D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet50/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Videokompyuterli tizim – bu foydalanuvchiga qabul qilinadigan axborot(matn, chizilgan grafika, videofilm, harakatdagi tasvir, ovoz)larni foydalanuvchini tizim bilan interfaol muloqotini ta’minlab, taqdim etish imkoniyatini beradigan jihozlar majmuasidir.
Odatda, ixtiyoriy videokompyuterli tizim tizimni boshqarish qurilmasidan; kiritish (chiqarish) va tasvirlarni taqdim etish qurilmasi; grafik va matnni taqdim etish qurilmasi; ovozni taqdim etish qurilmasi; foydalanuvchini tizimga va u bilan o’zarota’sir qilish vositalaridan tashkil topadi.
Videokompyuterli tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:
-dasturlarning kutubxonasidan foydalanish;
-ovozli kuzatiladigan harakatdagi yoki harakatsiz tasvirlar kubxonasiga kirishning turli yo’llarini ta’minlash;
-ma’lumotlar omboridan audiovizual axborotni ixtiyoriy ketma-ketlikda tanlash;
-matnli, grafik, harakatlanuvchi diagrammalar, multiplikatsiya va videoaxborotlarni kontaminatsiyalash (siljitish, aralashtirish);
-ekranni "taqsimlash" (ekranda mazmunan va shaklan turli tuman bo’lgan axborotni "oynalik" taqdim etish); masalan, «oyna»lardan birida haqiqiy tajribani namoyish etadigan videosyujet taqdim etiladi; boshqa "oyna"da – tajriba jarayonida olinadigan va mos qiymatlari jadvallarga kiritiladigan fizik kattaliklarni jadval ko’rinishida taqdim etiladi.
Videokompyuterli tizimlar yordamida amalga oshiriladigan o’quv ishlari shakllarini turli-tumanligi audiovideo axborotlardan turlicha foydalanishga imkoniyat beradi:
-axborotni majmuaviy taqdim etishni foydalanish;
-shu ondagi zarur audiovizual axborotni ajratish va undan ma’lumotnoma sifatida foydalanish;
-axborot "manipulyatsiyasini" amalga oshirish (videoaxborotni turli manbaalardan birga olib borish);
-kompyuter ekranidan axborotni videoaxborotga qo’yish, uni matn, grafik axborotlar birga qo’shish).
Yuqorida sanalgan videokompyuterli tizimlarning imkoniyatlarni amalga oshirish aniq pedagogik maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi. Ular qatoriga:
-majmuaviy taqdim etilgan axborotni tahlil etish, o’rganish;
-o’quv materialiga variativ yondashuvni amalga oshirish;
-o’quv materialni xis-tug’ulik qabul qilish darajsini ko’tarish;
-mustaqil ishlashning turli-tuman ko’rinishlarini foydalanish hisobiga o’qitish motivatsiyasi darajasini ko’tarishlar;
-o’quvchida eng katta qiziqish chaqiradigan mavzuni tanlash imkoniyati lar kiradi.
5. Multimedia (Multimedia). Multimedia texnologiya - kompakt - CD-ROM (compact disc read only memory) - CD-audio, CD-video, CD Q G, CD - information, CD - phono, CD - TV, LV (Laser Vision) disk texnologiyasini foydalanishga asoslangan audovizual axborot usul, uslub, yo’l, qayta ishlash, saqlash, uzatish to’plamidir. Multimedia - kompakt – disk texnologiyasini foydalanishga asoslangan operatsion muhitlar, turli ko’rinish(fideofilm, matn, grafika, animatsiya, slaydlar, musiqa)larda taqdim etilgan audiovizual axborotni integratsiya qilish imkoniyatini beradi.
Multimedia texnologiyasini, shuningdek ta’lim maqsadlariga mo’ljallangan multimedia-kurslar amalga oshiradigan turli dasturiy vositalarni tahlili zamonaviy multimedia tizimlarining quyidagi ko’rinishdagi imkoniyatlarini ajratishga imkoniyat berdi:
-audiovizual axborot ma’lumotlar omborini audivizual dasturlar kutubxonasidan kadr tanlash va tanlangan kadrni «ichkarisiga kirish» imkoiyati bilan birga ishlash;
- qaralayotgan syujetning foydalanuvchiga zarur rivojlanish chizig’ini tanlash;
- turli-tuman shakllarda taqdim etilgan audiovizual axboroni ushbu ekran maydoni chegarasida ham, avvalgi (keyingi) ekran maydoni chegarasida ham "manipulyatsiyalash" (qo’ymoq, siljitish);
- turli ko’rinishda taqdim etilgan audiovizual axborotni kontaminatsiyalash;
- animatsion samaralarni amalga oshirish;
- turli ko’rinishda taqdim etilgan vizual axborotni turli parametralari bo’yicha (masalan, aniq chiziqli parametrni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, cho’zish yoki siqish) shakllantirish;
- audiovizual axborotni diskret: uzilishli, oraliqli, axborot qismini yo’q qilish (qo’shish) va audioaxborotni ovoz tonini ko’tarish (pasaytirish) imkoniyati bilan uzatish;
- tasvirni tonirovkalash – aniq rang yoki kam yoki ko’p yoriqlikdagi yoki shakl tasvirining aniq konturi quyuqligidagi rang toni bilan bo’yash;
- mo’ljallangan manbadan tasvir shakliga tushayotgan qismini aniq och rang bilan bo’yab tasvirni soyalashtirish (soya qo’yish);
- keyinroq uni siljitish yoki «lupa ostidan» ko’rish uchun vizual axborot tanlangan qismini belgilash;
- maudiovizual axborotni ekranning ixtiyoriy qismini faollashtirish imkoniyati bilan ekranlardan birida ko’p oynalik taqdim etish (masalan, bir «oyna»da – videofilm, boshqasida matn);
- vizul axborotni «ich tomonini» namoyish qilish;
- haqiqiy vaqtda (videofilm ko’rinishshida) kechayotgan hodisalarni haqqiy namoyish qilish.
Shunday qilib, multimedia tizimlarining imkoniyatlari foydalanuvchi tizim bilan interfaol muloqot qilgan holda kompyuter ekranida ixtiyoriy audiovizual axborotni integralashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatini beradi. Bunda tizim foydalanuvchi haraktlarining tahlili natijalariga ko’ra taqdim etilayotgan syujet yoki vaziyatning rivojlantirish chizig’ini tanlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Yuqorida bayon qilganlardan xulosa qilib, multimedia texnologiyasini foydalanishning pedagogik maqsadlari, audiovizual axborotni eamonaviy qayta ishlash vositalarini qo’llash hisobiga axborotni his-tuyg’ulik qabul qilish darajasini ko’tarish, axborotni qayta ishlash bo’yicha turli – tuman mustaqil faoliyat shakllarini amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirishni o’qitishning jadal shakl va uslubini qo’llashni amalga oshirish imkoniyatlari bilan aniqlanadi.
6. Virtual haqiqiylik (Virtual reality). Virtual haqiqiylik – bu multimedia majmuasi - stereoskopik taqdim etilgan «ekran dunyosida» haqiqiy vaqtda bevosita kirish va ishtirok etishning ilyuziyalik operatsion muhit bilan amalga oshiriladigan kantaktsiz axborot ta’sir etishning yangi texnologiyasidir.
«Virtual haqiqiylik» tizimi orqali amalga oshiriladigan kantaktsiz axborot ta’sir etish texnologiyasi, kompyuterga raqamli shaklda «axborot qo’lqop» («qo’lqop - interfeys») va «axborot kostyum»dan imulsni bevosita akslantirish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchining «axborot qo’lqop»ni kiygan qo’li, virtual shaklda uch o’lchovli kompyuter-generatsiyalangan muhitda proektsialanishi mumkin. «Axborot qo’lqop» bilan manipulyatsiya qilib, foydalanuvchi ob’ektlarni siljitib, ularni boshqarib virtual dunyo bilan o’zarota’sir qilishi, shuningdek buyruqlar sifatida jestlar to’plamini foydalanishi ham mumkin. «Axborot kostyum», «axborot qo’lqop» va «axborot ko’z oynak» bo’lgan holda joylashtirilgan stereoskopik ekranlar bilan (ko’z oynak - telemonitorlar) obrazli aytganda, foydalanuvchi virtual dunyoga to’g’ridan-to’g’ri qadam qo’yishi mumkin.
Hozirgi kunning o’zidayoq, «Virtual haqiqiylik» tizimlarining imkoniyatlari sportsmenlarni mashq qildirishda, astronavtika, arxitektura, tibbiy diagnostika sohasi bo’yicha bo’lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda, turli ko’ngil ochish va bo’sh vaqtlarni to’ldirishni tashkil etishda, shuningdek, ilmiy vizuallashtirish sohasida foydalanilmoqda. Masalan, agar uch o’lchovli kompyuter grafikasining imkoniyatlari uch o’lchovli tasvirlash orqali kompyuter ekranida taqdim etilgan amallarning natijalarini matematik prognoz qilish imkoniyatini bersa, «Virtual haqiqiylik»ni foydalanish esa, amalga oshirilayotgan haqiqiy xirurg operatsiyasi illyuziyasini yaratishi mumkin.
6.1. "Virtual haqiqiylik" tizimining tarkibi. Tipik «Virtual haqiqiylik»ning tayanch komponentlari sifatida:
-virtual dunyo ob’ektlarini yaratish va boshqarish subtizimda virtual dunyoni shakllantiruvchi sanalgan va tavsiflangan ob’ektlar ro’yxati;
-ob’ektlar ro’yxatini biladigan va holatini baholaydigan va uzluksiz foydalanuvchining virtual dunyo ob’ektlariga nisbatan «joylashgan joyi» ko’rinishini yaratadigan subtizim;
-virtual dunyo o’zgarib turadigan «hodisalar» ko’rinishi uzluksiz taqdim etiladigan o’rnatuvchi (boshlang’ich) bosh displey (ko’z oynak-telemonitorlar);
-foydalanuvchining virtual dunyo ob’ektlariga nisbatan «siljish» yo’nalishini aniqlovchi «axborot qo’lqop» yoki «spes-boll» ko’rinishida amalga oshirilgan qo’lda boshqariladigan qurilma;
-ovoz yaratish va uzatish qurilmalarini olish mumkin.
«Virtual haqiqiylik» tizimi bilan foydalanuvchining kontakti ovoz yoki maxsus qo’rilma – teskari kuchlanish aloqasi samarasini ta’minlovchi djoystring, shuningdek ko’z oynak - telemonitorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling