D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Ta’lim muassasini boshqarishni avtomatlashtirish tizimi tarkibi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avers» firmasi
- «Tarmoqli maktab» tizimi yoki «Net Maktab».
Ta’lim muassasini boshqarishni avtomatlashtirish tizimi tarkibi.
Hozirgi vaqtlarda mavjud boshqarishni avtomatlashtirish tizimi, birinchidan zarur axborotni izlashga va takdim etishga, ikkinchidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini intellektual ta’minlash maqsadida olingan axborotni qayta ishlashga (dastur o’zlashtirish grafigini chizishi, o’quv jarayonini natijalarini jadval yoki grafik ko’rinishida taqdim etishi, olingan ma’lumoltlarni statistik qayta ishlashga) imkoniyat beradi. Ta’lim muassasasi rahbariga boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun ta’lim tizimining haqiqiy holati va rivojlanishi zarur. Ta’lim muassasalarini boshqarishni avtomatlashtirishning qator zamonaviy tizimlari test sinovlarini o’tkazish va bilimlarni nazorat qilish, turli-tuman testlar, elektron darsliklar, o’quv-uslubiy materiallar, saytlar yaratish, lokal va global tarmoqlarda ta’limga oid o’zaro ta’sirlar tashkil etish, modullariga ega. Test sinovini o’tkazish va bilimlarni nazorat qilish moduli doimiy ravishda ta’lim jarayonida o’quvchilarni tashxis etishga, o’qitish jarayonida har bir o’quvchining muvaffaqiyatlari, har bir o’quvchini o’qitish jarayonini boshqarish, o’quvchining rivojlanishi haqidagi ko’rsatkichlarni: ularning o’quv predmetlari bo’yicha muvaffaqiyalari, aqliy va intellektal rivojlanish dinamikasi, umuman shaxsni rivojlanishi haqida ma’lumot olishni amalga oshiradi. Ta’lim muassasasining saytini tezkor yaratish uchun joylashtirilgan tizimlari hatto quyi sinf o’quvchilariga maktab saytida o’zlarining sahifalarini ochishga imkoniyat beradi. Respublikamiz har bir ta’lim muassasasining xususiyati o’quv jarayonini tashkil etishda, boshqaruv-hujalik va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni boshqarishda, hodimlar siyosatini o’tkazishda, ijtimoiy dasturlarni joriy etish va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni zamonaviy o’rtacha darajadagi avtomatlashtirish (AKT vositalari negizida) tizimi asosiy jarayon (ish yuritish, o’quvchilarning shaxsiy ishlarini yuritish, dars jadvalini tuzish va hokazo)larni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan turli dasturlar majmuasidan iborat. Dasturiy-uslubiy majmuaning tarkibi ta’limda axborot va kommunikatsion texnologiyalari vositalarini foydalanishning asosiy tendentsiyalarini aks etadi. Shunday qilib, ta’limni axborotlashtirish ta’lim muassasasining tashkiliy tuzulishini va ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarini vazifalarini o’zgartiradi, boshqariluvchi ob’ekt holati haqidagi axborotni olish va tahlil etish usullarini takomillashtiradi. Ta’lim muassasasida axborotlashtirish tizimli xarakterga ega bo’lishi lozim, ya’ni uning barcha: o’quv, pedagogik va boshqariluvchi faoliyati kabi tashkil etuvchilariga ta’sir etishi kerak. Shuning uchun, ta’lim muassasasini boshqarishni avtomatlashtirish tizimlarida yuqorida sanalgan barcha jarayonlarni: ish yuritish, hodimlar ishlari, o’quvchilar uchun shaxsiy varaqalari, dars jadvali tuzish, test sinovini o’tkaztiish, tashxis, nazorat, axborot-uslubiy materiallarni yaratish, o’quv va ta’limga yo’naltirilgan elektron vositalar, o’quv muassasaning saytini yaratish va to’latish, lokal va global tarmoqlarda axborotli o’zarota’sir, talabalarning fanlarni o’zlashtirishi va ularning davomatini aniqlashlarni avtomatlashtirish majmuasini ko’zda tutishi lozim. 2. Zamonaviy ta’lim muassasasini boshqarishini avtomatlashtirish tizimlar obzori. Ta’lim muassasasini boshqarishni avtomatlashtirish tizimlarini bozorda paydo bo’lishi, birinchidan, ko’p amallarni bajarish vaqtini kamaytirish orqali rahbariyat va o’qituvchilarning ishlarini engillashtiradi va bevosita o’quv jarayoniga ajratilgan vaqtni ko’paytiradi. Ta’lim muassasasini boshqarish vaqtini kamaytiradi; ikkinchidan, ta’lim muassasasining infratuzulishini shakllantiradi; uchinchidan, o’quv jarayoni haqidagi axborotni to’plash, qayta ishlash va tahlil etish va ta’lim muassassini boshqarish bo’yicha asoslangan qarorlar qabul qilish, eng asosiysi – maktabning axborot ta’lim muhitii shakllantirish, ta’lim muassasasitning barcha hodimlari va barcha darajadagi ta’limni boshqarish organlari bilan o’zaro ta’sir tashkil etish imkoniyatini beradi. 1. «Avers» firmasi o’quv muassasasi faoliyatining: «ARM Direktor», «Maktab kutubxonasi», «AVERS Buxgalteriya» i «Tariflashtirish» kabi ko’pgina aspektlarini avtomatlashtirishga imkoniyat beradigan dasturlar majmuasini taklif etadi. a). «ARM Direktor» avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi maktab direktori, kotiba, o’quv bo’limining mudiri, o’qituvchi, sinf rahbari va tibbiyot hamshiralarining ishchi o’rnini avtomatlashtirishga imkoniyat beradi. Ushbu dastur ish yuritish (hodim va o’quvchilarining shaxsiy varaqalarini yuritish, hisobotlarni yaratish va boshq), rejalashtirish (o’quv reja va soatlar hisobi, o’qituvchilarning asosiy va qo’shimcha yuklamalar taqsimoti), o’zlashtirish (o’quvchilarning o’zlashtirishini baholar, umumlashtirilgan va qiyosiy ko’rsatgichlar ko’rinishidagi hisobi) tahlil (o’quvchilar bilim va o’zlashtirish sifatini tahlili), buyruqlar (o’quv yurti bo’yicha bo’yruq chiqarish, hodim va o’quvchilar bo’yicha bo’yruqlarni olib borish), tariflashtirish, sinf jurnali, sog’liq kabi bloklarga ega. b). «Maktab kutubxonasi» avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimi kutubxona jamg’armasi va maktab kutubxonalari tashkiliy faoliyati hisobini amalga oshiradi. v). «AVERS Buxgalteriya» byudjet tashkilotini ko’p darajali tahliliy hisobini, pul mablag’ini foydalanish nazoratini, ishonchli hisobotni shakllantirishni olib borgan holda, barcha buxgalterlik hisobi ishining avtomatlashtiradi. Mos ravishda, ta’lim muassasasining rahbariga material va moliyaviy ashyolarini boshqarish bo’yicha turli qarorlar qabul qilish uchun haqqoniy axborot oladi. 2. «Tarmoqli maktab» tizimi yoki «Net Maktab». Bu tizim o’quv-tarbiya jarayonining nafaqat alohida qismlari (o’quv bo’limi mudiri, sinf rahbari va boshq.)ni emas, balki umuman avtomatlashtirish bo’yicha majmuaviy echimni taklif etadi. Tizim tarmoqli mijoz-serverli ilovadan iborat bo’lib, foydalanuvchi maktab lokal tarmog’iga ulangan aniq kompyuterga «bog’lanib qolmasligiga» imkoniyat beradigan Web interfeys (ya’ni mijozli mashinalarga operatsion tizimlar bilan birgalikda taqdim etiladigan standart brauzerdan boshqa hech nima kerak emas) ga ega. Tizim pedagog - xodimlar, o’quvchilar va ularning ota-onalari haqidagi axborotlarni to’plash va taqdim etishni amalga oshiradi. Unda o’quv rejalar, sinf jurnallari, turli-tuman hisobotlar va boshqa axborotlar mavjud. Bu tizimni yangilanib turishini www.netschool.roos.ru Internet saytidan ko’rib turish mumkin. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling