D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet44/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Tekshirish uchun savollar:

  1. HT rivojlanish tarixi necha davrga bo’linadi?

  2. Mexaniq mashinalargacha bo’lgan davrda inson qanday hisob asboblaridan foydalangan?

  3. Mexaniq mashinalar davri namoyondalari kimlar?

  4. Elektromexaniq mashinalar davri qachon boshlandi?

  5. EHM lar davri qachon boshlandi?

  6. Eng birinchi EHM qaerda yaratilgan va uning harakteristikalari.

III-BOB. AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI
*****************************************************************


3.1. AKT xonasi jihozlariga qo’yiladigan talablar

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari xonasi - bu ta’lim muassasasining, ta’lim tizimini informatikalashtirishning davlat dasturini amalga oshirish vositasi bulib, o’quvchilarni axborotlashtirilgan jamiyati sharoitiga tayyorlash, ta’lim darajasini ko’tarishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy bo’limidir.


AKT xonasi o’ziga quyidagilarni oladi:

  • Hisoblash texnikasi sinfi;

  • O’quv-ko’rgazmalik qurollar;

  • O’quv jihozlar;

  • Orgtexnika;

  • «Informatika» kursi va boshqa umumta’lim fanlari bo’yicha ShEHM dan foydalanib nazariy va amaliy, sinf, sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mebel.

AKT xonasidagi mashg’ulot quyidagilarga xizmat qilishi lozim :

  • o’quvchilarda dunyoning zamonaviy axborot manzarasini shakllantirishga;

  • axborot texnologiyalarini zamonaviy axborot jamiyatida kasbiy faoliyatning asosiy tashkil etuvchisi sifatida foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga;

  • zamonaviy hisoblash texnikasi qurilmalari va ishlashi xaqidagi bilimlarni shakllantirishga;

  • ijodiy shaxsni shakllanishiga, o’quvchilarda nazariy fikrlash, xotira va tasavvurlarini rivojlantirishga;

  • o’quvchilarda insonparvarlik, odob va yuqori axloq shakllanishiga qaratilgan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga.

AKT xonasida

  • Informatika va AKT bo’yicha mashg’ulotlar;

  • hisoblash texnikasini qo’llagan holda bazaviy umumta’lim o’quv fanlari bo’yicha mashg’ulotlar;

  • Eksperimental darslar va amaliy mashg’ulotlar;

  • Sinfdan tashqari va fakultativ mashg’ulotlar;

  • Dasturlar (taqdimot, matnlar, referatlar) yozish bo’yicha, shuningdek maktab ixtiyoji uchun o’qituvchining vazifasiga ko’ra yangi dasturiy mahsulotlar, hujjatlar yaratish maqsadida o’quvchilarning mustaqil ishlari.


Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling