D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish
Tekshirish uchun savollar:
1. AKT xonasi va unga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat? 2. AKT xonasi jihozlari nimalardan tashkil topgan? 3. AKT xonasida kompyuterlarni joylashtirish tartibi? 4. AKT xonasida ta’lim oluvchilarning uzluksiz ishlash vaqtiga qo’yiladigan talablar. 5. AKT xonasi kompyuterlarining dasturiy ta’minoti tarkibiga qo’yiladigan talablar. 3.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish Oxirgi o’n yilda informatikaning fan va iijtimoiy taraqqiyotning haqiqiy qurolli sifatida rivojlanishi o’quvchilarning intellektual takomillashishiga yo’naaltirilgan istiqboldagi pedagogik texnologiyalarni shakllanishini belgilovchi, axborotni qayta ishlashning yangi vostalarini yaratilishi bilan xarakterlanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayonida qo’llashning istiqbolli yo’nalishlari quyidagilardir. 1. Ekspertli o’qitish tizimlari (EO’T) ni foydalanish istiqbollari xususiy uslubiyotga keng imkoniyatlar ochib beradi. EO’T larni ishlab chiqish va foydalanish g’oyasi ekspert tizimlar-etarlicha tor doiradagi predmet sohasining bilimlarini foydalanuvchi sun’iy intellektning imkoniyatlaarini joriy etishga asoslanadi [Nilson N. Printsipo’ iskusstvennogo intellekta? Realnosti i prognozo’ iskusstvennogo intellekta, Uinston P. Iskusstvenno’y intellekt, Xeyes-Rot F., Uotermen D., Lenat D Postroenie ekspertno’x, Ekspertno’e sistemo’: Printsipo’ raboto’ i primero’]. Shartli ravishda ekspert tizimlar ikkki guruhga ajratiladi: birinchisida ehtimollik fikrlarga asoslangan mulohazalardan foydalanilsa, ikinchisida, bunday mulohazalar foydalanilmaydi. EO’T joriy etiladigan o’qitish vazifalariga mos ravishda, mulohazalar qat’iy mantiqqa asoslangan ekspert tizimlarining ikkinchi guruhini foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda EO’T o’quvchining so’roviga javobni va aniq predmet sohasidan echimni ta’minlashi lozim. Bilimlarni taqdim etish vositasi o’quvchining talabiga ko’ra o’quv masalani echish mobaynida unga tushunarli ko’rinishda EO’T foydalanuvchi va tizim orasida muloqot tashkil etadi. EO’T quyidagi uchta tizimosti yig’indisi sifatida shakllanadi: - umumiy tizimosti (kiritish mashinasi Q bilimlar chiqarish moduli); - tushunitiri tizimosti (interfeys); - bilimlarni to’rlash tizimosti (bilimlar ombori). EO’T quyidagilarni ta’minlash imkoniyatiga ega: - echish jarayonini muloqotli qo’llab-quvvatlagan holda o’rganilayotgan predmet sohasidagi masalani echish strategiya va taktikasini tushuntirish; - o’qitish natijalariga ko’ra xatolarni diagnostika qilish va nazoratning ishonchliligini baholash bilan bilim, ko’nikma va malaka darajasini nazorat qilish; - umuman tizimni o’zini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish. O’quvchilarni mustaqil ishlashga yo’naltirgan holda, EO’T o’quvchilarning bilish faoliyat jarayonini rivojlantirishga undaydi, mustaqil faoliyatning, o’zini-o’zi nazorat qilish va o’zini-o’zi kamchiliklarini to’g’rilashlarning turli-tumanligi hisobiga o’qitishni motivatsiyasini ko’taradi. 2. Bilimlarni taqdim etishning samarali vositasi sifatida ba’zi predmet sohasiga mo’ljallangan o’quv ma’lumotlar ombori (O’MO) xizmat qilishi mumkin. O’MO ning imkoniyatlari: - ma’lumotlar to’plamini (aniq belgilari bo’yicha) shakllantirish, ya’ni ma’lumotlarni, axborotni, shu jumladan belgilarning kon’yuktsiya va (yoki) diz’yunktsiyasi bo’yicha tanlangan faktografik axborotlarni yaratish, saqlash va foydalanish; - mavjud ma’lumotlar to’plamini qayta ilash, axborotni berilgan belgilari bo’yicha izlashni (tanlash, saralash) tahlilini va modefikatsiyasini tashkil etish; - obrazlar muharririni va matn muharririni, echim natijalarini nazorat qilishni, ishlash vaqtini qo’llash imkoniyatini beradigan xizmat texnologiyasining modulini foydalanishdan iborat. O’quv jarayonida O’MO ning foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etib, O’MO ning konservativ hossalari dinamik hossalaridan ustunligini ta’kidlash lozim. Bu axborotni deklorativ taqdim etish protsederali taqdim etishdan o’tib ketishga olib keladi (universal protseduralarning katta bo’lmagan to’plami yordamida manupulyatsiya qilish mumkin bo’lgan axborotning asosiy qismi dalillarning statistik to’plami ko’rinishda taqdim etilishi axborotni deklorativ taqdim etish deb tushuniladi ). Yuqorida bayon qilingan imkoniyatlarni yakunlagan holda, O’MO ni axborotni qayta ishlash bo’yicha mustaqil ishlash mobaynida (masalan, aniq belgilari bo’yicha zarur axborotni izlash, uni tahlil etish, O’MO ni yangi mazmun bilan to’latishda axborotni modifikatsiyasi jarayonlarida) foydalanishga tavsiya etish mumkin. 3. Ba’zi predmet sohasiga mo’ljallangan bilimlarning o’quv ombori (BO’O) imkoniyatlari, o’zi ta’lim olish g’oyasini o’quvchi tomonidan o’quv faoliyatning o’ziga mos tartibini tanlash asosida joriy etishni ko’zda tutadi. BO’O da: - predmet sohasining asosiy tushunchalarini, ta’riflar tavsifini o’ziga olgan aniq predmet sohasidagi O’MOni; maslani echish strategiyasi va taktikasini; ushbu predmet sohasidagi taklif etilayotgan mashqlar, misollar yoki masalalar majumasini; - o’quvchining bilim darajalari (boshlang’ich, oraliq, shuningdek o’qish mobaynida shakllangan) haqida axborotga ega bo’lgan qandaydir o’quvchi modeliga mo’ljallangan o’qitish uslubiyotini; mumkin bo’lgan xatolar ro’yxati va ularni to’g’rilash uchun axborotlarga ega bo’lgan o’quvchining xatolar omborini; o’qitishning uslubiy usullari va tashkiliy shakllarini o’ziga olgan ma’lumotlar ombori bo’lishi ko’zda tutiladi. Yuqorida qayd etilgan BO’O imkoniyatlari muloqot tashkil etish imkoniyatini beradi, foydalanuvchi so’roviga ko’ra ma’lumotlar omborida mavjud mos axborotlarni olib, o’quvchiga javob olishni ta’minlaydi. Bu bilan: - o’quvchining javoblarini to’g’riligini tekshirish; - to’g’ri javoblarni (zarurat bo’lganda) shakllantirish; - o’qitish jarayonini boshqarish ta’minlanadi. Yuqorida qayd etilganni joriy etish uchun BO’O da, foydalanuvchi ma’lumotlar omboriga kirishi uchun kamida bitta so’rov tili bo’lishi lozim. O’qitish senariysini joriy etish, odatda maxsus boshqaruvchi dastur yordamida amalga oshiriladi. O’zining didaktik imkoniyatlariga ko’ra o’rgatuvchi dasturiy tizimlar (EO’T, O’MO, BO’O turidagi) ko’proq «o’qituvchi-o’quvchi» kabi tabiiy o’qitishga yaqin keladi. Ularni foydalanish u yoki bu o’qitish tizimiga «kiritilgan» uslubiy tizimlar doirasida o’zini o’qitish jarayonini tashkil etishni ta’minlaydi. O’qitish tizimlariini pedagogik ta’sirlarinit prognoz qilib, ular yordamida o’zlashtirilgan bilimlarni mustaqil o’tkazish ko’nikmalarini va yangi vaziyatni ishlab chiqish; ma’lum ob’ektning yangi vazifasini ko’rish; ob’ekt tuzulishi va qo’yilgan masalaning echish uslublarining variantlarini ko’rish imkoniyati haqida aytish mumkin. Ta’limda intellektual o’rgatish tizimlarining (Intelligent Tutoring Systems) imkoniyatlarini foydalanish (Artificial Intelligence and Education), yuqorida bayon qilganlarni joriy etish va o’quvchining bilish faoliyati jarayonini modellashtirish muammosini echishga yaqindan yondashish imkoniyatini beradi. Ko’pgina tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi vaqtlarda sun’iy intellekt tizimlarining imkoniyatlarini amalga oshiradigan o’qitishga mo’ljallangan dasturiy vositalarni ishlab chiqish, ZYaATlarni ta’lim maqsadlarida foydalanishning istiqbolli yo’nalishlaridan biridan iborat. Shu bilan birga, aniq pedagogik ta’sir etadigan o’rgatish tizimlarini (EO’T, O’MO, BO’O turidagi) yarata borib, birinchidan, o’quvchining boshlang’ich bilim darajsini va uning tizim bilan muloqot qilishga motivatsion tayyorgarligini hisobga olish; ikkinchidan, o’quvchi qanday bilim, ko’nikma va malaka olishi kerak yoki olishi mumkin, tizim bilan muloqot qilish unga qanday rivojlantiruvchi ta’sir etishi va ushbu ta’sirning maqsadga muvofiqligi qandayligini ko’zda tutgan holda pedagogik ta’sirning natijalarini prognoz qilish; uchunchidan, o’quv materialni uzatishda variativligini (vizual-tushuntirishli, tavsiflik, muammolik va sh.k.) ta’minlash; to’rtinchidan, o’qitishga faoliyatli yondashuvni ta’minlash; beshinchidan, o’rganishda o’quvchining bosqima-bosqich ilgarilashini kuzatib borish imkoniyatini ko’zda tutish lozim. 4. Kompyuter va turli audiovizual axborotlarni uzatish vositalarining integratsiyasidan iborat. Bu videokompyuterli tizimlar (interfaol videotizimlar)da joriy etilmoqda. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling