D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet71/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Tekshirish uchun savollar:



  1. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv faoliyatining turlarini o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash.

  2. Talabalar mustaqil ishlarining o‘quv-metodik ta’minoti.

  3. Bilimlarning reyting nazoratini rejalashtirsh, tashkil etish va o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash.


V-BOB. O‘QUV, O‘QUV-METODIK, ILMIY VA TARBIYAVIY ISHLARNI REJALASHTIRISH
******************************************************************


5.1. O’quv yuklamalari, o’quv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish

Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug’i bilan tartibga solinadi.


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug’i va uning ilovasi quyida keltirilgan:
Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida [O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 8 oktyabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 3076].
O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlariga asosan hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-o’qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-son «Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi buyrug’i (ro’yxat raqami 2720, 2015 yil 19 oktyabr) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 42-son, 540-modda) o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
ILOVA
Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling