D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


“Undovlarning nutqda qo‘llanishida


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

“Undovlarning nutqda qo‘llanishida 
inson omili” 
mavzusida ilmiy axborot yozing.
■S 
A.Oripov she’riy asarlaridan quvonch, istak, minnatdorchilik 
tuyg‘usi va unga javobni anglatuvchi undovlar ishtirok etgan 10 ta gap 
toping.
 
A.Qahhorning 
“Mayiz yemagan xotin” 
asaridan olingan ushbu 
matn parchasida qo‘llangan undovlarning ma’no va grammatik 
xususiyatlariga izoh bering. Undovlarning yozilishi to‘g‘risida ilmiy 
xulosa yozing.
Erkakni ко 'ra turib yuzini berkitmaganiga mulla Norqo 'zining g ‘ashi 
keldi va shunday beibo xotinning ichkariga -farishtalar oldiga kirishini 
xohlamadi.
- Hay, hay I Xo ‘sh kimda ishingiz bor?
Xotin o ‘rta eshikdan kirib ketdi. Mulla Norqo‘zi darg'azab b o ‘lib
о ‘rnidan turdi va eshik oldiga borib bor tovushi bilan baqirdi.
- Hay xotin, deyman, qandoq behayosan! Jinnimi о ‘zi bu...
135


Shu onda ichkaridan о ‘z xotinining tovushi eshitildi:
- E , qandaqa xotin bu, birovning tiyiga bostirib kiradi!..
Nimadir gursillab yerga tushdi, nimadir sindi. Uyning eshigi 
sharaqlab ochildi. Bir lahza jimlikdan so ‘ng haligi begona xotinning 
baqirgan tovushi eshitildi:
- Xudo ко ‘tarsin sen megajinni! Ikkita bolam bor! Bo ‘ydoq yigit qurib 
ketganmidi?! Yana nimadir sindi.
- Hay, nima gap?! - dedi mulla Norqo ‘zi bo ‘sag'ada turib, - singlim, 
siz о ‘zingizni bir chetga oling! Nima deydi bu manjalaqi!
Begona xotin ayvonga chiqib dod ustiga dod soldi. Birpasda tom, 
devor ustlari, ichki-tashqi hovlining yuzi odamga to ‘Idi. Mulla Norqo ‘zi 
ayvonning pastidan kelib и xotinning etagidan tortgan edi, xotin jon-jahdi 
bilan bir tepib og'zi-burnini qop-qora qon qildi; bunga ham qanoat 
qilmay, uning ustiga о ‘zini tashladi.
- Voydod, xaloyiq, bu qanday erkakki, xotinini birovga qo'shib 
qo ‘yib, о ‘zi eshik poylab yotadi! Voydod xotiningga qo ‘shgani bo ‘ydoq 
yigit qurib ketganmidi! Ikkita bolam bor...
Odamlar ajratmaganda bu xotin mulla Norqo‘zini g'ajib tashlar edi. 
Mulla Norqo‘zi og'zini ushlaganicha chetlandi. Xotini eshik yonida 
devorga suyanganicha turar, rangi murdanikiday, o ‘zi qaltirar edi. 
Begona xotin hushidan ketib yiqildi.
 
Bugungi kunda yoshlar nutqida Yes! Ujas! Okey! kabi undov 
so‘z-gaplaming keng qo‘llanilishiga shaxsiy munosabatingizni bildiring.

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling