D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova
-variant. Mening zurriyodim, hosildan nishona, mendan yodgorlik, chindan kulmoq. 2-variant
Download 6.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R
- Bu sahifa navigatsiya:
- [I q.k + I e.q.] Zurriyod meniki: [EAKJ. 9- amaliy ish.
- Sintaktik tahlil tartibi
1-variant.
Mening zurriyodim, hosildan nishona, mendan yodgorlik, chindan kulmoq. 2-variant. Uzumni yemoq, do ‘stidan eshitmoq, onasiga olmoq, hassa bilan ochmoq. 3-variant. Bizning bog‘, tayoq bilan urmoq, kasallik sababli kelmaslik, telefonda sezib qolmoq. NAMUNA: Mening zurriyodim - Zurriyod meniki. Mening zurriyodim: [I q.k + I e.q.] Zurriyod meniki: [EAKJ. 9- amaliy ish. Berilgan she’riy parchani so‘z birikmalariga ajrating. So‘z birikmalarini sintaktik tahlil qiling. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlaming parvozi, yellaming nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor... (Zulfiya) Sintaktik tahlil tartibi: 1. Gapdagi so‘zlaming o‘zaro bog'lanishi sxema orqali ko‘rsatiladi, (sxematik tahlil) va shu asosda gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi. 148 2. So‘z birikmasida hokim va tobe so‘zlar ajratiladi, ulaming ifodalanishi, morfologik shakli qayd etiladi. 3. So‘z birikmasi qismlari orasida shakllangan sintaktik aloqa turi belgilanadi. 4. So‘z birikmasi qismlarining erkin yoki bog'liq ekanligiga ko‘ra turi (erkin va bog‘liq aloqa) aniqlanadi. 5. Tobelikning yo‘nalishiga ko‘ra sintaktik aloqa turlari (koordinativ yoki subordinativ aloqa) aniqlanadi. 6. So‘z birikmasi qismlari orasida shakllangan mazmuniy-sintaktik munosabat turi qayd etiladi: a) atributiv munosabat (sifatlovchi- sifatlanmish munosabati, ifodalanishi, morfologik shakli) ko‘rsatiladi; b) obyektli munosabat (to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish munosabati, ifodalanishi, morfologik shakli, to‘ldiruvchining turi: vositali, vositasiz, kelishikli yoki ko‘makchili, funksional yoki nofimksional ekanligi) belgilanadi; s) relyativ munosabat (hol-hollanmish munosabati, ifodalanishi, morfologik shakli, holning turi, funksional yoki nofimksional ekanligi) belgilanadi. 7. Hokim so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra so‘z birikmasi tiplari (otli birikma, felli birikma, ravishli birikma) aniqlanadi. 8. So‘z birikmasi qismlarini bog‘lovchi vositalar (formal-grammatik vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion vosita - so‘z tartibi, intonatsiya) aniqlanadi. 9. Tobe bogianish usullari qayd etiladi: a) moslashuv usuli va unga xos belgilar (hokim va tobe so‘zning ifoda materiali, ulaming qanday morfologik shakllar orqali moslashuvi) belgilanadi; b) boshqaruv usuli va unga xos belgilar (boshqaruvchi va boshqariluvchi so'zlar aniqlanadi, hokim so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra boshqaruv turlari (fe’l boshqamvi, ot boshqamvi, sifat boshqaruvi, ravish boshqaruvi, son boshqaruvi) aniqlanadi, tobe so‘zning grammatik shakliga ko‘ra boshqaruv turlari (kelishikli va ko‘makchili boshqaruv) ko‘rsatiladi; c) bitishuv usuli va unga xos belgilar (hokim va tobe so'zning ifoda materiali, ulaming qanday grammarik vosita orqali birikishi) qayd etiladi. 10. So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turi (sodda yoki murakkab ekanligi) belgilanadi. 11. So‘z birikmasining semantikasi aniqlanadi. 12. So‘z birikmasining qurilish modeli belgilanadi. 149 NAMUNA: Biryil tut ekkan kishi yuzyil gavhar teradi. (Maqol) 1. Gapning sxematik tahlili: So‘z birikmalari: biryil, b iryil ekkan, tut ekkan, ekkan kishi, yuzyil, yuz yil termoq, gavhar termoq. Bir yil - so‘z birikmasi, bir - tobe so‘z, son bilan ifodalangan; yil - hokim so‘z, ot bilan ifodalangan; tobe aloqa: erkin aloqada; subordinativ (bir tomonlama) aloqa, atributiv munosabat, aniqlovchili birikma; otli birikma, qismlami bog'lovchi vosita: tartib va ohang, qismlar bitishuv usulida bog‘langan: son+ot tuzilishida, sodda birikma; miqdor + vaqt uzvlarini aks ettirgan, qurilish modeli :[ISOn.+Iot] Download 6.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling