D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet41/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Sims, net Learning Platform dasturi:
• amallarni avtomatlashtirish hisobiga o’qituvchilar va boshqaruvchilar qiladigan ishlarni hajmini kamaytiradi;
• o’quvchi, o’qituvchi va ota-onalar orsidagi axborotli o’zaro ta’sirni tashkil etish; parollar qo’llanish hisobiga ma’lumotlar omboriga kirishni chegaralydi;
• o’quvchilarni darsga qatnashishi, hulqi va o’zlashtirishini doimiy nazorat qilish yo’li bilan o’quv jarayonini takomillashtirish;
• maktabning moliyaviy ishlarini samarali boshqarish;
• dars jadvali va o’quv rejalarini tuzish jarayonini soddalashtirish;
• yangi o’quvchilarni qabul qilishni soddalashtirish;
• alohida o’quvchilarga yordam uyushtirish;
• monitoring o’tkazish, e-portfolio yuritish, ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonini avtomatlashtirish hisobiga o’qitish darajasini ko’tarishga imkoniyat beradi.
4. Pearson Phoenix (Phoenix First limited) ta’lim xizmati. Dasturiy ta’minotni taqdim etadigan 1990 yili asoslangan kompaniyaning  bu dasturi boshqarish axborot tizimi (BAT) va Buyuk Britaniyadagi maktablarga hamda mahalliy xalq ta’limi organlarini moliyalashtirishga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaning va boshqa qator davlatlarning qariyib 5 000 ga yaqin maktablari Pearson Phoenix kompaniyasining tizimidan foydalanilmoqdalar.
Pearson Phoenix kompaniyasi dars jadvalini tuzish, akademik va kasbiy test sinovlarini o’tkazish va elektron o’qitish muhitini ta’lim dasturlari bilan to’latishni avtomatlashtirish imkoniyatini beradigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqmoqda.
Uning asosiy dasturiy paketlarini sanab chiqaylik:
•  «Gold» moduli - boshqruv ishini hal qiluvchi maktab uchun boshqariluvchi axborot tizimidir. Modul maktab o’qituvchi va rahbarlariga o’quvchilarning davomati ma’lumotlar omborini olib borish, elektron jurnal olib borish, imtihon o’tkazish jurnali va ko’pgina boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi;
• E' ta’lim platformasi moduli - o’qitishning yangi imkoniyatlarini ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda taqdim etadigan elektron o’qitish muhitidan iborat. Ushbu platforma tartibida ishlash imkoniyatini beradi va hozirgi kunlarda butun dunyoda 100 mln. kishini o’qitadi. E1 ta’lim platformasi - o’quv jarayonini boshqarishning qulay va oson tizimi bo’lib, boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlarining tashkiliy, boshqaruv va funktsional imkoniyatlari bilan o’qitish jarayonini boshqarishga mo’ljallangan uskunalarni birlashtiradi;
•  MarklTPRO moduli - ma’lumot, baholar va izohlarni Baholar menejeri ga kiritish uchun qulay muhitni ta’minlaydigan o’qituvchilar uchun maxsus muhit;
•  «Central» moduli - maktab va ma’lumotlar markaziy ombori o’rtasida ma’lumotlarni ikki tomonlama uzatishni ta’minlovchi, maktabda har bir o’quvchini ishi haqidagi ma’lumotlarni boshqaruvchi va tahlil qiluvchi, maktab va mahalliy xalq ta’limi organlarini birgalikdagi ishini ta’minlovchi moduldir;
•  «AssessIT» moduli - o’quvchilarning egallagan muvaffaqiyatlarini rag’batlantirishga mo’ljallangan intellektual dasturiy mahsulot;
•  PfS moduli – maktabning barcha moliyaviy ishlarini amalgan oshirishga mo’ljallangan moduldir.
Pearson Phoenix dasturlar paketidan foydalanib, o’quv yurtini boshqarishni avtomatlashtirish nafaqat xalq ta’limini boshqarish organlariga, balki o’qituvchilarga, o’quvchilarga va ularning ota-onalariga ham yordam beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bunday tizimlar hamda o’zimizda yaratilayotgan milliy avtomatlashtirlgan tizimlarni respublikamiz ta’lim muassasalarida qo’llanish doirasini kengaytirish, sekin-asta o’z navbatida respublika ta’lim muassasalarini boshqarishning yagona axborot tizimini yaratishga olib keladigan maktab va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining va bu orqali, keyin hududning axborot-ta’lim fazosini to’latish imkoniyatini beradi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling