D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Bromcom kompaniyasining «Elektron maktabi» (e-School)


Download 3.31 Mb.
bet40/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

1. Bromcom kompaniyasining «Elektron maktabi» (e-School). Bu tarmoqli tizim xalq ta’limi hodimlari uchun mo’ljallangan bo’lib, u o’quv yurtini avtomatlashtiradi. Tizim o’qituvchi va xalq ta’limi xodimlarining ishlarini engillashtiradi, o’quvchilarning davomati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi, baholar elektron jurnali olib boradi, ushbu maktab, kollej yoki litseyda o’rganilayotgan predmet ro’yxatiga ega, E-mailni foydalanish va Internetda maktab, sinf sahifasini olib borishga imkoniyat beradi. Tizimdagi ma’lumotlarga parol orqali kiriladi.
Tizim nafaqat ma’lumotlarni to’plash va saqlashni, balki bu ma’lumotlarni qayta ishlashga imkoniyat beradi.
Tizim dars jadvali tuzish, elektron yozuv daftarchasi, ovozli axborot uzatish tizimi kabi dasturlarga ega.
2. Granada Learning dasturiy majmuamaktabni boshqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan bo’lib, u davlat ichida ham, undan tashqarida ham foydalanish uchun multimedialik ta’lim dasturiy ta’minotga ega. Granada Learning katalogida 800 dan ortiq dasturiy mahsulot va dasturiy apparatli uskunalar ko’rsatilgan.
3. SIMS.net  Capita Education dasturiy majmuaBu maktablarni boshqarish (SIMS — Schools Information Management System) tizimidir.
Capita kompaniyasi ta’lim sohasidagi dasturiy ta’minotni loyihalash bilan shug’ullanadi, dasturiy ta’minot va axborot hamda boshqaruv xizmatlarini taqdim etadi. Capita kompaniyasida ishlab chiqilgan dasturlar quyidagilardir: SIMS maktab uchun boshqaruvchi axborot tizim; EMS —munitsi­pal muassasalar uchun boshqaruvchi axborot tizim; UNITe — oliy ta’lim muassasalri uchun boshqaruvchi axborot tizim va SIMS, net Learning Platform — ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda o’qish imkoniyatini taqdim etadigan elektron o’rgatuvchi muhit. Bu tizim Buyuk Britaniyaning 80 % maktablarida qo’llaniladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling