiya jarayonida matnning asosiy lavhai uchun bog’lanishlar sonini, ma’lum darajada chegaralashni taqozo qiladi.
Uslubiy adabiyotlarda keltirilgan tavsiyalar, o’qish uchun mo’ljallangan elektron kitoblarni (EKUN – Elektronnie knigi uchebnogo naznacheniya) quyidagicha tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Buning uchun, dastlab EKUNning i ta bobi (i q1,2,3,...,k ) uchun T1,T2,T3,...,Tk boblari, Ti1,Ti2,Ti3,...,Tik paragraflari, P(P1,P2,P3,...,Pk ) predmet ko’rsatkichlari va mazkur EKUNga taalluqli bo’lmagan, biroq boshqa manbalardan, uning ushbu bobini o’qish paytigacha ma’lum bo’lgan tushuncha, qonuniyat va boshqa shu kabi axborotlarni o’zida aks etgan ma’lumotlar mazmunini yaratish zarur bo’ladi [21, 46].
Bunday elektron qo’llanma mazmunining ketma-ket joylashish tartibi taxminan shunday belgilanadi:
T1 < nomi >
T1,1 < nomi >
T1,2 < nomi >
Tk < nomi >
T1,k < nomi >
T2,k < nomi >
Tk,k < nomi )
T0 < so’zlar xazinasi (slovnik) >
T0,1, T0,2,...,T0,k
P < predmet ko’rsatgich >
P1, P2,...,Pz
Bunda ixtiyoriy Ti,ki (iq1,2,3,...,k) paragrafdan barcha boshqa paragraflar, shuningdek so’zlar xazinasiga (T0,1,T0,2,...,T0,k) chiqish (ma’lumotlarni chiqarish) mazkur dastur asosida amalga oshiriladi.
Uslubiyot nuqtai-nazaridan, ma’lum paragrafdan keyingilariga chiqish, undan oldingi paragraflarga chiqishdan farqli o’laroq, alohida bog’lanishlar bilan berilgani ma’qul bo’ladi. Bu birinchi marta EKUNdan foydalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratadi.
Gipermatn hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu instrumental vositalardan foydalaniladi Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word va boshqalar.
Strategik illyustratsion o’quv materiallarini (turli manzaralar) yaratishda, rastorli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ularga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator va boshqalar kiradi.
Dinamik illyustratsion o’quv materiallari roliklarini yaratishda esa, ularni tuzish uchun maxsus muharrirlar va quyidagi Web-animatsiyalardan foydalaniladi Disreet 3D Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d, Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier va boshqalar [29].
Tovush bilan kechadigan yozuvlar va tovushni tahrir qilish SonicFoundry SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish zarurati tug’ilganda, Microsoft Excel kabi ma’lumotlar bazasi yordamga chaqiriladi. Elektron darslik yoxud o’quv qo’llanma uchun illyustrativ materiallarni yaratishda, shuningdek, skanerlar, videozaxvat (biror bir animatsion jarayondan zaruriy lavhani ushlash) va montaj platalari, tovush platalari kabi apparatli vositalardan foydalaniladi.
Matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida elektron darsliklarni yaratishda, o’quvchida undan qisman foydalana olmaslik bilan bog’liq muammolar tug’ilishi ham tabiiy. Gap shundaki, foydalanuvchi darslikni yaratish dasturiga ega bo’lishi zarur bo’ladi. Shuningdek, darslikni dunyo Internet tarmog’iga joylashtirish bilan bog’liq muammo ham tug’iladi.
HTML gipermatn hujjatlaridan foydalanishda bunday muammolar tug’ilmaydi, chunki HTML-Internet tizimining gipermatnli tili hisoblanadi va HTML hujjatlarini o’qish dasturi Microsoft Windows ning operatsiya tizimi tarkibiga kiradi. Shuni ta’kidlash joizki, bunda elektron darslikning imkoniyatlari va mukammalligi faqat dasturchining qobiliyat darajasi bilan chegaralanadi.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling