1. 0 ‘zbek tilshunosligida so‘z birikmasining sintaktik birlik sifatidagi
maqomi xususida qanday nazariy qarashlar mavjud?
2. So‘z birikmasining shakllanishida ma’noviy omil qanday o‘rin
tutadi?
3. So‘z birikmasida qaysi bo‘lak kengayuvchi,
qaysi boiak
kengaytiruvchi qism hisoblanadi?
4. Erkin bog‘lanishli so‘z birikmalari turg‘un bogianishli frazeologik
birliklardan qanday farqlanadi?
5. So‘z birikmalari qanday belgilari asosida tasniflanadi?
6. 0 ‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalari hokim so‘zning morfologik
xususiyatiga ko‘ra qanday tasniflanadi?
7. So‘z birikmalarining qaysi turi kam miqdordagi paradigma
a’zolariga ega?
8. Qanday tuzilishdagi so‘z birikmalarida propozitsiya (axborot
ifodasi) ham aks etadi?
9. 0 ‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalarining qanday qurilish
modellari belgilangan?
10. So‘z birikmasining hosil bo‘lishida shakliy omil qanday o‘rin
tutadi?
UYGA VAZIFA
1.
So‘z birikmalarining hokim so‘zning
qaysi turkumdan
ekanligiga ko‘ra tasnifi haqida nazariy ma’lumot yozing.
2.
“So‘z birikmasining qo‘shma so‘z va turg‘un birikmadan
farqi” mavzusida nazariy ma’lumot yozing.
3.
Ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi
mumkin bo‘lgan birikmalar ishtirok etgan 10 ta misol topib ko‘chiring.
4.
“So‘z birikmasi zanjiri” haqidagi
nazariy qarashlarga
munosabat bildiring.
151
GAP QURILISHI HAQIDAGI SINTAKTIK NAZARIY ALAR
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali
mavzuga oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingizdan
bilib olgan qo‘shimcha ma’lumotlami 3-ustunga qayd eting.
Do'stlaringiz bilan baham: