D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet51/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Djoystring qurilmasi teskari kuchlanish aloqasini yartadi, "interfeys-qo’lqop" qo’lning har bir barmog’ining harakatini kompyuter yordamida qabul qilinadigan va rasshifrovka qilinadigan elektr signalga aylantirgan holda jestlar bilan muloqot qilishni ta’minlaydi. Masalan, ekran oldida «axborot qo’lqop»li barmoqlar bilan manupulyatsiya qilib, ekranda ob’ektlarni harakatlantirish mumkin. Bundan tashqari, ekranda tasvirlangan predmetlarni surish, siljitish, tegish orqali ekran virtual dunyosiga «kirish» mumkin. Masalan, ekranda tasvirlangan sharning sferikligini predmetni ushlash ilyuziyasi orqali xis qilish mumkin. Bu samaralar quyidagicha amalga oshiriladi: «interfeys-qo’lqop» terilari orasiga har bir barmoqga qo’lning panjasi bo’ylab o’tadigan va qo’lqopning to’planuvchi sohasiga joylashtirilgan maxsus plataga ulangan chirmashuvchi yupqa nurkirituvchi iplar qo’yilgan. Maxsus qurilmalar yordamida nurli signallar elektrik signallarga o’zgartiriladi. Masalan, agar barmoq bukilsa, nurtashuvchi bukiladi, impuls energiyasi uzgaradi va natijada u kompyuter qabul qiladigan elektrik signal ishlab chiqadigan fotoelement orqali tezgina ushlab olinadi. Bundan tashqari, «interfeys-qo’lqopga» qo’l barmoqlarining yostiqchalari darajasida taktil (sezadigan) teskari aloqa qo’rilmasi o’rnatilgan. Tizim aniqlaydigan zarur paytlarda, bu qurilmalar virtual dunyo predmetining (masalan, ekranda tasvirlangan shar sirti) tegish samarasini yaratib barmoq uchlarini sal bosadi. Predmetni ushlash illyuziyasini foydalanuvchiga teskari kuchlanish aloqasini yuboradigan servomatorlar harakatga keltiradigan foydalanuvchi kuchlanishini «troschalar» bo’yicha uzatuvchi qurilma ta’minlaydi. Djoystring yordamida foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqiladigan monupulyatsiyalar axborotni o’qiydigan va servomotor yordamida teskari aloqani generatsiya qilib, burchakli holat signallarini beradigan kompyuter bilan ushlanadi. Bu, masalan «ekranda tasvirlangan va qo’lga olingan «predmet og’irligi»ni sezish, yoki ekranda tasvirlangan to’siq bilan «to’qnashish»ga imkoniyat beradi. «Interfeys-qo’lqop»ga shuningdek, barmoqni bukish, barmoqni absolyut holat va mo’ljaldagi chekkaga olib borish datchiklari joylashtirilgan. Ular kantaktsiz foydalanuvchi qo’lini tizim bilan o’zaro ta’sirni ishlab turishini ta’minlaydi.
Ko’zoynak-telemonitorlar ichkarisida har bir ko’zga qat’iy ro’para qilingan ikkita minimallashtirilgan monitorlar joylashgan ko’zoynak juftligidan iborat. Ko’zoynak – telemonitorlar virtual dunyoning ekranli taqdim etilishini subsistema ko’rinishini ta’minlaydi. Zamonaviy «Virtual haqiqiylik» tizimi odatda har bir ko’z uchun aniq siljitilgan turli «rasmlarni» yaratishni ta’minlaydi. Ko’zoynak - telemonitorlar, maxsus datchiklar bilan ta’minlangan bo’lib, ular ekran oldida turgan odam boshining burilishlari haqidagi axborotni kompyuterga xabar qilib turadi, natijada foydalanuvchi virtual dunyoning stereoskopik takdim etilgan barcha «rasmga» «qo’z tashlash» imkoniyatiga ega bo’ladi.
Foydalanuvchi bilan virtual dunyo bilan yanada takomillashgan ko’p qirralik va ko’p vazifalik kontaktsiz o’zaro aloqasida maxsus «axborot kostyum» foydalaniladi.
Shuni qayta ta’kidlash lozimki, «Virtual haqiqiylik» tizimini dasturiy-texnik amalga oshirilishi turli variantlarga ega.
6.2. "Virtual haqiqiylik" tizimida o’zarota’sir ko’rinishlari. Hozirgi kunlarda foydalanuvchining «Virtual haqiqiylik» tizimi yaratadigan virtual dunyo ob’ektlari bilan axborotli o’zarota’sirni amalga oshirishning uch turdagi yondashuvini ajratish mumkin.
Birinchi yondashuv virtual dunyoga «cho’kish» g’oyasini amalga oshiradi. Bunda, obrazli aytganda, foydalanuvchi, axborot bilan ta’minlab turadigan skafandr kiyib olib, diskret raqamli dunyoga «kiradi». «Axborot qo’lqop» ni manipulyatsiya qilib, u ekranda taqdim etilgan virtual dunyo ob’ektlarini siljitib, tegib bevosita kompyuter bilan o’zarota’sirda bo’ladi, uning ichida, tabiiyki sinxron ovozli qo’llab-quvatlash bilan «harakatlanadi» yoki «uchadi».
Ikkinchi yondashuv kompyuter ekranida virtual dunyoning uch o’lchovli fazosini oynalik taqdim etishni ta’minlaydi. Bunda boshqarish vositasi sifatida, etarlicha erkinlik darajasiga ega bo’lgan «speys - boll» yoki «uchar sichqoncha» turidagi qurilmalar foydalaniladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling