D kamolitdinova


Kompyuter o‘yinlarining zarari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/73
Sana05.01.2022
Hajmi1.7 Mb.
#227056
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
Informatika. 5-sinf (2016, D.Kamolitdinova)

Kompyuter o‘yinlarining zarari

Bolalarning ko‘p vaqtlarini kompyuter olamiga bag‘ishlashi ularning 

organiz mida  ba’zi  fi ziologik o‘zgarishlarga, hatto jiddiy kasalliklarga olib 

kelishi hech kimga sir emas. Ko‘p vaqt davomida harakatsiz o‘tirish, 

ko‘zlarni haddan tashqari zo‘riqtirish natijasida ko‘rish qobiliyatining 

 

susayishi, tezda  holdan toyish, umurtqaning qiyshayish holatlari



bosh miya va tanada qon aylanishining buzilishi, ruhiy toliqish va tez 

asabiylashish holatlari kuzatiladi.

Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan  sun’iy nur bizning 

ko‘zimizga zararli ta’sir etadi. Eng xavflisi – bolalarning qiziqish 

doirasi torayadi, o‘zining shaxsiy olamini yaratishga intilish hamda real 

borliqdan uzoqlashish hollari vujudga keladi. Kattalarning gapi, nasihati 

ularga xuddi ortiqcha gapdek tuyuladi va qanday bo‘lmasin o‘z so‘zini 



64

o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu esa o‘yinga bog‘lanib, unga tobe bo‘lib 

qolish alomatlaridan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar uchun bilim olish, maktabga borish, sport 

bilan shug‘ullanish, uy ishlariga qarashish kabi vazifalar ikkinchi darajali 

bo‘lib qoladi. Bu esa yoshlarning aqlan va jismonan rivojlanishiga salbiy 

ta’sir etmay qolmaydi.

Aziz o‘quvchilar, kompyuter o‘yinlariga tobe bo‘lib qolmang!




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling