D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Ta’lim xodimlari oldida turgan asosiy vazifalar
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish uchun savollar
- 2.3. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minoti va ta’lim muassasasi tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish
Ta’lim xodimlari oldida turgan asosiy vazifalar:
- o’quvchilar ta’limining sifatini oshirish uchun, AKTning ustunlik tomonlaridan maksimal foydalanish; - o’zini-o’zi o’qitish orqali malaka oshirish, o’qituvchilarning kasbiy birlashmalari va seminarlarida qatnashish; - an’anaviy darsning turli bosqichlariga AKT joriy etish; - shaxsiy dasturiy ta’minotni va sonli ta’limiy ashyolarni ishlab chiqish va foydalanish, mediatexnikani shakllantirish va foydalanish. Tekshirish uchun savollar: Jamiyatni axborotlashtirish nima va axborotlashtirish jarayonida qanday yo’nalishlar mavjud? Ta’limni avtomatlashtirish nima? XXI asr – qanday as rva u qanday ma’noni beradi? Talimda AKT qanday aspektlarda qaraladi va kompyuterlar qanday tartibda foydalanladi? Tarqatma materiallarni tezroq va samaraliroq yaratish imkoniyati nimada va o’quvchilar axborotni nimalardan yaxshiroq qabul qiladilar? AKT qo’llaniladigan darsni ishlab chiqish qanday bosqichlarda amalga oshiriladi? Dars maqsadiga ko’ra AKT ni uning bosqichlarida qanday foydalanish mumkin? AKTni darslarda foydalanishning salbiy tomonlari nimalar? Misollar keltiring. O’quvchilarning yoshlariga mos ravishda kompyuterda uzluksiz ishlash vaqtlari chegaralaari qanday bo’lishi lozim? AKT ni qo’llashni asosiy muammolari nimalarda iborat? Turli fanlarni o’qitishda AKT ni foydalanishni amalga oshish nmalarga bog’liq? Ta’lim xodimlari oldida turgan asosiy vazifalar nimalaardan iborat? 2.3. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minoti va ta’lim muassasasi tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish Ta’lim muassasalariga kelayotgan me’yoriy, o’quv – uslubiy, texnik va boshqa axborot oqimini ko’payishi, kun tartibiga uni qayta ishlashni avtomatlashtirish masalasini qo’moqda. Axborot oqimini o’z vaqtida sifatli va tezkor qayta ishlash hujjat yuritishni soddalashtiradi, qabul qilingan boshqaruv qarorlarini harakatchanligini belgilaydi. Ta’lim jarayoni va har bir ta’lim muassasasini boshqarishni avtomatlashtirish muammosini hal etish, O’zbekiston respublikasining yagona axborot-ta’lim fazosini shakllantirishni ta’minlaydi. Ta’lim pedagog va xodimlari, o’quvchi-talabalari, shuningdek, ota-onalarning axborotli faoliyatlari jarayonida ishlab turgan turli-tuman axborot oqimlari ta’lim jarayoni va o’quv muasssasini tashkiliy boshqarishni sinflarga ajratish, tartiblash va tizimlashtirishda o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Bu murakkablik axborot oqimining mazmunini qat’iy sinflashtirishga bo’ysinmaydi va qat’iy belgilangan shakl va manziliga ega emas. Axborot oqimining tuzulishi o’zgarib turadi, hatto ba’zan takrorlanib turadigan axborotlar o’zaro ta’siri sharoitida buzilishi ham mumkin. Ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarishda ko’pgina muammolar mavjud. Masalan, hujjat almashinuvda qog’ozdagi alohida materiallarni nushalanishi, ma’lumotlarni yo’qolishi, hisobotlarning qandaydir qismlaridan tezkor ma’lumotlarni olish qiyinligi, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash qiyinligi (foyzlarni qo’shish, o’rta qiymatlari hisoblash), har bir talaba yoki o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni bir necha yil saqlashni murakkabligi, o’quv predmetlarni tanlashning qonuniyatlarini aniqlashda, sinf, maktab, rayon, shahar, hudud, qolaversa, dunyo bo’yicha umumlashgan hulosalarni diagrammalar ko’rinishida olishni qiyinchiligi (masalan guruhning o’zlashtirishini taqqoslanishi). Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ta’lim jarayonini ta’minlash, axborot-usulubiy ta’minot tizimini va hujjat yuritishning holatini o’zgartirish (tartibga solish va tizimlashtirish) kabi masalalarni hal qilish davri kelganligidan dalolat beradi. O’qituvchilar tayyorlashda ta’lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish masalasiga toboro e’tiborning ortishi: axborotni (matnlik, grafik, vizuallik, nutqli) qayta ishlash, nashr qilish, tahlil qilish, tizimlashtirish va saqlashning zamonaviy tizimlarini foydalanish; asosiy va yordamchi axborot jarayonlarini, masalan o’qituvchilarning hujjat ustidagi birgalikdagi ishlarini, o’qituvchi va talabalar orasidagi «qog’ozsiz» muloqotini telekommunikatsiyalar yordamida tashkil etish; ma’lumotlar omborini shakllantirish, ma’lumotlar omborlari orasida ma’lumotlar almashinish; talaba, o’qituvchi, ota-onalar va ta’limni boshqaruv organlariga o’quv muassasasiga o’zoqlashtirlgan kirish va o’zaro masofadan turib muloqot qilish, zarur ma’lumotlarni izlash; foydalanuvchilarning tizim vazifalari va ashyolariga kirish huquqlarini boshqarishni olib borish; o’quv-tarbiya jarayonining axborot va uslubiy ta’minot tarkibi va maqbullashtirish; ta’lim muassasasidagi raqamli taqdim etilgan mavjud materiallarni, o’quv va ta’limga oid elektron vositalarni, Internetda saytlar va portallarga murojaatlarni saqlashni osonlashtirish va bu hujjatlarni izlash va uzatish; ma’lumotlar omborida saqlanayotgan axborotni qayta ishlash; talaba va o’qituvchilarga kommunikatsiya vositalariga, ichki va jahon axborot ashyolariga kirishni ta’minlash; ta’lim muassasasi va boshqarish organlari orasidagi axborot oqimlari harakatini maqbullashtirish va boshqa shu kabi ko’pgina ishlarni bajarish bilan bog’liq. Yuqorida sanalgan jarayonlar amalga oshirilsa, o’quv muassasasini boshqarishning majmuaviy tizimini yaratishga va bu bilan yaqin kelajak ta’lim ishlarini rivojlanishiga olib kelishi aniq. Bu tizimning asosiy vazifasi — axborot-uslubiy ta’minot jarayonlarini, o’quv jarayonining barcha ishtirokchilarini ta’limni boshqaruv organlar hodimlari bilan axborotli o’zarota’sir (lokal va global tarmoqlar negizida) qilishni avtomatlashtirishdan iborat. 1. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-uslubiy ta’minoti va ta’lim muassasasi (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish – AKTni foydalanish hisobiga ta’lim sohasi hodimi faoliyatini o’quv muasssasida hujjat yuritish jarayonida, o’qituvchi-predmetchi, uslubchi, o’quv-tarbiya jarayoni tashkilotchisining kasbiy faoliyatidagi maishiy qulayligini belgilangan darajada ushlab turishdir. AKT vositalari o’quv muassasasini boshqarish jarayonida dastavval o’quv muassasasida hujjat yuritish, o’quv-tarbiya jarayonini tezkor boshqarish, o’quv jarayonining barcha ishtirokchilarini lokal va global tarmoqlarda axborotli o’zarota’sirini avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarini, viloyat va shaharlardagi xalq ta’limini boshqarish organlarni Internet tarmog’iga ulash, saytlar, ta’lim portallarini yaratish va ularni axborot ashyolari bilan to’latishga undadi (masalan, Ziyonet.uz). Hozirgi vaqtlarda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan hodimlar, talabalar, o’quvchilar, ota-onalar internet texnologiyalari negizida axborotli o’zarota’sir ishtirokchilariga aylanmoqdalar. AKT zamonaviy foydalanuvchisiga oson kirish mumkin bo’lgan amaliy va uskunaviy dasturiy vositalar va tizimlarni foydalangan holda o’quv faoliyatni tashkil etishga imkoniyat bermoqda. Jumladan, o’qituvchilar yangi buyruq va farmoyishlar, novator o’qituvchilarning g’oyalari bilan tanishishlari, yangi darslik, seminarlar, anjumanlarni bilishlari, o’quv jarayonida Internet global tarmog’ining turli-tuman ashyolarini foydalanishlari mumkin. O’quvchilar maktab, institut yoki ta’limni boshqarish organlari tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlari, yangi kitoblar, filmlar, o’yinlar haqida axborot olishlari, u yoki bu predmetlar bo’yicha qo’shimcha materiallar olishlari, o’zlarining elektron portfoliolarini yuritshlari mumkin. Ota-onalar bolalarining baholari, uyga berilgan vazifalari, muvaffaqiyatlari va kamchiliklari, o’qituvchilarning tavsiyalari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Ta’limni boshqarish organlari hodimlari esa, u yoki bu ta’lim muassasasi haqida to’liq yoki boshqa zarur ma’lumotlar olishlari mumkin. Ta’lim muassasini boshqarishning zamonaviy tizimlari turkibiga misol keltiramiz va avtomatlashtiriladigan jaryonlarni ajratamiz. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling