D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


O’qitish va nazorat qilish vazifalarining turlari quyidagilardir


Download 3.31 Mb.
bet56/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

O’qitish va nazorat qilish vazifalarining turlari quyidagilardir: javoblarni tanlashli (o’quvchiga vazifa-savol beriladi va uni fikricha to’g’ri javob-ta’kid tanlanadigan tayyor jaoblar to’plami-menyu beriladi); qisman-kostruktsiyalanadigan javobli (bu turdagi vazifalar oraliq va vazifalar va tanlanadigan javoblar bilan bog’lanuvchi xamda erkin – konstruktsiyalanadigan bo’ladi); erkin – konstruktsiyalanadigan javobli (avtomatlashtirlgan o’kitishga va nazoratga qulaydir).
Zamonaviy asbobli tizimlarda javobni taqqoslashning qo’yidagi uslublari amalga oshirilgan: kalitli so’zlar bilan tahlil qilish (soda va universal uslub); sintakstik tahlil (bu uslubni kalit bilan emas, balki qat’iy etalon bilan taqqoslashda foydalanish maqsadga muvofiq); lokal tahlil (bunda javob tartibi aniq bo’lmagan jumla yoki gap bo’lishi mumkin)
3-tur dasturlari (modellovchi) kompyuterning, bir tomondan hisoblash, ikkinchi tomondan kompyuterli eksperiment amalga oshirish imkoniyat beradigan grafik-illyustratsiya imkoniyatiga asolangandir. Bunday dasturlar o’kuvchiga kompyuter ekranida klaviaturada parametrlarni o’zgartiruvchi buyruqlarga ta’sir etgan holda qandaydi jarayonni kuzatishga imkoniyat beradi.
4- tur dasturlari (o’yinlar) o’quvchi zimmasiga faqat kompyuterda mavjud dunyo, qandair imkoniyatlaro to’plami va ularni amalga oshirish vositalarining qandaydir tasavvur qilanadigan muhitini taqdim etadilar Dastur taqdim etadigan imkoniyatlarni amalga oshirish vositalari, o’kuvchilarni rivojlantirishga, unad biliy faoliyatini shakllantirishga, mustaqil ravishda haqiqiy ob’etlarning umumiy ahamiyatga ega bo’lgan qonuniyatlari, munosabatlarini ochishga olib keladi.
Dastlabki 1- va 2-tur dasturlari, ayniqsa, avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlarini paydo bo’lishi bilan keng ommalashdi. 3- va 4-tur dasturlari murakkabligi va ko’p blokligi dasturchilar, uslubchilar, psixologlar, mutaxasslarning katta ishlarini talab etadi).
O’qitish dasturlarining eng keng tarqalganlari «Robotlandiya» nomli paketga birlashtirilgan dasturlardir. Bu dastur Windows ga moslashtirgan holda 1990 yillari Rossiyada Yu.A. Pervin rahbarligida yaratilgan. Bu loyihaning rivojlanishi oqibatida «Robotlandiya xitlari» dasturlar paketi yaratildi. Bu haqiqatan boshlang’ich sinflarda informatikaga o’kitish uchun dasturiy-uslubiy tizim (DUT)dan iborat va o’ziga axborotli, algoritmik va kompyuterli mazmunni oladi. DUT o’qituvchilar uchun maxsus uslubiy qo’llanmaga ega (Yu.A. Pervin. Robotlandiya‐96G’G’boshlang’ich maktab uchun DUT): Posobie dlya uchitelya. Kniga dlya chteniya. Pereslavl ‐ Zalesskiy, 1996). Hozirgi paytda «Robotlandiya.RU» dasturlarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda.
Kurs axborot chizig’ining materiallari, asosan nazariy bo’lib, odamlar hayotida axborot va axborot jarayonlarining ahamiyatini misollarda ko’rsatish maqsadiga egadir. Bu chiziq «Bloknot» i «Bukvoed» dasturi ko’rinishida kompyuter qo’llab-quvvatlashga ega.
Algoritmik chiziq «Xanoy minorasi», dasturiy chiziq «Kukaracha», labirintlar tuzish «Aqilli ko’rsichqon», o’quv matn muharriri «Mikron», grafik konstruktor «Bo’yoqcha», rastrli grafik o’quv muharrir «Rassom» va musiqiy muharrir «Sharmankachi» dasturlari orqali jaoriy qilinadi.
Boshlang’ich sinflar uchun hozirda ko’p davlatlarda IstraSoft firmasida professor Xiggins ishlab chiqqan «Aktsentsiz ingliz tili» multimedialik o’qitish dasturi foydalanilmoqda. Bu dastur interfaol mashqlar ko’rinishida tuzilgan ingliz fonetikasi va grammatikasi kursini o’ziga olgan. U mustaqil ravishda ham o’quv auditoriyasida ham ishlashga imkoniyat beradi.
O’qitish dasturlarini foydalanishgning uslubiy xususiyatlari. Shuni bilish lozimki kompyuterli o’qitish asosida ham, dasturli o’qitish asosida ham fikriy harakatlar va amallar ketma-ketligi ko’rinishidagi o’kitish algoritmini ifodalaydigan o’qitish dasturi yotadi. Tuzilgan algoritmning sifati o’qitish dasturining samaradaorligini etarlicha aniqlaydi. O’qitish dasturini yaratish yuqori malakali o’qituvchi, uslubchi va dasturchilarning katta mehnatini sarflashni talab etadi. Ularni ishlab chiqishda aqliy intellekt va bilimlar muhandisligi uslublari qo’llaniladi.
O’qitish dasturlariga misollar: "Fizika v dialoge s kompyuterom "PhysCoD" (bu o’qitish dasturi fizikadan interfaol elektron darslik va masalalar to’plamidan iborat bo’lib, o’rta umumta’lim maktablarinin 11-sinflari o’quvchilariga fizika kursini chuqurlashtirib o’kitishga mo’ljallangan); Klaviatura trenajori 1.0 (tez chop etish va kompyuter klaviaturasini joylashishlari va tugma vazifalarini o’rganish uchun mo’ljallangan tekin dastur); Vizual darslik (bu o’qitish dasturi bo’lib, alohida xususiyati bilimlar kartasi (intellekt-kart) yordamida axborotni grafik ko’rinishda taqdim etishdan iborat); ChordsMaestro 1.1 (ushbu ajoyib akkordlar to’plamini foydalanib, birdaniga 7 ta keng tarqalgan musiqiy asboblar(fortepiano, gitara, bas-gitara, ulele va boshqa.)ni hech qanday tajribasiz chalishingiz mumkin bo’ladi.
O’qitish dasturlarini yaratish to’rt bosqichda amalga oshiriladi: 1)o’qitish dasturining stsenariysini tuzish; 2)bo’lajak dasturning alohida kadrlarining matnlarini kompyuterga kiritish; 3) rasmlar chizish, nazorat savollari va ularga javob variantlarni shakllantirish; 4) o’qitish dasturining alohida elementlarini butun muloqot tizimiga bog’lash, kadrlar, savollar va yordamlar orasida o’zaro aloqalar o’rnatish, dasturni yakuniga etkazish; 5) dasturni ishlatilayotganda kuzatish, undan real o’qitish jarayonida foydalanishda payqalgan zaruriy to’g’rilashlar va qo’shimchalarni kiritish.
Kompyuterdan foydalanib o’tkazilgan darsda pedagogning ishi quyidagi fazalarda o’tadi:
darsni rejalashtirish (berilgan predmet bo’yicha mashg’ulotlar tizimidagi darsning o’rni, informatika xonasida o’tkazilish vaqti, dars turi va uning taxminiy tuzilishi, uni o’tkazishga zarur bo’lgan zarur vositalari aniqlanadi);
dasturiy vositalarni tayoyrlash (nazorat va o’qitish dasturlarining qobig’lari mos didaktik materiallar bilan to’latiladi, modellovchi dasturlar tanlanadi, dasturiy vositalar mos magnit disklariga joylashtiriladi, dasturni ishga tushishini sinab ko’riladi);
darsni o’tkazish;
yakun yasash (o’qitish dasturlariga to’g’rilashlar kiritiladi, ularni foydalanish uchun fayl arxivlashtiriladi, kompyuterli test sinovlarining ma’lumotlari qayta ishlanadi, magnit disklaridan ortiqcha vaqtinchalik fayllar yo’q qilinadi).
O’qitish tizimlari – bu o’kitishni umuman samaradorligini va egiluvchanligini ta’minlovchi pedagogik fikrlarni amalga oshirish, neksperimental rejalarni sinab ko’rish uchun mo’ljallangan universal uslubidir.
O’qitish tizimlarini o’qitish uslubi sifatidaa qarab, uning: o’kitish, rivojlantirish, motivavtsion va nazorat-to’g’rilanuvchi vazifalarini ajratish mumkin.
O’qitish tizimi uslub sifatida etarlicha universaligini ta’kidlash kerak. Turli vaziyatlarda o’qitish tizimlari an’anaviy o’kitish uslub va ko’rinishlarini egiluvchan ravishda foydalanib, o’zini turlicha tutadi.
O’qitish shakllarini tahlil qilib, o’qitish tizimlari ushbu shaklning bunda iqtisodlanmaganlik kamchiligini yo’qotgan holda dastlab individual o’qitish shakliga mo’ljallanganligini ko’rish mumkin. Shuningdek, o’qitish tizimini o’quv-tarbiya jarayonida foydalanish pedagogikaning barcha asosiy tamoyillariga, qoidalariga va qonuniyatlariga qarama-qarshi emasligini ta’kidlash mumkin.
O’qitish tizimini qurishning har qanday nazariyasini, yoki texnologiyasini yaratish uchun, nazariya predmeti va mos ravishda uni taqdim etishni bilishimiz kerak. O’quv materialni taqdim etishning asosiy shakllarini ajratamiz:
Fenomenologik tavsifda, oddiy tabiiy tildan foydalangan holda faqat dalillvrni belgilaydilar, hodisa va jarayonlarni tavsiflaydilar. Ba’zan ularning sinflarini beradilar.
Taxliliy-sintetik tavsif (sifatli nazariyalar darajasi)da tabtiiy-mantiqiy tilda xususiy hodisalarning nazariyasini bayon qiladilar, va.
Matematik tavsif (sifatli nazariyalar darajasi)da matematik tilda xususiy hodisalarning nazariyasi bayon qilinadi. Matematik modellarni foydalanishda hodisa va jarayon natijalarining sifatli miqdoriy darajada oldindan aytib berishga imkoniyat yaratiladi.
Aksiomatik tavsifda, predmetlararo umumiylikka ega bo’lgan qonunlarni ifodalaydilar. Bunday tavsifga misollarni kibernetikada, falsafada, tizimlar nazariyasida uchratish mumkin.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling