D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilarning interfaol tizim. Texnologik xarita
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim vositalari
- Modelli
Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilarning interfaol tizim.
Texnologik xarita - jarayonning qadamba-qadam, boqichma-bosqich, izchillik bilan ko’pincha grafik usulda qo’llaniladigan vositalarni ko’rsatib bergan holda tasvirlash. Ta’lim – tarbiya jarayonining sifat samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganlik bilan bog’liq bo’ladi. Ta’lim vositalari olti: matnli, tasvirli, audio, modelli, yordamchi jihoz va real turga vositalarga bo’linadi. Matnli-ma’lumot olish va ma’lumotni qayta ishlash uchun: O’quv dasturlari; Maxsus adabiyot; Tarqatma material; Imtihon va nazorat varaqlari. Tasvirli – umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun: Fotosuratlar; Eskiz chizma, chizmalar; Ramziy tasvirlar, reja jadvallar, simvollar; Diagramma va grafiklar.; Audio – jarayonlar va ishlash mexanizmlari to’g’risida tasvir va ovoz orqali tasavvurlarni vujudga keltirish: Video filmlar; Kompakt disklar; Audiokassetalar. Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun yordamchi jihozlar: Doskalar (oq doska, magnit doskasi); Pinbord doskasi; Video proektor, videoproektor doskasi; Kodoskop; Videomagnitafon, kamera; Kompyuter; Flipchart. Modelli – o’rganilayotgan ob’ektning modeli orqali u xaqda tasavvur xosil qilish: Modellar; Maketlar. Real – o’rganilayotgan ob’ektlar haqida tasavvurni vujudga keltirish: Asbob uskunalar; Stanoklar; Yarim tayyor mahsulotlarfoydalaniladi. Jahon pedagogikasida o’qitish uslublarining vazifalari va tamoyilariga qarab bir necha guruhga bo’lish mumkin, lekin o’qitish uslublari qator qarashlarga ega va turli nuqtai - nazarlarda qurilishi mumkin. Tabiiyki ularni sinflashda turli xil yondashishga olib keladi. S.I. Perovskiy E.Ya. Golandlar o’qitish uslublarini axborotni qabul qilish tasnifi va uzatish manbai bo’yicha og’zaki, ko’rgazmali va amaliy uslublarga ajratganlar. M.N. Skotkin, I.Ya. Laynerlar ta’lim tarkibini o’zlashtirish bo’yicha ta’lim oluvchilarning tushunish faoliyati tasnifiga mos ravishda: ko’rgazmali – tushuntirish, (axborot-retseptiv), reproduktiv, muammoli yoritish, qismli izlanuvchan yoki evristik va tadqiqotli kabi uslublarga ajratadilar M.I. Maxmutov ta’lim uslublarini o’qitish uslublariga mos ravishda axborot-muammoli va ijro etuvchi, tushuntirish va reproduktiv, amaliy-ko’rsatmali va produktiv-amaliy, undovchan-tushuntirish va qismli izlanuvchan kabi sinflashni taklif qilgan. N.M. Verzilin, A.N. Aleksyuk, I.D. Zvereevlar o’qitish uslublarini sinflashda bilim manbai bo’yicha va mantiqiy isbot bilan bir vaqtda ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyati mustaqillik darajasi va bilimlar manbai bo’yicha yondoshishni ko’proq qo’llashni taklif qilganlar. S.G. Shopovalenko o’qitish uslublarini to’rt tomonlama qurish orqali: mantiqiy-tarkibiy; manbali; jarayonli va uyushgan-boshqarmali sinflashni taklif qilgan . Umumiy o’qitish amaliyotida ko’p tarqalgan kamchiliklar sifatida atoqli rus pedagogi N.V. Kuxarev N.V. quyidagilarni ko’rsatib o’tadi: - umumiy o’qitish amaliyotini bir xilligi ularni tuzilishini mutloqligi; - dars tarkibidan ozroq chetga chiqa olmaslik, ta’lim oluvchilarning e’tiborini yo’qligi; - frontal ishlarning individual ishlar bilan nomutanosib qo’shilib ketishi; - ta’lim oluvchini savoliga ta’lim beruvchining va oluvchilarning e’tiborsizligi; - ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlarini qadrlamaslik yoki o’ta qadrlash; - kuchli ta’lim oluvchilar savol javoblari misolida zaif ta’lim oluvchilarni o’qita olmaslik; - ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish o’rniga tashqi ko’rinishlarini faollashtirish; - darsda vaqtni ratsional taqsimlamaslik. savol javoblarni cho’zish, yangi materiallni bayon etishda va mustahkamlashda vaqtni qisqartirish; - uy vazifasini bajarishda va darsda mustaqil ishlarga ko’nikmalar hosil qilishda chala va loqaydlik bilan o’qitish; - ratsional taqsimlanmagan o’qitish uslublarini tanlash, yangi muhitni hisobga olmay birovning malakasini ko’chirib olish. Atoqli rus pedagoglaridan biri Ushinskiy o’qitishni yuqori sifatini ta’minlash uchun ta’lim oluvchilarni samarali mehnat tizimlariga jalb etishda va bunda ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchini ortiqcha yuklamalardan olib qochish, bunday hodisaga yo’l qo’ymaslik, ularni faoliyatini baholashda baho yig’ishga va formallashtirishni oldini olish, buning uchun butun an’anaviy darslarni va uni tarkibiy tuzilishini qayta ko’rish lozimgini ta’kidlab o’tgan. Atoqli pedagog Ushinskiy aytganidek, har bir ta’lim oluvchi o’qishga o’rganishi lozim. Har bir ta’lim oluvchini kitobdan bilimni qidirib olishga, matndan, ta’lim beruvchidan va o’z do’stlaridan olgan mustaqil qayta ishlangan bilimini to’g’ri, tartibli, ifodali va qiziqarli bayon etishga o’rgatish katta masaladir. Darsda har bir ta’lim oluvchi nafaqat bilimlarni kitoblardan yoki boshqa manbalardan olishi, mustaqil qayta ishlashni o’rganishi, balki bu bilimlarni turli voqea, xodisa va turli maqsadlarda qo’llay olishni o’rganishi lozim, chunki bu bilimlar xaqiqatda mustahkam, egiluvchan, to’g’ri, keragicha to’liq tizimli bo’lishi kerak va amaliy yo’nalishga ega bo’lmog’i shart. M.N. Skatkin va I.Ya. Lernerlar tomonidan taklif qilingan o’qitish uslublari o’qitish jarayonini tashkiliy shakllarini to’liq qismlarga bog’liq bo’lmagan holda olingan bilish jarayonining qator bosqichlarni tasvirlab beradi: Axborot – retseptiv uslub. Bu uslubdan boshlab darsda bilish jarayoni boshlanadi. Ta’lim beruvchi axborotni beradi, ta’lim oluvchilar uni qabul qiladilar, eslab qoladilar, fikr yuritadilar.. Axborotni boshlang’ich manbai sifatida kitob, o’quv qo’llanma, ko’rgazma qurol va vositalar xizmat qilishi mumkin. Reproduktiv uslub – ta’lim beruvchi savoli yoki topshirig’i asosida o’rganilayotgan materialni ta’lim oluvchilar qayta ishlaydilar. Ular ta’lim beruvchi bayoniga yoki kitob, o’quv qo’llanma yordamiga tayanadilar. Muammoli bayon uslubi – ta’lim beruvchi muammo tanlaydi, o’zi echadi lekin, bunda uning echimi yo’l ko’rsatadi. Biroq ziddiyatlarni ta’lim oluvchilarga tushunarli qilib beradi. Echish yo’lidagi harakatlarni ya’ni qanday fikr yuritishni ochib beradi. Bu uslubda ta’lim beruvchi ilmiy bilish namunalarini, muammoni ilmiy echishni “bilim embriologiyasi”ni ko’rsatadi. Ta’lim oluvchilar bu harakatlarni ishonchliligini nazorat qiladilar, uni mantig’ini fikriy kuzatadilar, butun muammoni echish bosqichlarini o’zlashtiradilar. Qisman izlanuvchan yoki evristik uslubda ta’lim oluvchilarni butun masalani echishga o’rgatish uchun, ularni har bir echim bosqichlarini mustaqil bajarishga o’qitish zarur bo’ladi. Bir holatda – muammoni ko’rish, hujjatlarga tasvirlangan isbot yoki hodisaga rasmga savollar qo’yishni taklif qilish, boshqasida – isbot tuzish, uchinchidan ko’rsatilayotgan dalillardan xulosalar chiqarish, to’rtinchidan tahlillarni aytib berish, beshinchidan echimni tekshirish rejasini tuzish. Tadqiqot uslubi ijodiy faoliyatning asosiy o’qitish uslubi bo’lib hisoblanadi. Bu uslubning oddiy variantlarida ham muammoli masalani to’liq echishda, uning kerakli bosqichlaridan mustaqil o’tishda ta’lim oluvchidan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. O’qitish uslubi –o’qitishni uyushtirilgan tuzilmasini hamda to’liq olingan o’qitish jarayonini o’z ichiga olgan tuzilmadir. O’qitish uslublari – o’qitish jarayonini uyushtirilgan harakatdagi va ishdagi tuzilmasi.A.F. Osborn tomonidan “Fikriy xujum” uslubi tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg’ulot bahsining har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidiy fikrlashni, har qanday lo’qma va xazilni rag’batlantirishdan iboratdir. J. Donalds Filips tomonidan “Yalpi fikriy xujum” uslubi ishlab chiqilgan bo’lib, uni har bir 20-60 nafar ta’lim oluvchiga qo’llash mumkin. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling