D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova
Download 6.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplarning tuzilish jihatdan turlari 1-amaliy ish.
- 2-variant. 1. Bugungi mehnat - ertaning rohati. 2.
- 3-variant. 1
GAPLAR TASNIFI
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzuga oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingiz bergan qo'shimcha ma’lumotlami 3-ustunga qayd eting. 1 2 3 Tushunchalar Izohi Qo‘shimcha ma’lumotiar Darakgap So ‘roq gap Istakgap Buyruqgap Sodda gap Qo ‘shma gap 157 Undov gap Egaligap Egasiz gap Tasdiq gap Inkor gap Gaplarning tuzilish jihatdan turlari 1-amaliy ish. Maqollaming sintaktik tuzilishini o‘rganing. Sodda gap modelidagi maqollami ajrating va qaysi belgilari asosida ajratganingizga izoh bering. 1-variant. 1. Arslon izidan qaytmas, yigit so'zidan. 2. Dehqon bo ‘Isang, shudgor qil, mulla bo ‘Isang, takror qil. 3. Yalqovlik bor yerda ко ‘z bo ‘yash bor. 4. Mingta yolg ‘ondan bitta rostyaxshi. 2-variant. 1. Bugungi mehnat - ertaning rohati. 2. Mehnatni hurmatlasak, и bizni e ’zozlaydi. 3. Yomonning yaxshisi bo'lguncha, yaxshiningyomoni bo 7. 4. Baxtning kaliti mehnatning cho ‘ntagida. 3-variant. 1 . Yogochni uzun kes, temirni qisqa. 2. Gul uzishdan oldin gulzor yaratadilar. 3. Mehnatkash odam fisq-fasod gaplami bilmaydi. 4. It axlatyemasa, boshi og'riydi. 2-amaliy ish. “Venn" diagrammasi orqali sodda va qo‘shma gaplarning umumiy va xususiy jihatlariga tavsif bering. Diagrammaga sodda va qo‘shma gapning xususiy jihatlarini, diagrammaning tutashgan qismiga umumiy jihatlarini qayd eting. 3-amaliy ish. 1. Sodda gaplaming formal-fimksional yo‘nalishda belgilangan qurilish modellari haqida fikr yuriting. 2. Matnda qo‘llangan sodda gaplaming qurilish modellarini belgilang. NAMUNA: Mirvali g'alati f e ’lli odam. Ushbu gapning formal-funksional yo'nalishda belgilangan qurilish modeli quyidagicha: [EAKJ. Mirvali g'alati f e ’lli odam. Ishiga aralashadiganlami uncha xush ко ‘rmaydi. Birovning maslahatini olmaydi ham. Ilgarilari kelib holing ne, deb Tolibjonning ко ‘nglini ovlab ketardi. Endi uni butunlay unutib yubordi. Bormisan, yo ‘qmisan, demaydi. (S.Ahmad. “Jimjitlik”) 4-amaliy ish. Berilgan sodda gaplaming mazmuniy tuzilishini aniqlang hamda gapda yuzaga kelgan shakl va mazmun nomuvofiqligining sabablarini belgilang. 1-variant. 1. Mirvali javob o'rniga bir ко‘zini qisib qo'ydi (S.Ahmad). 2. Qul b o ‘lib yashagandan ko'ra tik turib o'lgan afeal (Maqol). 3. Boyning tashqi hovlisida Yo‘Ichidan boshqa hech kimyo'q edi (Oybek). 4. Shu payt Umida idoradan chiqib, sadaga tomon kela boshladi (A. Qahhor). 2-variant. 1. Ufq qizg'ish tusga kirib, tongyorishardi (Sh.Rashidov). 2. Opamiz men tugul hatto Shodivoydek bolaning ham choragiga «Odd» chiqarmoqchi bo ‘Igan ekan ( 0 ‘.Hoshimov). 3. Odamga о ‘xshab nafas oldi (T.Murod). 4. Senlardan tilaydurg'on boshqa tilagimyo ‘q (O.Yoqubov). 3-variant. 1. Ayolimiz bilan loyimiz bir yerdan olingan! (T.Murod) 2. ...Chang bosgan eski do'ppidan boshqa hech nima yo ‘q (Oybek). 3. Shu topda davrani yorib yo'g'on gavdali, bo'yni qalinligidan gardani bo'rtib chiqqan qora kishi kirdi (S.Ahmad). 4. Shuning uchun ayollar yuzlarini 159 berkitishidan tashqari, ovozlarini ham begona erkaklarga eshittirmaslikka harakat qilganlar (P.Qodirov). 5-amaliv ish. 1. Sodda gaplarda yuzaga keluvchi shakl va mazmun ziddiyati sabablarini izohlang. 2. Mustaqil tarzda “Sodda gaplarda shakl va mazmun ziddiyati” mavzusida ilmiy axborot yozing. 6-amaliy ish. Sodda gaplami ajratib, sintaktik tahlil qiling. 1. Saodat bilan Vohid tutga yetgan ham edilarki, chelaklab quya boshlagan yomg'ir birdan to'xtadi (O.Yoqubov). 2. Munisxon birdaniga orqaga tisarildi (S.Zunnunova). 3. Samandar bir vaqtlar bolalar bilan to ‘p tepgan maydonchaga suqlanib boqdi (S.Karomatov). 4. Kumush bu gapga ajablanar, to'g'risi, shodlanar edi (A.Qodiriy). 5. Shuni bilingki, inson hamisha visolga intiladi, mushtoq bo 'lib shirin damlami boshidan kechiradi (S.Karomatov). 6. Qasam ich desangiz, qasam ichib aytamanki, bunaqangi ustaxona dunyoda hech bir maktabda bo ‘Imasa kerak (X.To‘xtaboyev). 7. Onasi yaqin qarindoshlarinikiga mehmonga ketgan edi (A.Tilavov). Tahlil tartibi: 1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi (darak, so‘roq, buyruq, istak gap) belgilanadi. 2. Gapning emotsionallikka ko‘ra turi (his-hayajonli yoki his- hayajonsiz gap) aniqlanadi. 3. Gapning grammatik asosi miqdoriga ko‘ra turi (sodda yoki qo‘shma gap) belgilanadi. 4. Eganing ishtirokiga ko‘ra gap turi (egasiz yoki egali gap) ko‘rsatiladi. 5. Kesimdan boshqa bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra gap turi (yig‘iq yoki yoyiq gap) belgilanadi. 160 6. Zaruriy bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra gap turi (to‘liq yoki to‘liqsiz gap) ko‘rsatiladi. 7. Gapning tasdiq yoki inkomi ifodalashiga ko‘ra turi (tasdiq yoki inkor gap) ko‘rsatiladi. 8. Sintaktik vazifa bajarmaydigan elementlaming mavjud yoki mavjud emasligiga ko‘ra gap turi (murakkablashgan yoki murakkablashmagan gaplar) ko‘rsatiladi. NAMUNA: Elmurod bu yerga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi (P.Tursun). Darak gap, his-hayajonsiz gap, sodda gap, egali gap, sodda yoyiq gap, to‘liq gap, tasdiq gap, sifatdosh o‘ram bilan murakkablashgan sodda gap. Download 6.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling